Psixologiyaning eng muhim kasbiy xislatlarini shakillantirish


Download 52.18 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi52.18 Kb.
#1501812
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Savdo psixologiyasi — jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bolib, tijorat ta'sirining psixologik negizlari, obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarni, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko'rsatishning psixologik omillarini aniqlashni maqsad qilib oigan. Savdo psixologiyasi savdotijorat reklamalari, modalar psixologiyasi, sotuvehi-xaridor m unosabati, kishilarga ta’sir ko‘rsatish, ularda iliq his-tuyg‘u, ishonch uyg‘onish mexanizmlari, muomala jarayonida ularni mantiq anish o`ntirish, qiziqtirish, faoliyatning ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizoli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda munosabatda bo‘lish qonuniyatlarini tadqiq etish mazkur soha tekshiruv predmetiga kiradi.
Ijod psixologiyasi— badiiy qadriyatlarni o'zlashtirishda, ularning yangi ko'rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlarni inson tomonidan idrok qilishda kechadigan psixologik holatlar hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga ta’sirini o‘rganuvchi psixoiogiya sohasidir. Ijod psixologiyasi bir tomondan psixologizm ta’sirida, ikkinchi tom ondan esa aksiipsixologizm iskanjasida rivojlanadi. Psixologizm tarafdorlari badiiy asarlar individual ong ta ’sirida vujudga keladi deb talqin qilishsa, aksilpsixologizm tarafdorlari asarlarga subyektning psixik faolligi ta’sirini inkor qiladilar. San’at psixologiyasi ijtimoiy tarbiya berishning psixologik mexanizmlari, qonuniyatlari, metodlari kabilarni tadqiq etuvchi muhim sohalardan biridir. Bugungi kunda san’at psixologiyasi o‘z tadqiqot predmeti va obyektiga egadir, bular: ijod psixologiyasi, san’at psixologiyasi, badiiy tarjima psixologiyasi, badiiy ijodiyot psixologiyasi, xalq amaliy san’ati psixologiyasi, badiiy me’morlik psixologiyasi va boshqalar.
Yosh psixologiyasi — shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson tug‘ilganidan to umrining oxirigacha bo`lgan davrni, ya'ni ontogenezni o‘rganadigan psixologiya sohasidir. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo`lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat talabi asosida bolalar psixologiyasi taraqqiyotida qollanilgan. Yosh psixologiyasi hozirda bolalar psixologiyasi, o‘smirlik va o‘spirinlik psixologiyasi, yetuklik psixologiyasi, gerontopsixologiyani o‘ziga qamrab olgan. U insonning ontogenezda rivojlanish jarayonida psixik holatlarning kechishini, psixik funksiyalarning rolini, ularning o‘zgarishi, harakatlantiruvchi kuchlarini, mexanizmlar, ta’sir o‘tkazuvchi obyektiv va subyektiv omillarning taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi umr o`tishi bilan psixologiyadagi farqlarni,individual-psixologik xususiyatlar o‘zgarishlarini o‘rganadi, tadqiqotlarda madaniy, ijtimoiy-tarixiy, milliy ta’sirni hisobga oladi. Yosh psixologiyasining obyektiari o‘ta murakkab bo‘lib, ular rivojlanishlar taraqqiyotini tekshirishni amalga oshiradi. U jahon psixologiyasida to‘plangan barcha nazariy materiallarga, shu jumladan, genetik m odellashtirish (L.S.Vigotskiy) metodlariga, egizaklar metodiga va shunga o‘xshash o‘ta murakkab jarayonlarning longityud (uzluksiz) uslubi yordamida tekshirishga asoslanadi.
Maxsus psixologiya — psixik normal rivojlanmagan, tug'ma yoki keyinchalik orttirilgan nuqsonlar va yetishmovchiliklar ta’sirida bo`lgan insonlarning psixologiyasini tadqiq qiladi. Uning bir necha bolimlari mavjud:
patopsixologiya — kishi rivojlanishi jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turlicha kechishi, psixikaning tamoman izdan chiqishi hollarini o'rganadi; oligofrenopsixologiya — psixik rivojlanishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan bogliq patologiyasi to‘g‘risida tadqiqot ishlarini olib boradi; surdopsixo/ogiya — quloq eshitishning butunlay kar bo`lib qolgunga qadar jiddiy kamchiliklari, nuqsonlari bilan shug‘ullanuvchi, bolani voyaga yetkazishning omilkor yo‘l-yo‘riqlarini topuvchi, korreksion — tuzatish ishlarini olib boruvchi sohadir; tiflopsixologiya — xira ko‘ruvchi va mutlaqo ko`zi ojiz odamlarning psixologik rivojlanishini tadqiq qiluvchi sohadir. Maxsus psixologiyaning yana o'ziga xos bolimlari mavjud bo`lib, insonlarning kasalligini, nuqsoni, aql-idrok darajasini nutq faoliyati patologiyasiga binoan tadqiqot ishlarini olib boradi.
Qiyosiy psixologiya — psixologiyaning murakkab bo'limlaridan bo`lib,u psixikaning filogenetik holatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladi. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixikasi odamlarniki bilan qiyoslanadi, ular xulq-atvoridagi o‘xshashlik va tafovutlarning sabablari tekshiriladi, harakatlantiruvchi kuchlar, ta’sir o'tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi. Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bir bo`limi hisoblanib, u turli guruhlacga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-harakatlarini o'rganadi. Ekologiya biologik va psixologik jabhalar qorishmasidan iborat bo‘lib, hayvonlaming xattiharakatidagi tug‘ma alomatlar, mexanizmlar insonniki bilan umumiy negizga ega ekanligini o ‘rganuvchi sohadir.
Differensial psixologiya — shaxslar o ‘rtasidagi tafovut va farqlarni hamda guruh a'zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasidir. Differensial psixologiyaga F.Galton asos solgan bo'lib, u kishilarga xos individual farqlarni statistik tahlil qilish uchun bir qancha usul va asboblar yaratgan. Differensial psixologiya atamasini neniis psixologi V.Shtern 0‘zining „Individual farqlar psixologiyasi“ (1900- yil) asarida qoilagan. Differensial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri — testdir. Tadqiqot ishlarida avval individual testlar, keyinchalik esa gum hiy testlar qollangan. Ular, asosan, aqliy rivojlanishdagi farqlarni o'rganishga qaratilgan bolib, muayyan vaqt o'tgach proyektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi, intilishdagi, hissiyotdagi tafovutlarni tckshirishga qaratilgandir. Testlarning omil tahlili yoki intellektga oid m a’lum ot beruvchi omillari o‘rganilgan. Jahon psixologiyasida eng keng yoyilgan nazariyadan biri — bu N.Spirnienning ikki omilli konsepsiyasidir. Bu nazariyaga binoan, har bir faoliyat uchun umumiy bitta omil mavjuddir, bundan tashqari, o ‘sha faoliyatga qaratilgan xususiy omil ham bog`liq.

Download 52.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling