Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Download 431.63 Kb.
bet1/4
Sana15.09.2023
Hajmi431.63 Kb.
#1679116
  1   2   3   4
Bog'liq
Moliyaning dolzarbligi essy


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI

‘‘Moliyaning dolzarb muammolari”


fanidan


MAVZU: KORPORATIV MOLIYANING DOLZARB MUAMMOLARI


Bajardi: SMMT-92/21 guruh talabalari
Maxkamov Husniddin
Turg’unboyev Asliddin
To’ychiyev Sherzod
Numonov Shohrux
TOSHKENT – 2023
MAVZU. KORPORATIV MOLIYANING DOLZARB MUAMMOLARI
Reja:

  1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va unda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar

  2. Korporativ tuzilmalarda soliq risklarini boshqarish metodologiyasi

  3. Korporativ moliyani boshqarishda soliq munosabatlarini samarali tashkil etish masalalar


1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va unda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimining samarali ishlashi uning har bir bo‘g‘ini samarali ishlashi bilan bevosita bog‘liq. Bunda moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korporativ moliyada moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish nafaqat har bir korporativ tuzilmada shu bilan birga har bir mamlakatda alohida muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqqan holda avvalo korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyatiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Bu borada tadqiqotlar olib borgan ingliz iqtisodchi olimlaridan Richard A.Brealey, Stewart C.Myers, Franklin Allenlar “Korporativ moliya bu barchasi bozor qiymatini maksimallashtirish haqidadir”1, deb ta’kidlashsa, frantsuz iqtisodchi olimlaridan Pierre Vernimmen, Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur, Antonio Salvilar “Korporativ moliya nafaqat nazariy darslik, balki amaliy qo‘llanma hamdir”2, deya fikr bildirishadi. Shuningdek, Stephen A.Ross, Randolph W.Westerfield, Bradford D.Jordanlar korporativ moliyaga quyidagicha yondashadilar: “Korporativ moliya umumiy holda “Uzoq muddatli investitsiyalarni qanday jalb qilish kerak?”, “Uzoq muddatli moliyalashtirishni qaerdan olmoqchisiz: qo‘shimcha ta’sischi jalb qilasizmi yoki qarz olasizmi?”, “Kundalik moliyaviy faoliyat bo‘yicha xaridorlardan tushumlar va mol etkazib beruvchilarga xarajatlarni qanday tartibda boshqarasiz?” kabi uchta savolga javob topish yo‘llarini o‘rganishdir”3. Bizning fikrimizcha, korporativ moliya – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi.
Moliya tizimining aynan shu sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda korporativ tuzilmalar daromadlari o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yo‘nalishlarga taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaning moliya

tizimi markaziy bo‘g‘ini sifatida yuzaga chiqishini ko‘rishimiz mumkin va korporativ moliyaning amal qilishini samarali tashkil etish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida doimiy e’tibor talab qilishini ta’kidlashimiz lozim. Korporativ moliya bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining asosi sifatida ham xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shunday holatda mamlakatimizda korporativ moliyani samarali tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan birga xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining yuksalishiga imkon beradi. Chunki tashqi savdo munosabatlarida aynan davlatlar bilan bir qatorda korporativ tuzilmalar ham faol ishtirok etadi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish orqali yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish hamda moddiy farovonligini oshirish hisoblanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday sub’ekti sotuvchi va (yoki) xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Umuman bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul mablag‘larining sub’ektlar o‘rtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartidir. Korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa “o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot” 1ni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalar quyidagi sub’ektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi:
Korporativ tuzilmalarning boshqa sub’ektlar bilan moliyaviy munosabatlari xususida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz

1-rasm. Korporativ tuzilmalar moliyaviy munosabatlarga kirishadigan sub’ektlar
Avvalo, ta’sischi (aktsiyador)lar bilan moliyaviy munosabatlar korporativ tuzilmani tashkil etish (ta’sis etish) bilan bog‘liq munosabatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda korporativ tuzilma faoliyatini tashkil etishda ta’sischi (aktsiyador)larning ulushlarini belgilashlari, ta’sischilar (aktsiyador)ning ulush kiritish va o‘z ulushlarini korporativ tuzilmadan olib chiqib ketishlari, uchinchi shaxslarning ta’sischi (aktsiyador) sifatida kirish jarayonlarida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Boshqa tomondan erishilgan natija – korporativ tuzilma foydasini ta’sischilar yoki aktsiyadorlar o‘rtasida taqsimlash jarayoni ham korporativ moliyaviy munosabatlarda muhim o‘ringa ega ekanligini qayd etib o‘tishimiz lozim.
Korporativ moliyaviy munosabatlarda ishchi-xodimlar bilan moliyaviy munosabatlar muntazam ravishda ro‘y berib turishi bilan xarakterlidir. Shuningdek, ishchi-xodim aktsiyador ham bo‘lsa, ular bilan moliyaviy munosabatlar ko‘lami yanada kengayadi.

Download 431.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling