Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti
Download 431.63 Kb.
|
Moliyaning dolzarbligi essy
Davlatning korporativ tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlari ko‘p tomonlamaligi bilan ajralib turadi. Bunday munosabatlar tarkibini quyida keltirib o‘tamiz:
2-rasm. Davlatning korporativ tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlari Yuqoridagi 2-rasm ma’lumotlari asosida davlatning korporativ tuzilma bilan moliyaviy munosabatlari bevosita davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va faoliyatga ruxsat berish, faoliyatni tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish, davlat ulushini kiritish yoki xususiylashtirish maqsadida sotish, korporativ boshqaruvda bevosita ishtirok etish, davlat ta’lim muassasalarida korporativ tuzilmalar faoliyati uchun kadrlar tayyorlash, ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini va daromadliligini ta’minlash, moliyaviy nazorat qilib borish, subsidiyalar yoki davlat kreditlari ajratish, turli imtiyoz va preferentsiyalar (xususan, soliq imtiyozlari) berish, yirik loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, iste’molchi sifatida davlat xaridini amalga oshirish, davlat qimmatli qog‘ozlarini korporativ tuzilmalar o‘rtasida joylashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunga kelib korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlarini kengaytirib borishlari natijasida vakolatxonalar, sho‘’ba korxonalar, filiallar tashkil etishga e’tibor qaratadilar. Bunday tarkibiy bo‘linmalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar ham korporativ moliyaviy munosabatlarda foydani maksimallashtirib borish hamda mulkdorlar moddiy farovonligini oshirib borish nuqtai nazaridan alohida e’tibor talab qiladi. Bizga ma’lumki, milliy amaliyotda korporativ tuzilmalarning, ayniqsa aktsiyadorlik jamiyatlarining yuqori turuvchi tashkilotlar (xo‘jalik birlashmalari, xoldinglar, kompaniyalar, uyushmalar, kontsernlar va hokozo) bilan bevosita bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatishi keng qo‘llaniladi. Bunda xoldinglar aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining nazorat paketiga bevosita egalik qiladi va natijada moliyaviy qarorlar qabul qilish bevosita xolding qarori asosida tashkil etiladi. Bugungi kunda korporativ tuzilmalar faoliyatini tijorat banklarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank tizimi amalda lokomotiv vazifasini bajarishi, xo‘jalik yurituvchi barcha sub’ektlarni o‘z ishlarini qayta tashkil etishga, bozor mexanizmlarini dadil va jadal egallashga da’vat etuvchi omil bo‘lishi darkor”1. Tijorat banklari korporativ tuzilmalarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini tashkil etishlari bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditlash (investitsiyalash), faktoring, lizing va boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra “Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan, shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”2. Shundan kelib chiqqan holda sug‘urta kompaniyalari korporativ tuzilmalar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion institut ham hisoblanadi va moliya bozori orqali korporativ tuzilmalarga investitsiya kiritadi. Korporativ tuzilmalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va ularni joylashtirish fond birjalari orqali amalga amalga oshiriladi. Bunda investorlar bevosita fond birjalarida joylashtirilgan korporativ qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish orqali korporativ tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Bundan tashqari fond birjasi ham aktsiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Shu o‘rinda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aktsiyadorlik jamiyatlarining xalqaro darajada raqobatbardoshligini oshirishda xorijiy kapital jalb qilish masalasi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd etib o‘tishimiz lozim. Bu masala aktsiyalarni ochiq obuna tarzida xalqaro fond birjalarida joylashtirish orqali ham amalga oshiriladi hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sifatining o‘sishiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aktsiyalarni xalqaro fond birjalarida ochiq joylashtirish (qisqacha IPO – Initial Public Offering) orqali kapital jalb qilish masalasi ham aktsiyadorlik jamiyatlarimiz oldida turgan, taraqqiyotning muhim masalalardan biridir. IPO emitent tomonidan aktsiyalarni bozorda birlamchi ochiq obuna usulida joylashtirish bo‘lib, bu jarayon davomida ular investorlarning keng doirasiga kirib boradilar va fond birjasida erkin savdoni amalga oshiradilar. Boshqacha qilib aytganda IPO deganda emitent aktsiyalarini ochiq bozorda birinchi marta sotuvga chiqarishi tushuniladi. Shu yo‘l bilan aktsiyadorlik jamiyati «yopiq»dan «ochiq»ga o‘zgaradi. Natijada investorlar aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalarini fond birjasida erkin sotib olishlari mumkin bo‘ladi. IPO yordamida korporativ tuzilma joriy xarajatlarni qoplashga va yirik loyihalarni amalga oshirish uchun uzoq muddatli tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoni tug‘iladi. IPO uchun talab qilinadigan jarayonlar va ularning amalga oshirilishi kompaniyaning Download 431.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling