"psixologiya"
- guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
1- guruh uchun tarqatma material
Diqqat to’g’risida tushuncha. Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va xususiyatlari. Diqqat – psixik faoliyatning yunaltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli bo’lgan obyekt ustida tuplanishdir. Yunaltirilishi deganda psixik faoliyatining tanlovchilik xarakteri, obyektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. Dikkatning nerv – fiziologik mexanizmini I. P Pavlovning yozishicha oriyentirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham atagan edi. Bundan tashqari, dikkat ma’lum nerv markazlarining kuzgolishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham boglikdir. A. A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominanta prinsipi ham dikkatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Shu dominantalik prinsipiga muvofik miyada kuzgolishning xar doim ustun turadigan xukmron uchogi ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kelayotgan hamma kuzgolishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa kuzgolishlarga nisbatan uning xukmronligi yanada oshadi. Dikkat uch turli bo’ladi: ixtiyorsiz dikkat, ixtiyoriy dikkat, ixtiyoriydan keyingi yoki muvofiklashgan dikkat. Ixtiyorsiz dikkat maksadsiz, rejasiz yuz beradi. Ixtiyoriy dikkat deb ongimizni aniq maksad asosida va idoraviy kuch yordamida kerakli obyektga yunaltirishga aytiladi. Agar ixtiyorsiz dikkatda ish bizni o’ziga shunchaki jalb qilib olsa, ijtiyoriy dikkatda biz dikkatimizni qaratish uchun uz oldimizga ongli 204 suratda maksad kuyamiz, kiyinchiliklarni yengib, dikkatni tuplash uchun kurashib va xar qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab dikkatimizni ongli ravishda narsaga qaratamiz. Ixtiyoriy dikkatdan tashqari, dikkatning ana bir to’rini kayd qilib o’tish lozim, bu dikkat, ixtiyoriy dikkat kabi maksadga kartilgan bo’lib, lekin doimiy irodaviy zur berishni talab kilmaydi. Masalan, ukuvchi uy topshirigini bajarishga kirishganda dastlab bu ishga uzini majbur kiladi, ataylab dikkatni ish ustiga tuplaydi, irodaviy zur beradi. Lekin ishga kirishib olgach, endi irodaviy zur berish pasayadi, dikkat o’z-o’zidan ish ustiga tuplanadi, ukuvchi esa ishni berilib bajara boshlaydi. Ana shu paytda ukuvchining dikkati ixtiyoriy dikkatdan muvofiklashgan dikkatga aylanadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling