"psixologiya"
- guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
1- guruh uchun tarqatma material
Emosional xolatlar va ularning shakllari. Kishilar tashki dunyo va boshqalar bilan alokada Bular ekan, ularga nisbatan ma’lum munosabatda ham bo’ladilar, ya’ni bu alokada kuvonadi, kuladi, xayratlanadi, kayguradi, yiglaydi va xokazo. Kishi Idrok etish, xotirlash, hayol surish va fikrlash jarayoni faqat voqyelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo’lmasin, munosabat bildiradi, unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda xis - tuyg’u paydo bo’ladi. His-tuyg’ular - kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg’ularning kechishi subyekt alohida xis etayotgan psixik xolat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani Idrok etish va tushunib yetish, biron-bir narsa to’g’risida bilib olish Idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, mahlum yoki nomahlum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birgalikda ro’y beradi. Ana shu xollarining 217 barchasida his-tuyg’ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining Alohida xissiy xolati xususida gapiriladi. Shu bilan birga xis-tuyg’ularning kechishi o’z rivojlanishiga ega bo’lgan, joriy va o’zgarib turadigan psixik jarayondir. . Xissiy kechinma keskinlashib qolgan vaziyatni boshdan kechirish, unga bardosh berish, uni bartaraf etishdan iborat obyektiv zarurat bilan bog’likdir. Shuning o’zi biron bir narsaning xissiy kechinma orqali o’tishi demakdir. Shunday ekan, kechinma shaxsning ichki dunyosi qayta qurilishiga va keraklicha muvozanatga ega bo’lishiga yordam beradigan kattagina zo’riqish bilan kechiladigan va aksariyat xollarda o’ta samarali Alohida xissiy faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Xis-tuygu va Emotsiya deb psixologiyada individning muxit ta’sirlariga nisbatan bildiradigan munosabatlari, ruxiy kechikmalari va ruxiy xolatlariga aytiladi. Bu munosabatlar, ruxiy kechinma va xolatlar individ ehtiyojlarining kondirilishi yoki kondirilmasligi (sabab bo’ladi) bog’liq bo’ladi. Xis – tuygular va emosional xolatlar ko’pincha qutbiy xarakterga ega bo’lib, ehtiyojlar kondirilishi bilan ijobiy, qondirilmasligi bilan salbiy xarakterga ega bo’ladi. Ba’zan ambivalent emosional xolatlar ham bo’lishi mumkin. Ambivalent emosional xolat deb bir Vaqtining o’zida ham ijobiy, ham salbiy ishoraga ega Emotsiyalarga aytiladi. His-tuyguni boshdan kechirishning turli shakllari, xissiy xolatlar Emotsiya deyiladi. Emotsiyalarning quyidagi shakllarini ajratish mumkin: kayfiyat, affekt, kuchli xayajonlanish (stress xolati) va boshqalar. Xis- tuyg’ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi. Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik faoliyatini rag’batlantiradi, bilish ehtiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda saqlaydi. Ehtiyoj namoyon bo’lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo yorqin xissiy tusga ega bo’ladi. Kishi uchun subyektiv hisoblangan xis-tuyg’ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo’ladi. Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo’lgan ijobiy xissiy xolatlar (zavqlanish, mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining xush keladigan tarzda kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy xissiy kechinmalarga (uyalish, o’kinish, xasrat va shu kabilarga) olib keladi. Ehtiyojlarning qondirilishi ehtimoli subyektiv tomondan qara-ganda katta bo’lib tuyulsa, ijobiy xis-tuyg’ular paydo bo’ladi. Salbiy hissiyotlar ehtiyojlar kondirilishining real yoki tasavvurda mumkin emasligi subyekt tomonidan oz yo ko’p darajada anglanishi oqibatida yohud ehtiyojlarning qondirilish ehtimoli haqida subyekt tomonidan oldin-roq qilingan mo’ljalga qaraganda yo’qola borish natijasida paydo bo’ladi. Xissiyotlarning axborot konsepsiyasi, shaxsning butun ko’p qirrali va boy xissiy jixatlarini tushuntirib berishdan ko’ra tushuntirib bera olmasligi aniqroq bo’lsa ham shubhasiz, dalil-isbot-liligi bilan ajralib turadi. Emotsiyalarning barcha turlari ham kelib chiqishiga ko’ra 218 shu sxemaga jo bo’lmaydi. Masalan, ajablanish Emotsiya-si na ijobiy va na salbiy emosional xolatga kiritilishi mumkin emas. Emosional xolatlarning regulyativ (bir xil tarzda tartibga solib turadigan) funksiyasi ularning eng muhim belgisi hisoblanadi. Kishida paydo bo’ladigan kechinmalar unga ehtiyojlarning qondirilish jarayoni qay tarzda borayotgani, u qanday to’siqlarga duch kelayotgani, nimalarga ehtiborni qaratish lozimligi, nimalar haqida mulohaza qilishi kerakligi, nimalarni o’zgartirish zarurligi haqida axborot beruvchi signallar rolini bajaradi. Emotsiyalar voqyealarning ko’ngildagidek yoki noxush yuz berayotgani, subyektning konkret va shaxslararo munosabatlar sistemasidagi xolatning ko’p yo oz darajada aniqligi haqida axborot beradi va bu bilan uning munosabat va faoliyat sharoitidagi xatti-harakati boshqarib, to’g’rilab turilishini tahminlaydi. Emosional xolatlarning shakllari asosan qyidagilar: 1. Kayfiyat; 2. Affekt; 3. Stress; 4. Frustrasiya. Kayfiyat deb nisbatan turgun kishining umumiy xolatiga ta’sir kiluvchi, uzok Vaqt davom etadigan emosional xolatga aytiladi. Yaxshi kayfiyat kishining ishchanligiga, uzini to’tishiga, boshqalar bilan munosabatiga ijobiy ta’sir qilib turadi. Affekt – bu kiska muddatli, juda ham kuchli va jo’shqin emosional portlash xolatidir. Affekt xolatida xotiraning yukolishi, dikkatning torayishi, ongli nazoratning susayishi kuzatiladi. Masalan: kuchli gazablanish, jaxl chiqishi, kurkish, xoljanlanish xolatlarida inson uzini boshqarolmaydi. Affektning 3 ta stadiyasi bor: 1. Emosional xolatning yigilib, summasiya bo’lishi; 2. Emosional portlash; 3. Emosional portlashga nisbatan qarshi teskari xolat. Stress – kishi organizmi va ruxiyatiga ta’sir kilgan salbiy ta’sirlar ostida xosil bo’ladigan emosional xolat bo’lib, organizm nerv sistemasining tashki ta’sirlarga tayyorgarlik darajasini belgilaydi va u bilan boglik bo’ladi. Frustrasiya xolati kishi uz oldiga kuygan maksadga erisholmagan yoki intilish jarayonida tusiklarga uchragan paytda xosil bo’ladigan xolat. Emotsiyalarning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar. Djeyms – Lange nazariyasiga binoan emosional xolatlarining, xis- tuygularning kelib chiqishi, organizmdagi fiziologik uzgarishlar, jumladan, yurak urishining tezlashishi, nafas olishning uzgarishi, kon bosimi, teri pigmentasiyasi hamda sekresiya bezlarining funksiyalari bilan uzviy boglikdir. Ularning fikricha avval odamning organizmdagi fiziologik uzgarishlar sodir bo’ladi, shuning natijasida emosional xayot yoki xis-tuygu paydo bo’ladi. Ularning fikricha, biz yiglaganimiz uchun xafa bo’lamiz, kulganimiz uchun kuvonamiz. Kennon nazariyasiga kura, emosional xolatni yuzaga keltiruvchi, qo’zg’atuvchi ta’siri miyaning talamus degan kismiga ta’sir kiladi. Shu tufayli emosional xolat va organizmdagi fiziologik o’zgarishlar bir vaqtning o’zida yuzaga keladi. Bu nazariya ko’plab psixologlar tomonidan tan olingan. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling