"psixologiya"
- amaliy mashg’ulot mavzusi: Muloqot psixologiyasi
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
6- amaliy mashg’ulot mavzusi: Muloqot psixologiyasi
Reja: 1. Muloqot, muomala, munosabat so’zlariniini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar, iboralar keladi. (Aqliy xujum) - 5 daqiqa 2. Samarali muloqot omillari va vositalari haqidagi fikrlar munozarasi (3x4 pedagogik texnologiya asosida) -25 daqiqa 3. Shaxsning muloqotga kirishuvchanlik xususiyatini o’rganish bo’yicha amaliy mashq – 10 daqiqa 4. Muloqotning tomonlari. Pedagogik muloqot. Nutq va til to’g’risidagi tushuncha. Nutqning turlari va funksiyalari (Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali) 35 daqiqa 5. «Kompliment» o’yini Talabalar dars yakunida juftlikda o’z hamkorlariga ulardagi mavjud ijobiy sifatlarni ta’kidlab, «kompilimet» aytishadi - 5 daqiqa Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik tarqatma materiallar 1. Psixologiya so’zini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar iboralar keladi. (Aqliy xujum) 2. Samarali muloqot omillari va vositalari haqidagi fikrlar munozarasini «3x4» pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4ta kichik guruhlarga bo’linadi. Xar bir gurux uchun bir varaq qog’oz olinib, Samarali muloqot omillari va vositalari haqidagi 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda, bu fikrlar yozilgan qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga uzatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr 193 bilan to’ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, xar bir qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach, guruxlar bu fikrlarni tahlil etib, guruxning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi. 3. Shaxsning muloqotga kirishuvchanlik xususiyatini o’rganish bo’yicha amaliy mashq uchun metodika: Test. «Muloqotga kirishuvchanlik». Quyida berilgan 16 savolga «ha», «yo’q», «ba’zan» deb javob bering: Sizni amaliy uchrashuv kutmoqda. Uni betoqatlik bilan kutasizmi? Sizni biror kasallik xoldan toydirmaguncha, vrachning oldiga borishni orqaga suravermaysizmi? Sizni biror mavzudagi axborot bilan yig’ilish, majlis va shunga o’xshash tadbirda ma’ruza bilan chiqish topshirig’i xavotirga soladimi? Sizga ilgari bormagan shahringizga safarga borib kelishni taklif etishdi. Shu safarga bormaslik uchun bor imkoniyatni ishga solasizmi? O’zingizdagi hissiy kechinmalar bilan kimlar bilandir o’rtoqlashishni yaxshi ko’rasizmi? Ko’chada sizga notanish odam biror iltimos bilan murojaat qilsa, sizning g’ashingiz keladimi? Siz «Otalar va bolalar» muammosi borligi va turli avlod vakillarining bir- birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi? Tanishingizga bir necha oy avval olgan qarz pulini eslatishga uyalasizmi? Oshxona yoki restoranda sizga yoqmaydigan taom berishdi, idishni chetga surib, achchig’ingiz kelganini yashira olasizmi? Begona odam bilan yolg’iz qolganingizda, u birinchi bo’lib gap boshlasa, Sizga javob qaytarish malol keladimi? Siz turli yerlarda odamlarning uzun navbatda turishganini ko’rsangiz, toqatingiz toq bo’ladimi. Navbatda turib ko’tishdan ko’ra, o’z niyatingizdan voz kechishni afzal ko’rasizmi? Biror janjalli vaziyatni muhokama qilishi kerak bo’lgan komissiyaning a’zosi bo’lishdan qo’rqasizmi? Sizda biror adabiyot, san’at va madaniyat asarlarini baholashning sof individual mezonlari bor va bu borada boshqalarning fikrini qabo’l qilmaysiz. Shundaymi? Sizga juda tanish bo’lgan masala bo’yicha boshqalarning noto’g’ri fikrlarini tasodifan eshitib qolsangiz, indamay qo’ya qolasizmi? U yoki bu masalada yordam berishingizni so’rashsa, siz bundan og’rinasizmi? O’z nuqtai nazaringizni og’zaki bayon etgandan ko’ra, uni yozma tarzda ifodalashni afzal ko’rasizmi? Endi ballarni hisoblang: «ha» — 2 ball, «ba’zan» — 1 ball, «yo’q» — 0. Shu tarzda ballarni qo’shib chiqqach, odamlarning qaysi toifasiga kirishingizni bilib olasiz. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling