Psixologiyadan Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar


Download 133.71 Kb.
bet1/3
Sana23.01.2023
Hajmi133.71 Kb.
#1111253
  1   2   3
Bog'liq
Psixologiy@

Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlari.

6BT- 22S

Ochilova Sayyora

Reja

  • Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar.
  • Go`daklik davrining psixologik xususiyatlari. Go`dak va muloqot.
  • Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
  • Ilk bolalik davrida nutqning, o`z-o`zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi.

Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar.

  • Bolaning ona qornidagi o’sish davri onaning organizmiga uzviy bog’liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari – ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o’zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi.Chaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarish daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun tug’ilish tabiatning chaqaloq organizmiga kuchli larzaga keltiruvchi mo’jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo’lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg’ak organizmida tub o’zgarishlar ro’y beradi, unda yangi sharoitlarga ko’nikish davri kurashlar ostida o’tadi.

Chaqaloq organizmi miqdor va sifat o’zgarishlariga, tashqi olamniig qarshiligiga, ta’siriga, tazyiqiga duch keladi; fazo, vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po’stida aks eta boshlaydi.Chaqaloqda ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstitutsion bog’liqlik davri tugagan bo’lsa-da, biroq u dastlabki daqiqalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fiziologik jihatdan tobeligacha qolaveradi. Chaqaloq yashashi uchun organizmi talab qiladigan ovqat, oqsillar mazkur o’sish pallasida ona suti orqali borib turadiChaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda, himoyaga muhtojroq, nochorroq bo’lib tug’iladi. Tug’ilish arafasida unda nasliy yo’l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo’ladiki, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha yengillashtiradi.

  • Chaqaloq organizmi miqdor va sifat o’zgarishlariga, tashqi olamniig qarshiligiga, ta’siriga, tazyiqiga duch keladi; fazo, vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po’stida aks eta boshlaydi.Chaqaloqda ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstitutsion bog’liqlik davri tugagan bo’lsa-da, biroq u dastlabki daqiqalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fiziologik jihatdan tobeligacha qolaveradi. Chaqaloq yashashi uchun organizmi talab qiladigan ovqat, oqsillar mazkur o’sish pallasida ona suti orqali borib turadiChaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda, himoyaga muhtojroq, nochorroq bo’lib tug’iladi. Tug’ilish arafasida unda nasliy yo’l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo’ladiki, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha yengillashtiradi.

Download 133.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling