Psixologiyaning tadqiqot metodlari va


SHakllantiruvchi (ta’limiy) tajriba


Download 312 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana22.01.2023
Hajmi312 Kb.
#1110211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlar. (4)

SHakllantiruvchi (ta’limiy) tajriba – psixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini 
tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma‟lum sinf masalalarini 
echa olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar bilan 
tanishtirilib, ularni echish tartibi tushuntiriladi. So„ngra ularga zarur malaka va 
ko„nikmalarni orttirishga ko„mak beriladi. Tajriba yakunida olingan natijalar 
baholanadi. 
Dala tajribasi o„z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o„xshashdir, faqat u 
insonning real hayotidagi voqelikda o„tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy 
o„quv yurtida ta‟limning yangi dasturini kiritish bo„yicha tajriba olib boriladi, 
buning ustiga, dastur o„quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. Tadqiqotchilarni 
tajriba natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki ularning avvalgidek 
saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular tajribagacha va tajribadan so„ng 
talabalar bilimini tekshiruvdan o„tkazadilar va tajribaning samaradorligi yuzasidan 
xulosa yasaydilar. 
Qayd etish tajribasi  deb, vazifasi ma‟lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va 
ta‟riflash, ya‟ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro„y 
beradigan voqelarni qayd etishdan iborat bo„lgan tajribaga aytiladi. Qayd etish 
tajribasi tabiiy tajribadan vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va olingan 
natijalar o„zaro tajribagacha va tajribadan so„ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi. 
Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini aniqlash. Sinaluvchilarga 


materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori taklif etiladi. 
Ularni bajarish natijalariga ko„ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi. 
Assotsiativ tajriba – K.G. YUng, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir 
vaqtda taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga mo„ljallangan 
loyihalash metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag„bat so„zlar to„plamiga javoban 
miyaga kelgan so„zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan 
tasavvurlar rag„bat-so„z va sinaluvchining javobi o„rtasidagi bir xil tasavvurlarning 
turi, qaytarilishi, vaqtiga ko„ra qayd etiladi. 
S.L. Rubinshteyn tajribaning to„rt xil o„ziga xos xususiyatiga ta‟rif bergan 
edi. Birinchidan, tajribada kuzatuvchi vaziyatga faol aralasha olmaydigan 
kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchining o„zi o„rganayotgan hodisani yuzaga 
keltiradi. Ikkinchidan, tadqiqotchi o„rganilayotgan jarayonning kechishi va 
ifodalanishi sharoitlarini o„zgartirishi mumkin. Uchinchidan, tajribada 
o„rganilayotgan jarayonni aniqlash uchun qonuniyatli aloqalarni o„rnatish 
maqsadida, alohida sharoitlarni o„zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va, 
nihoyat, to„rtinchidan, tadqiqotchi olingan ma‟lumotlarning matematik qayta 
ishlanishini qo„llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o„zgartirishi 
mumkin. 
Tajriba metodining muhim afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi 
sustkashlikka yo„l qo„ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini 
kutib o„tirmasligi lozim. Tajribada tadqiqotchi sharoitlarni o„zi yaratganligi uchun 
bu sharoitlarni, hamda, ularning sinaluvchiga ko„rsatadigan ta‟sirini ham 
to„laligicha hisobga olish imkoniyati tug„iladi. SHaroitlarning tadqiqotchi 
tomonidan yaratilishi ularni bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday 
takrorlash, bir tomondan, olingan natijalarning ob‟ektiv tasdiqlanishi bo„lib xizmat 
qilsa, ikkinchi tomondan, ma‟lumotlar to„planishi va ularni miqdoriy baholash 
imkoniyatlarini ochib beradi. 
SHu bilan birga, tajriba metodining salbiy tomoni uni qo„llashdagi maxsus 
yaratilgan sharoitlar o„rganilayotgan psixik holatning tabiiy kechishini izdan 
chiqarishi mumkinligidan iborat (tajriba sharoitlari hayajon, qo„rquv, o„zining 
ijobiy tomonlarini ko„rsatishga intilishni keltirib chiqarishi mumkin), bu esa o„z 
navbatida olingan ma‟lumotlarning buzib ko„rsatilishiga olib keladi. 
Keyingi yillarda psixologik tashhislash metodlari, test sinovlari keng 
ko„lamda olib borilmoqda. 
Psixologiyaning ob‟ektiv metodlariga, shuningdek, psixologik tashhislash, 
aniq shaxs, odamlar guruhi, u yoki bu psixik vazifaning holatlari, xususiyatlarini 
baholash yoki aniqlash maqsadida qo„llaniladigan test sinovlari ham kiradi. 
Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo„yicha chegaralangan, 
miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o„rnatish uchun 


mo„ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida 
odamlarni o„zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o„rganish, ular psixologiyasi va 
hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o„zini tutishini belgilovchi 
qat‟iy qoida bo„yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo„lgan vazifalar to„rlamidan 
iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to„g„riligi mezoni bo„yicha baholanadi. 
To„g„ri bajarilgan vazifalar uchun ballar belgilab qo„yilgan. Testning rag„bat 
materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak. 
Testlarga berilgan javoblarni ishlab chiqishning ma‟nosi shundan iboratki, 
olingan ma‟lumotlar kalit yordamida baholashning ma‟lum ko„rsatkichlari, 
masalan, shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so„nggi
natijalari test ko„rsatkichlarida o„z ifodasini topadi. Ularning tashhislashdagi 
ahamiyati, odatda, ko„p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo„li bilan olingan 
ko„rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. 
Testlar bir necha mezonlarga ko„ra tasniflanadi. Maqsadga ko„ra, tanlash, 
ajratish, tasniflash teslariga bo„linadi. Mazmuniga ko„ra,: a) umumiy qobiliyatlar 
uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, 
yutuqlarga erishish testlari, mezonli-yo„naltirilgan testlarga ajratiladi. SHakliga 
ko„ra testlar individual va guruhli bo„lib, quyidagi turlarga bo„linadi: 
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko„ra); 
- blankli testlar («qalam va qog„ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga 
ko„ra; 
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida); 
- kompyuter testlari. 
Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to„rt turga bo„linadi: 1) ob’ektiv
ko„pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emotsional holatni 
belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o„lchash; 2) so„rov metodikalari yoki 
sub‟ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning umumshaxsiy testlari; 3) 
«qalam va qog„ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi 
ma‟lum harflarni o„chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo„lini chizish va 
boshqalar; 4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan 
testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB). 
Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning 
psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun qo„llaniladi. 
Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa 
xavotirlanish darajasini aniqlashga mo„ljallangan. 

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling