Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Oilaning tarbiyaviy funksiyasi
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaning kommunikativ funksiyasi
Oilaning tarbiyaviy funksiyasi
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir funksiyasi tarbiyalash funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solina- di. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g'ishti qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona— san’atkor, bola — san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o ‘zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng milliy qadriyat- larimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kela- yotgan milliy urf-odatJarimiz, an’analarimiz (bola tar- biyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh- urug‘, mahallaning ham ta ’siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba’zan oila tarbiyaviy funk- siyasining susayishi va targ‘ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a ’zolari xulqida yomon odatla- rimlar ta ’siriga berilish, m a’naviy buzuqlik yo'liga kirish) paydo bo'lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastawal oila da amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga m a’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy me’- yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalqimizda «qush uyasida ko‘rganini qiladi» deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy m e’yorlar va qadriyat- larni o‘zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi. Oilaning kommunikativ funksiyasi Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va o'zaro tushunishga bo'lgan ehtiyo- jini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlar- da ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, us- tanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, m a’ naviy va psixologik salomatligi — oiladagi o'zaro, ichki m uloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilish- lari, oiladagi axloqiy-psixologik iqlimga to'g'ridan- to'g'ri bog'liqdir. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan- texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotining urbanizatsiyalashuvining (radio, televidenie, video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi, oilalar ning tobora nuklearlashib borayotganligi bilan oilaning kommunikativ funksiyasining ahamiyati, oila a’zolari ning bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbatlashib olishn ing ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu o'rinda o'zbek oilasining o'ziga xos xususiyati: ko'p avlodlilik, ko'p farzandlilik kabilar bunday oilalar a ’zolari o'rtasida o'zaro muloqot to'laroq amalga oshishiga asos bo'ladi, ularning o'zaro muloqotga bo'lgan* ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o'ynaydi. Biroq so'nggi yillarda 28 29 ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar o‘rtasida muloqot- ning kamligi, bir-biriga e’tiboming pasayishi, oila a ’zo- lari o ‘rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa, qishloq oilalarida) holatlari ham mavjud, hatto oiladagi o ‘zaro munosabatlarning yomonlashuvi natijasida oila a’zolarining ayrimlarida stress (asabiy tanglik), suitsid (o‘z joniga qasd qilish) kabi noxush holatlaming kelib chiqishi ham kuzatilmoqda. Bunday noxushliklaming oldini olish uchun eng awalo oila a’zolari o ‘rtasida oshkora, yaqin, o‘zaro tushunarli, ishonchli muloqot- ning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim bo‘lsa, bu borada yoshlarga tegishli bi- limlami berish, aholi uchun psixologik maslahatxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, treninglar tashkil etish, «Ishonch telefonlari», «Qalb markazlari» kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling