"psixologiya"


KUCHLI RAHBARNING KUCHLI SIFATLARI


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175
Bog'liq
psixologiya

KUCHLI RAHBARNING KUCHLI SIFATLARI: 
 
Realistik tafakkur - muammolar, voqea-hodisalarni real makon va vaqt 
chegaralarida aniq tasavvur qilish va yechimlarini belgilay olish; 
Bir vaqtning o‘zida bir qancha muammolar mohiyatini anglay bilish tajribani 
yangi muammolar echimiga qarata bilish
Jamoani boshqarish, ishni aniq va to‘g‘ri tashkil qilish qobiliyati, har qanday 
ishga shaxsan kirisha bilish va uning bajarilishini nazorat qilish; 
YUqoridagi uchta holatda o‘ta jonsaraklik va qat’iyatni namoyon qilish. 
RAHBARLIKKA LOYIQLIK MEZONLARI ASOSIDA LIDERLIKNING 
VAZIFALARI:
lider - ma’mur; 
lider - rejalashtiruvchi; 
lider - siyosatchi; 
lider - baholovchi ekspert; 
lider - jamoning vakolatli vakili; 
lider - rag‘batlantirish va jazolash tashabbuskori
lider - hukm chiqaruvchi va yarashtiruvchi; 
lider - namuna “Ota”; 
lider - jamoaning ramzi - referent; 
lider - individual mas’ullikni cheklovchi; 
lider - dunyoqarashlar shakllantiruvchi; 
lider - “Balogardon”.


58 
RAHBARGA ZARUR BO‘LGAN TO‘RTTA “T” 
 
Ayrim psixologik manbalarda kuchli rahbar shaxsiga oid sifatlarni 
umumlashtirib, unga to‘rtta “T” zarurligi haqida ham yozishadi. Bular - 
Temperament 
Toqatlilik (terpenie) 
Talant 
Tinimsiz mehnat (trudolyubie). 
Tashabbuskorlikning muhimligi shubxasiz, lekin bu sifatning faqat 
rahbarda bo‘lganda ish samaradorligi yuqori bo‘ladi, degan fikrga e’tirozlar ham 
bo‘lgan. Masalan, mashhur Deyl Karnegi kitobida tashabbusni yuqori 
lavozimdagi shaxsda bo‘lishidan tashqari, uni xodimlarga bera olish muhimligi 
xaqida yozilgan. o‘sha kitobda keltirilishicha, o‘sha paytda jahonda yiliga bir 
million dollar miqdorda daromadga ega bo‘lgan odamlar juda kam bo‘lgan. 
SHunday shaxslardan Uolter Kraysler va CHarlz SHveblarning yutuqlari asosida 
esa oddiy xaqiqatlar yotgan. Masalan, mashxur biznesmen Endryu Karnegi o‘z 
menedjeri SHvebga kuniga 3000 dollar, yiliga 1 mln. dollar to‘lagan. Bu haqda 
SHvebning o‘zi shunday yozgan: “Men cho‘yan quyishda oddiy ishchidan 
anchagina no‘noq va ilmsiz bo‘lganman. Lekin men odamlarni boshqarishni 
bilganman. Mendagi eng noyob sifat - odamlarda tashabbusni uyg‘ota olish 
qobiliyatidir. CHunki insondagi eng noyob, qimmatli narsani tan olish uni 
ruhlantiradi. SHaxsning or-nomusi, qadrini tushiradigan narsa - bu 
mansabdorlarning ularni tanqid qilishidir. Xatolarni betga aytishdan o‘zni tiyish 
ham rahbarlik saxovatidir”. Endryu Karnegi o‘zining qabr toshiga quyidagi 
so‘zlarni yozishlarini vasiyat qilgan ekan: “Bu erda umri mobaynida o‘zidan 
ko‘ra aqlliroq insonlarni o‘ziga bo‘ysundira olgan odam yotibdi”. Demak, bu 
so‘zlarning mohiyati ham oldingiday - odamdagi iqtidor va aql-zakovatni 
qo‘llab-quvvatlash orqali ulardagi tashabbusni uyg‘ota olish mahorati unumli 
mehnatga olib keladi. 
Ko‘plab tadqiqotchilar rahbarlarning qaysi ish uslubi ma’quliligini 
o‘rganish borasida tajriba to‘pladilar. 30-yillardayoq K.Levin, R.Lippman, 
R.Uaytlar tomonidan tavsiya etilgan boshqaruvning avtokratik, demokratik 
hamda erkin turlari haqidagi nazariya keyingi tadqiqotlarda jahonning ko‘plab 
olimlari tomonidan har taraflama tahlil qilindi. Ґar bir boshqaruv uslubining ham 
ijobiy, ham salbiy jixatlari to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlandi. Bundan tashqari, u 
yoki bu boshqaruv uslubining samaradorligi xodimlarning malakalari va 
saviyalariga bog‘liq ekanligi ham e’tirof etildi. Masalan, Rossiyada o‘tkazilgan 
ТALANT 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling