"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Asosiy savollar: 1. Boshqaruv muloqoti. 2. Munozaralar jarayoni psixologiyasi. 3. Nizoli holatlar. 4. Nizolarni hal etish. 1. Boshqaruv muloqoti Boshqaruv muammosi XX asrning oxiri va XXI asr boshlaridagi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Bu holat inson omilining barcha ijtimoiy jarayonlardagi oshgan roli bilan izohlanadi. Bundan tashqari, insonlarning o‘zida ham ilk yoshlikdan liderlikka ishtiyoq, xizmat lavozimlarida muvaffaqiyatga intilishga moyillik kabi shaxsiy sifatlar ham namoyon bo‘la boshladi. Bunday ijtimoiy psixologik hodisalar eng avvalo boshqaruv sohasini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish, mehnat maxsuldorligi va insoniy munosabatlarni yaxshilash kabi masalalarda ushbu omilning ta’sirchan rolini oshirishni kun tartibiga dolzarb qilib qo‘ydi. Mustaqil rivojlanish yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun ham boshqaruv tizimini takomillashtirish, rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish, ularning bilim saviyalarini yanad yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq shart-sharoitlarni yaratish masalasi taraqqiyotning muhim omiliga aylanib bormoqda. Psixologiya boshqaruv faoliyatining sub’ekti bo‘lgan insonlarni o‘rganda, ikkita kategoriya borligini e’tirof etadi. Bu - “rahbar” va “lider” tushunchalaridir. Birinchi tushuncha ko‘proq rasmiy munosabatlar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan, asosiy vazifasi tashkilotning davlat va jamiyat oldidagi vakolatlarini yurituvchi shaxsga taalluqli bo‘lsa, lider jamoa ichidagi norasmiy munosabatlarning mahsuli, jamoadagi ma’naviy-psixologik muhitga bevosita javobgar insonga nisbatan ishlatiladi. o‘arbda lider tushunchasi bilan umuman boshqaruv tizimi muammolarini uyg‘unlashtirishga intilish bor. To‘g‘ri, boshqaruv masalalariga aloqador “menejer”, “boss”, “shef” kabi qator tushunchalar ham bor, lekin ilmiy nuqtai nazardan ushbu fenomen liderlik 55 doirasida amalga oshiriladi. Agar ushbu hodisalarning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqaruv nazariyoti va amaliyoti sohalarida tadbiqiy ishlarning tashabbuskori F. Teylor hisoblanadi. Keyinchalik bu yo‘nalish “ilmiy menedjment” deb atala boshladi. Teylor yangicha funksional ma’muriyatchilik tizimining asoschisi sifatida boshqaruv uslublariga, intizomiy sanksiyalar va rag‘batlantirish tizimiga katta ahamiyat berish lozimligini ta’kidladi. U moddiy rag‘batlantirishning alohida rolini ta’kidlagan tarzda, odamlardagi mehnatga motivatsiyaning asosi sifatida mehnatga haq to‘lashning differensial tizimini tavsiya etdi. Uning izdoshlaridan biri - D. Jilbert esa odamlar yaxshi va unumli ishlashlari uchun ularning ish joylarini va u erdagi shart-sharoitlarni yaxshilash shartligi g‘oyasini ilgari surdi. Ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning muhim omili sifatida insoniy munosabatlarni ilgari surgan E. Meyo, boshqaruvchi eng avvalo odamning o‘z professional va ijtimoiy holatidan qoniqishini inobatga olishi zarurligini isbotlagan. U birinchi marta boshqaruvda aniq belgilangan boshliq - buysunuvchi ierarxiyasi bo‘lishi mumkin emasligini, bu narsa jamoadagi psixologik muhitga faqat salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan. SHuning uchun ham u indivivdual rag‘batlantirishni gruppaviy bilan, iqtisodiyni - ijtimoiy- psixologik omillar bilan almashtirish kerakligi g‘oyasini ilgari surdi. Meyo fikrlarini rivojlantirib, R. Laykert yaxshi boshqaruvning quyidagi omillarini belgiladi: boshqaruv uslublaridan shundayi mavjudki, bunda rahbar xodimlarga ishonadi; xodimni faol mehnatga, gruppaviy faoliyatga tortadigan motivatsiya shakllari; hammaga teng etib boradigan kommunikatsiya turi; barcha a’zolar ishtirokida va ularning fikrlarini inobatga oladigan qarorlar qabul qilish; jamoaning umumiy muhokamasi natijasida belgilangan maqsadlar; markazlashmagan nazorat shakli. Boshqaruv muammolariga bag‘ishlangan nazariyalar orasida De Mak- Gregorning “X” va “Y” nazariyalari alohida diqqat talab qiladi. “X nazariyasi” ma’lumki, boshqaruvga yondashuvning ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tamoyillarini nazarda tutsa, “Y nazariyasi” undan tubdan farq qiladi. “X” yondashuv quyidagilarga tayanadi: 1. Odamning aslida mehnatga toqati yo‘q, unga ishdan qochishga moyillik kuchli. 2. Oddiy odamga tavakkal qilishdan va mas’uliyatlardan qochish xos bo‘lib, u passiv va boshqarishlariga muhtoj. 3. Oddiy odamga ko‘p narsa shart emas, uni tinch qo‘yishsa bas, u himoyaga, xavfsizlikka muhtoj.. “Y - nazariyasi” esa quyidagilarga asoslanadi: Odamning jismoniy va intellektual imkoniyatlarini sarflashga intilishi 56 tabiiy bo‘lib, uning uchun mehnat faoliyati o‘yin yoki o‘qish kabi maroqlidir. Odam mehnat jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish qobiliyatiga ega. Odatda odam o‘z bo‘yniga mas’uliyatlarni olishga intiladi va o‘z iqtidorini namoyon qilishga ehtiyoj sezadi. Odamni o‘z bo‘yniga mas’uliyat olishga undagan narsa -bu umumiy faoliyatda ishtirok etishga moyillikdir. Ko‘pchilikda ijodiy ishlash va tashabbuslar ko‘rsatishga ishtiyoq mavjud, bu narsa boshqaruvga ham taalluqlidir. SHulardan kelib chiqqan holda D. Mak-Gregor yangi “X” va “Y” nazariyalarining tamoyillarini ilgari surdi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling