Psixologiyaning eng muhim kasbiy xislatlarini shakillantirish


Download 52.18 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi52.18 Kb.
#1501812
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Pedagogik psixologiya — ta’lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasidir. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy, ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — o`qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini, shart-sharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Ular tashqi muhit qanchalik ijobiy ta’sir qiluvchi omil bo‘lsa,ya’ni qulay shart-sharoit vujudga kelsa, demak, shaxsning tarbiyalanishi shunchalik ijobiy kechadi, degan fïkrni aytadilar. Hozirgi zamon pedagogik psixologiyaning rivojlanishida insonning individual psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta’siri hamda boshqa odamlar o‘rtasidagi muloqot, muomala ta’siri borligi, shuningdek, yana bir qator omillarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim orqaü o'qitish va tarbiyalash yotishi ta ’kidlanadi. Pedagogik psixologiyani shartli ravishda bir necha turga ajratish mumkin: a) ta’lim psixologiyasi; b ) tarbiya psixologiyasi; d ) o`qituvchi psixologiyasi; e) oliy ta ’lim va maktab ta’limi psixologiyasi kabilar.
Tibbiyot psixologiyasi — kasallarning davolanishi, gigiyena, profilaktika, diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixoiogiya sohalaridan iborat. Tibbiyot psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasallikning kechishi, ularning shaxs psixologiyasiga ta’siri qonuniyatiari, insonning kasaldan sog‘ayishiga mikrosotsial guruhning ta ’siri o krganiladi. Tibbiyot psixologiyasi o ‘z ichiga klinik psixologiya, patopsixologiya, neyropsixologiya, somatopsixologiya kabi boMimlarni qamrab oladi. Tibbiyot psixologiyasi tarkibiga psixoterapiya sohasini ham kiritadilar. Insonning psixologiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi, shuningdek, davolanishni tezlashtiruvchi ijobiy davolash muhitini tashkil qilish tibbiyot psixologiyasining asosiy muammosidir. Psixik hodisalar bilan miya fiziologik tuzilishlari o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadigan soha — neyropsixologiya hisoblanadi. Dorivor moddalarning kishi psixik faoliyatiga ta’sirini tekshiradigan soha — psixofarmokologiyadir. Bemorlarni davolashda psixik jihatdan salomatligini ta’minlash choratadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan psixoprofilaktika shug‘ullanadi.
Yuridik psixologiya — huquq doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohadir. XX asrning boshlarida eksperimental psixologiya ta’siri ostida yiiridik sixologiya sohasida ham ilk laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazila boshlandi. Laboratoriya tadqiqotchilari guvohlarning ko‘rsatmaIarini va so‘roq olib borish asoslarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan edilar.
Harbiy psixologiya — harbiy faoliyatning inson psixikasiga ta’siri, harbiy faoliyatning xususiyatlarini, psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq qiluvchi psixologiya sohasidir. Jangchi shaxsining psixologik omillarini tekshirish — harbiy psixologiyaning asosiy muammolaridir. Bu soha psixologlari harbiy jamoalarda shaxslararo munosabatlarga, komandir va jangchilar muloqotining psixologik xususiyatlariga, favqulodda holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining o'zgarishiga, bo'linm alarda psixologik muhit masalasiga, harbiy-vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishga doir nuiammolarni tadqiq qiladilar. Ta’kidlash o`rinliki, harbiy psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, pedagogik psixoiogiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari, umumbashariy qonuniyatlar yotadi.
Sport psixologiyasi — sport musobaqalari va mashq qilish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Mazkur soha XX asrning 60 — 70-yillarida jadal rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning individual psixologik farqlarini o ‘rganishga qaratildi. Hozirga kelib esa sport psixologiyasi o‘rganayotgan muammolar kengaydi. Shu bois uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdan hamda sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga psixologik yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qoldi.

Download 52.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling