"psixologiya"
“X” nazariyasi uchun bu -
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Y” nazariyasining tamoyillari
- A. Konseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari
“X” nazariyasi uchun bu -
tashkilotni qattiqqo‘llik bilan izchil tarzda boshqarish lozimligi; qonuniy rasmiy vakolatlarni markazlashtirish; qarorlar qabul qilish jarayoniga xodimlarni minimal tarzda jalb etishning maqsadga muvofiqligi. “Y” nazariyasining tamoyillari: tashkilotni umumiy tarzda erkin boshqarish; rasmiy vakolatlarning bo‘limlarga bo‘linishi; majburlash va nazoratning kamligi, individual faolik va o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘tish; boshqaruvning demokratik uslubi; qarorlar qabul qilish jarayoniga barchaning jalb etilishi. Lekin jahon ilmu-fani tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, boshqaruvda, ayniqsa, uning uslublarini tanlashda sintetik tanlovning bo‘lishi ko‘proq o‘zini oqlamoqda. Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar va amaliyotchilarni ko‘proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar amerikalik hamda yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o‘rganib, ularga xos bo‘lgan eng muhim sifatlarning bloklarini ajratganlar. 1500 ta amerikalik menedjer va 41 ta yirik YAponiya firmalari rahbarlarining sifatlari quyidagicha tabaqalandi: A. Konseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari: dunyoqarashning kengligi, global yondashuv; uzoqni ko‘ra bilish va egiluvchanlik; tashabbuskorlik va dadillik, tavakkalchilikka moyillik; muntazam o‘z ustida ishlash va uzluksiz o‘qish. B. SHaxsiy sifatlar: maqsad va yґnalishlarni aniq belgilash; o‘zgalar fikrini tinglash qobiliyati; xolislik, samimiyat va bag‘rikenglik; adolatli qarorlar chiqarish orqali xodimlarni joy-joyiga qo‘yish, ular imkoniyatlaridan to‘la foydalanish; shaxsiy yoqimtoylik; jamoa tashkil etish va unda uyg‘un muhitni ushlab tura olish qobiliyati. 57 Lekin, barcha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo‘ldiki, amerikalik rahbarlar ko‘proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar ko‘rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo‘lishi tarafdorlari bo‘lsalar, yaponiyaliklar - xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari samarasini oshiruvchi sharoitlarni yaratishga e’tibor beradilar. 50-chi yillardan boshlab o‘tkazilgan tadqiqotlarda xar qanday faoliyatda ham muvaffaqiyatni ta’minlovchi sifatlarning yuzlab xillarini aniqlandi. Lekin ularni umumlashtirilganda, 5% sifatlargina barcha tadqiqotlarda muhim, deb e’tirof etildi. Ularning orasida eng ko‘p marta takrorlanganlariga: a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni echa olish qobiliyati, u o‘ta yuqori bo‘lmasligi, aksincha, o‘rtachadan yuqori bo‘lishi kerakligi e’tirof etildi); b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni anglash qobiliyati va shunga mos motivlar). Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling