Psixologiyaning eng muhim kasbiy xislatlarini shakillantirish


Psixologiya fani sohalari va uning tadqiqot ishlari


Download 52.18 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi52.18 Kb.
#1501812
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

1.Psixologiya fani sohalari va uning tadqiqot ishlari
1.1 Psixologiya fani sohalari va ularning o'ziga xos xususiyatlari
Inson o'zining kimligini anglashga intilishdan, o‘z ruhiy dunyosini va o‘zgalar mohiyatini bilish istagi paydo bolishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini tushunishga ehtiyoj sezishdan, o‘tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yunta boshlagandan buyon psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o‘tm ish tarixga ega bolsada, u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyaning alohida fan sifatida ajralib chiqishiga o‘sha davr kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o'zgarishlar sabab bo‘ldi, chunki bular ijtimoiy zarurat taqozosi edi. Psixologik holatlami tadqiq qilish, ya’ni psixikaning mohiyatini tushunish maqsadida o‘sha davrlari eksperimental ilmiy psixologik laboratoriyalarvujudga ketáboshladi. llk psixologik tadqiqotlar laboratoriyasi 1879- yilda nemis olimi V.Vundt tomonidan Leypsig universitetida tashkil qilindi. Xuddi shu laboratoriya qabilida boshqa mamlakatlarda ham birqancha mustaqil laboratoriyalar ochildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kclib psixologiya fani to‘g‘risidagi ilmiy tushunchalarda keskin o ‘zgarishIar yuzaga kcldi va ularning ta’sirida psixologiyaning tadqiqot obyekti sifatida — insonga ta’siri, uning xulq-atvorini o ‘rganish m uam m olari tanlab olindi. Shu davrda psixologiya fanining rivojiga ijobiy hissa qo'shgan psixologiya maktablari vujudga keldi. AQSH psixologiyasining asosiy yo‘nalishlaridan—bixeviorizm, Germaniyada — geshtaltpsixologiya maktabi.Venada Z.Freydning psixoanalizi shular jumlasidandir. Mavjud maktablarning barchasi o‘zining nuqtayi nazariga asoslanib, psixologiya fanining tarkibiy qismlarini o‘rganishga harakat qildi. Psixologik konsepsiyalarning rang-barangligi va fan-texnikaning rivojlanishi ta’sirida psixologiya fani o'zining tadqiqot obyektlariga ega bo'lgan ko'plab sohalarga ajrala boshladi. Hozirgi davrda psixologiyaning nazariy va amaliy yutuqlari atrof-muhitga hamda jamiyatning juda keng sohalarida tatbiq qilinmoqda. Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo'lishda aniq, yaqqol faoliyatning psixologik tomoni, insonningjamiyatga nisbatan psixologik munosabati va taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga biroz to‘xtalib o‘tamiz.
Umumiy psixologiya — bu umumiy psixologik qonuniyatlarni mexanizmlar, murakkab ichki bog'lanishlar, nazariy va metodologik prinsiplar, ilmiy tadqiqot metodlari, psixikaning filovaontogenetik o‘zgarishIari, ilmiy tushuncha va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq qiladigan soha. Umumiy psixologiya degan nom ham boshqa sohalarda bogani kabi shartli ravishda qabul qiingan. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalari, kategoriyalari (shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa sohalardagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish lozim. Aytish joizki, um um iy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun ham asos bo`lib xizmat qiladi.
Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-tipologik xususiyatlarni:
1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni.
2. Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish kabilarni.
3. Hissiy jarayonlar: his-tuyg‘ular, emotsiya, kayfiyat, emotsional ton, stress (zo‘riqish), affekt (jazava) singarilarni o‘z ichiga oladi. Psixik holatlarga psixik jarayonlarning ma’lum birsifat ko‘rinishlari kiradi. Masalan, hissiy jarayonlar psixik holat sifatida kayfiyat, psixik xususiyatlarga esa qobiliyat va boshqalar kiradi.
Umumiy psixologiyadagi bu shartli ravishda amalga oshirilgan bo‘lib, unda jarayon tushunchasi umumiy tadqiq qilinayotgan hodisaning jarayoniy xususiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi, xolos. Psixik holat tushunchasi psixik holatlarga nisbatan nisbiy statikligini anglatadi. Psixik xususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinayotgan hodisaning mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs tuzilishida o ‘z ifodasini topadi. Boshqa sohalar va bilimlar umumiy psixologiyadan asos sifatida foydalanadi, shu bois universal xususiyat kasb etadi.

Download 52.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling