Psixologiyaning tadqiqot metodlari va


Download 312 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana22.01.2023
Hajmi312 Kb.
#1110211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2 mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlar. (4)

3. Psixologiya fanining 
tamoyillari 
 
birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining 
jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e‟tiborni qaratgan edilar. 
Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi 
masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo„lga kiritgan yutuqlar
yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, 
iqtisodiyot o„z navbatida iqtisodiy islohotlarning ob‟ekti hamda sub‟ekti 
bo„lmish inson omilidagi barcha psixologik o„zgarishlarni aniqlash, tahlil 
qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini echishi kerak. 
YUqorida ta‟kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada 
rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan 
rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o„sha 
barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi. 
SHuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo„lib ajralib 
chiqqan tarmoqlar to„g„risida ham fikr yuritish mumkin.
Psixikani o„rganish qator boshlang„ich 
boshqaruv 
nizomlariga 
asoslangan 
tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq 
etilayotgan ob‟ektni mazmunli bayon etish, 
tajriba ma‟lumotlariga ega bo„lish muolajalarini rejalashtirish, ularni 
umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish 
imkonini beradi. 
Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko„rsatilgan: 
1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma‟lum 
sabab, qonuniyatga ko„ra paydo bo„ladi, o„zgaradi va nobud bo„ladi. Psixologik 
tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi 
sharoitlari ta‟sirida o„zgarishini bildiradi. 
Hayvonlar psixikasi haqida so„z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik 
qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta‟kidlash lozim. Odam 
psixikasini oladigan bo„lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi 
oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining 
rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi 
xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi. 
2. Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil 
etadi, lekin ular bir-biriga aynan o„xshash emas. Ong faoliyat jarayonida uning 
ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda voqelikning 
harakatchan ko„rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda o„z 
yo„nalishini aniqlay oladi. 



Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling