"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Diqqat to’g’risida tushuncha. Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va xususiyatlari . Diqqat
Tayanch so’z va iboralar:
diqqat, induksiya, optimal uchoq, dominanta, subdominanta, diqqatning ko’lami, diqqatning taqsimlanishi, diqqat kuchi, diqqatning ko’chishi, diqqatning tebranishi, parishonlik. sezgi, sezgirlik, adaptasiya, sinesteziya, analizator, reseptor, sensibilizasiya, konpersatorlik, idrok, konstantlik, appersepsiya, illyuziya, gallyusinasiya, perseptiv idrok, ko’ruv xotirasi, xotira tasavvuri, mexanik xotira, fenomenal xotira, esda qoldirish, esda saqlash, unitish, tanish, eslash, obrazli xotira, emosional xotira, mantiqiy xotira. Asosiy savollar : 1.Diqqat to’g’risida tushuncha. Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va xususiyatlari. 2.Sezgi va ularning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari. 3.Idrok to’g’risida tushuncha. Idrokning xususiyatlari va turlari. 4.Xotira. Xotira to’g’risida tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari. Xotira va faoliyat. 1. Diqqat to’g’risida tushuncha. Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va xususiyatlari. Diqqat – psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli bo’lgan obyekt ustida tuplanishdir. Yo’naltirilishi deganda psixik faoliyatining tanlovchilik xarakteri, obyektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchining tushuntirishlariga quloq solayotganda, mana shu eshitish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, o’z diqqatini etishish faoliyatiga ongli ravishda qaratgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan, o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning diqqatini yo’nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda faqat ana shu faoliyatni tanlash tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va qo’llab – quvvatlash ham tushuniladi. Diqqat psixik faoliyatining yo’naltirilishi bilan birga uning to’planishini taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to’planishi – mazkur faoliyatga Hech qanday aloqasi bo’lmagan hamma boshqa narsalardan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatning bir joyga to’planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi – ko’pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. 97 Diqqat har kanday faoliyatning muhim shartidir. Diqqatsiz hatto eng oddiy ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mehnatning barcha jarayonida, ijodiy faoliyatda, o’qishda ayniqsa katta ahamiyatga ega. K.D.Ushinskiy «Diqqat ruxiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi», - deb yozgan edi. Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I. P Pavlovning yozishicha oriyentirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham atagan edi. Bundan tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining ko’zg’alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham bog’liqdir. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv prosesslarining induksiyasi qonuni diqqatining fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muhim ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq bosh miya po’stining bir joyida paydo bo’lgan ko’zg’alish bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanshni yuzaga keltiradi. Va aksincha, bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish bosh miya po’stining boshka joylarida kuchli ko’zg’alishni paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po’stida ko’zg’alish uchun optimal, ya’ni nihoyatda qulayligi bilan xarakterlanuvchi kuchli ko’zg’alish o’chog’i mavjud bo’ladi. A. A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominonta prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Shu dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo’zg’alishning har doim ustun turadigan hukmron o’chog’i ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kelayotgan hamma ko’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa ko’zg’alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshadi. Odatda dominonta subdominontaga, subdominonta esa dominontaga o’tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko’chib turishining nerv fiziologik mexanizmini tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, Pavlov bilan Uxtomskiy ta’limotlari bir – biriga qarama – qarshi emas, balki mazmun jihatdan o’xshashdir. Jiddiy diqqat, odatta o’ziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalar bilan bog’liq bo’ladi, narsani yaxshilab idrok kilishga qaratilgan harakatlar bilan /tikilib qarash, diqqat bilan eshitish/, ortiqcha harakatlarni to’xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xarakterli bo’lgan yuz xarakterlari bilan bog’liq bo’ladi. Diqqat uch turli bo’ladi: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan keyingi yoki muvofiqlashgan diqqat. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling