"psixologiya"
Munozaralar jarayoni psixologiyasi
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
2. Munozaralar jarayoni psixologiyasi Qarorlar qabul qilish rahbar faoliyatining uzviy qismidir. Bu narsa bevosita muloqot jarayonida, aniqrog‘i, munozaralar jarayonida ro‘y beradi. Munozaralar olib borish orqali gruppaviy qarorlar qabul qilish kollegial ishlash uslubining asosidir. Munozaralar olib borish yoki muzokaralar orqali qarorlar qabul qilish odatda ikki usulda - interaktiv yoki nominal guruhlar sharoitida amalga oshiriladi. Birinchisida guruhning barcha a’zolari rahbar bilan birgalikda masalaning mohiyatini tahlil va muhokama qilish orqali bir qarorga keladilar. Ikkinchi holatda esa muammo yoki masala topshiriq sifatida xar bir mas’ul shaxsga beriladi va ular alohida takliflar umumlashtirish uchun rahbarga 60 topshiradilar. Guruh sharoitida - munozaralar vositasida qarorlar qabul qilish turli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aniqlashlaricha, gruppaviy qarorlar qabul qilish jarayonida deyarli ikki barobar ko‘p fikr va g‘oyalar o‘rtaga tashlanadi. Bundan tashqari, boshliq rahbarligida ko‘pchilik fikr almashgan sharoitda konformizm effekti yoki etakchi fikr tomonidan tayziq ko‘rsatish holatlari ham bo‘lishi mumkin. Bunda guyoki, ilgari surilgan g‘oyalar yoki tashabbuslarning nomiga ilgari surilganligi, yolg‘onligiga o‘xshash oqibat kuzatiladi. Ba’zan tashabbuslar va fikrlarga imkoniyatlar berilgani uchunmi, haddan ziyod o‘ziga ishonch, optimizmni keltirib chiqaradi va h-zo. Agar munozara va muhokamalar jarayonida boshliq fikriga ergashish xollari yaqkol sezilsa, unda guruhning bir necha a’zolarida avtomatik tarzda yo agressiya, yoki guruh faoliyatiga yaqqol befarqlik, yoki ma’naviy jixatdan guruhda yakkalanish ro‘y berishi ham mumkin. Ataylab biror fikrni o‘tkazishga ochiq urinish ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, o‘sha norozilar yoki boshqacha qarashga ega bo‘lganlar qabul qilingan qarorlarni ataylab bajarmaslikka moyillik, uning bajaralishiga xalaqit berish kabilar ro‘y beradi. SHunday turlicha oqibatlarning oldini olish uchun rahbar eng avvalo boshdan neytral mavqeni egalashi, barcha “ha” va “yo‘q”larni taroziga solib, kerak bo‘lsa, ayrim mutaxassislarni ataylab fikrlarni saralash ishiga jalb qilishi mumkin. Har qalay nominal ishlash usuldan ko‘ra interaktiv ish usuli ma’qulroq. Munozaralar jarayonida e’tibortalab omillardan yana biri bu guruhning tarkibidir. Agar bu tarkib turli toifali, turli yosh, jins va malaka vakillaridan iborat bo‘lsa, gruppaviy ishlash to‘g‘ri yo‘lga quyilgan sharoitda ular qilgan qarorlar sifatliroq va asosliroq bo‘ladi. Agar guruh tarkibi o‘sha malaka, tajriba nuqtai nazaridan deyarli bir xil bo‘lsa, bir qarorga kelish oson bo‘ladi, nizo kelib chiqish xavfi bo‘lmaydi, lekin masalaga yondashuv bir taraflama bo‘lib qolish ehtimoli ham yo‘q emas. Bu omillar majlislar, yig‘ilish va operativ yig‘inlarda ham inobatga olinishi kerak. Majlislarda qabul qilingan qarorlarning samarasi ham aynan boshqaruvga oid yaxshi qarorlarga ega bo‘lganlik bilan izohlanadi. Bu samara taxminan mana bunday hisoblanadi: majlis yakunida qabul qilingan qarorlar yoki ma’lumotlar sonini majlis boshida o‘rtaga tashlangan ma’lumotlar soniga bo‘lganda 1dan ortiq miqdor chiqsa, bu - yaxshi, aks holda - samarasiz bo‘ladi. Agar majlisda bir kishi o‘zi ham hal qilsa bo‘ladigan masala o‘rtaga tashlansa va bunga odamlar vaqtini sarflasa, bu majlis besamara bo‘ladi. SHuning uchun ham majlislarga olib chiqiladigan masalalar ko‘pchilik fikrining to‘qnashuvi oqibatida yangicha yondashuv va echimni nazarda tutishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda majlisga taklif etiladiganlar soni ham belgilanishi kerak. Nomiga odam ko‘paysinga taklif etilganlar o‘sha qabul qilinadigan qarorlar mohiyatini tushunmasligi ham mumkin, ba’zan gaplashib o‘tirib, xalaqit ham beradilar, ataylab bema’ni luqmalar ham tashlashlari mumkin. Rahbar majlisga kelishdan avval albatta o‘zining taxminiy takliflari va qarorlarga ega bo‘lishi va bunda u o‘zining “komandasi” fikrlaridan foydalangan bo‘lishi mumkin. Bunday yig‘ilishlar ish kuni oxirida tashkil 61 etilgani ma’qul, bo‘lmasa, odamlar ertalabdan uning qarorlarini muhokama qilib kunni o‘tkazishlari ehtimoldan xoli bo‘lmaydi. To‘g‘ri, ba’zan zudlik bilan operativ qarorlar qabul qilish kerak bo‘lib qoladi, shunda boshliq majbur bo‘ladi odamlarni to‘plashga, shunda u xodimlardan, muovinlar bo‘lsa ham kechirim so‘rashi kerak, chunki u ertalabdan har bir xodim o‘z kunini rejalashtirib bo‘lganini unutmasligi kerak. Muhim qarorlar qabul qilishga bag‘ishlangan majlisni odatda rahbarning o‘zi boshlaydi, shunda u muammoni qanchalik qisqa, lo‘nda va aniq fikrlarda bayon etolsa, vaqtdan yutadi, aks holda faqat muammoga aniqlik kiritishga ancha vaqt ketib qoladi. Majlislarda axloq-odob normalariga qat’iy rioya qilishni nazorat qilish odatda majlis raisiga yuklanadi. Bunda xar bir majlis ishtirokchisi o‘zini faqat tinglash uchun taklif etilgan emas, balki qaror qabul qilishga mas’ul, deb anglashi kerak. Agar majlisda o‘zaro samimiyat ruhi ustivor bo‘lsa, xodimlar ham yaxshi, ijodiy fikrlarni o‘rtaga tashlaydilar. Boshliqning asosiy vazifasi o‘rtaga tashlanayotgan fikrlarga nisbatan boshqalar tomonidan zaharxandalik yoki kulish holatlari ro‘y bermasligini nazorat qiladi. Lekin psixologik nuqtai nazardan boshliq shuni unutmasligi kerakki, xar qanday auditoriya taxminan uch toifali ishtirokchilardan iborat bo‘ladi: “tarafdorlar”, ya’ni har qanday fikrga qo‘shilaveradigan, hamfikrlar; “neytrallar”, aniq fikrga ega bo‘lmagan, biroz betaraf, tez u yoki bu fikrga og‘ib ketaveradiganlar; “muxoliflar”, boshliq qanday taklifni o‘rtaga tashlasa ham e’tirozlar bilan qarshi oladiganlar. Demak, boshliq ana shu omilni ham inobatga olib, muhim qarorlar qabul qilishda bu ichki guruhlar psixologiyasini inobatga oshishi zarur. Ko‘pincha majlislar yoki bevosita ishlab chiqarish muammolarini muhokama qilish jarayonida fikrlar bir-biriga to‘g‘ri kelmay qoladi. Bu jamoadagi nizolarga asos bo‘lishi mumkin. SHuning uchun nizolar va nizoli vaziyatlar, ularni oqilona hal etish yo‘llari to‘g‘risida ham mulohaza yuritamiz. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling