"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
“Т”
ТEMPERAMENT ТОQAT TINIMSIZ MEHNAT 59 tadqiqotlarda yuqori malakali mutaxasislarning 68,6% i boshqaruvning demokratik uslubini ma’qullagan bo‘lsalar, past malakalilarning 22,7% - direktiv uslubni, 8,7% esa erkin boshqaruv uslubini ma’qullab javob berganlar. Bundan tashqari, o‘sha tadqiqotlarda ma’lum bo‘ldiki, rahbarlarning o‘zlari ham muttasil ravishda u yoki bu boshqaruv uslubini amalda ko‘rsatishlari 31-45% holatlarda ro‘y berar, qolganlari esa ish jarayonida turlicha boshqaruv uslublarini aralash qo‘llar ekanlar. SHunisi xarakterliki, yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan sari, ana shunday aralash uslublarni qo‘llovchilar soni ortib borarkan. Pastroq lavozimda faqat demokratik boshqaruv tarafdori bo‘lgan odam, vazir yoki shunga o‘xshash yuqori lavozimda endi avtoritarlilikni ham, erkinlikni ham, kollegial qarorlar chiqarish siyosatini ham uyg‘unlashtirib olib ketishi mumkin ekan. Boshqaruv sohasiga kadrlar tanlashda eng avvalo da’vogarning shaxsiy sifatlariga va faoliyat motivatsiyasiga e’tibor berish lozim. Masalan, moliyaviy boshqaruv sohasiga rahbarlarni tanlash uchun zarur bo‘lgan psixologik sifatlarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar mazkur ma’ruzalar matnining ilova qismida keltirilgan. YUqorida qayd etilgan rahbar shaxsining turli qirralarini aniqlovchi psixodiagnostik metodikalar ko‘plab mavjud va ulardan ayrimlarini amaliy mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. SHuning uchun ham rahbarlik sifatlari xaqida gap ketganda, shaxsning bir qator bilimdonliklari nazarda tutiladi. 1. Professional bilimdonlik - o‘zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo‘lga quyish uchun o‘sha faoliyat borasida to‘la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo‘lishlikdir. 2. Uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko‘nikmalari, turli loyixalar xususidagi ma’lumotlar, topshiriqlarni tez, to‘g‘ri va tushunarli tarzda xodimlarga etkaza olish qobiliyati. 3. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til topisha olish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish, o‘zidagi liderlik sifatlarini to‘la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha ko‘pincha “kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling