"psixologiya"
Boshqarishning tashkiliy - ma’muriy usullari
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Boshqarishning tashkiliy - ma’muriy usullari. Boshqarishning bu usuli
ikki qismdan iborat bo’lib, tashkiliy ta’sir va farmonli (ma’muriy) ta’sirlarni shakllantiradi. Tashkilotchilik faoliyati eng nozik masalalardan bo’lib, ishlab chiqarishdagi hamma kamchiliklar (yo’qotishlar) u bilan bog’liqdir.Tashkilotchilik bu ishlab chiqarishdagi tozalik, intizom va natijada yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlardir. Yaxshi tashkilotchilik bu—bir maromda ishlaydigan kishilarning guruh-laridir.Tashkilotchilik ishlab chiqarishning hamma sohalarida o’mak bo’lishi kerak.Tashkilotchilik ma’murchilik faoliyatiga ham bog’liqdir.Masalan, buyruq.Buyruqning ham o’z andozasi bor. Buyraqda asosiy narsalar (ashyo, kimga tegishligi, bajarish muhlati, mablag’lar) o’z aksini topishi kerak.Buyraqda uni tayyorlagan kishining, yuristning (buyraqda nomlari qayd etilgan kishilarning) vizalari (imzolari) bo’lishi kerak.Buyraq shoshma-shosharsizliksiz, atroflicha, savodli tayyorlanishi kerak.Buyraqda rahbar hammadan keyin qo’l qo’yadi. Buyraq — bu rahbarning yozma holdagi istagidir.Buyruqqa faqatgina birinchi rahbar qo’l qo’yadi.Buyruqdan tashqari korxonalarda farmon ham mavjud bo’lib, ko’pincha u korxona doirasida kuchga ega bo’ladi. Tashkiliy tartiblashtirishning shakllaridan ko’p tarqalgani bu yo’riqnomalar (ko’rsatmalar)dir. Tashkiliy me’yorlashning asosi me’-yoriylik bo’lib, uning o’z o’lchov birliklari (vaqt, og’irlik, uzunlik, dona va hokazolar) dir. Me’yoriylik dogma bo’lmay moslashuvchan bo’lmog’i kerak. Nizom - tashkiliy hujjatlarning bir turi bo’lib, tuzilmaviy bo’linmaning vositasi, huquq va majburiyatlarini aniqlaydi. Mansab (lavozim) yo’riqnomalari mansabdorning huquq va majburiyatlarini aniqlaydigan tashkiliy huj-jatdir. Uslubiy ko’rsatmalar ham tashkiliy hujjatlar qatoriga kirib ish (hisob) tartibini, ish (hisob) uchun kerakli elementlarni aniqlaydi va omilkor (kompitent) tashkilotlar, mutaxassislar tomonidan tasdiqlanadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling