Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Bilimlarni tekshirish uchun savollar
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivoyat Kelin bo‘luvchi qizga beriladigan o‘git
Bilimlarni tekshirish uchun savollar
/. Nikoh oldi omillari deyilganda nimani tushunasiz? 2. Nikohga, oilaviy hayotga yetuklik nima? Uning qanday jihatlari farqlanadi? 3. Nikoh yoshi nima? U qanday belgilanadi? 4. Nikoh motivlari nima? Uning qanday turlari farq lanadi? 5. Nikohgacha tanishish shartlari va muddatining nikoh mustahkamligiga qanday ta ’siri bor? 6. Bo ‘lajak er-xotinning tanishish shartlari va ularning nikoh mustahkamligidagi ahamiyati nimalardan iborat? 7. Yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari nikoh mustahkamligiga qanday ta ’sir qiladi? Rivoyat Kelin bo‘luvchi qizga beriladigan o‘git Bu hikoya juda mashhur, ibrat darsi beruvchi bir hikoyadir. Aqlli qizlar onalari va kelin bo‘lguvchi qizlar uchun ibratli hikoya: Bu hikoya shunday bir qiz haqida-ki, qabiladagi bar- cha odamlar uning otasi amridadir. Bir rahbar, alloma 114 Otaning qizi. Onasi esa juda aqlli, oqila, hayotni yaxshi bilgan ayoldir. U — boshliqning, rahbaming xotini. Yaxshi oiladan chiqqan ona. Bu qiz shunday bir oila qiziki, boylik, maqom, Shuhrat, rutba, mavqe ularda bor. Siz hozir qiziga onasi tarafidan berilgan 12 o'gitning hikoyasini o ‘qiysiz. Yozish bizdan, o£qib ibrat olish sizdan, xalqqa ta’sir ctish Janobi haqdandir. Mashhur rivoyatga ko‘ra Horisning qizi Asmo kelin bo‘lib kuyov uyiga — xojasining uyiga ketadigan kun onasi Umoma tomonidan unga shunday nasihat berilgan: «Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozimdir. 0 ‘git hammaga zarurdir. Nasihat — bilmaganga o ‘rgatadi, bilganni esga soladi». Nasihat tinglab yurganlar dunyoda m as’ud va baxtiyor bo£lurlar. Sevikli qizim! Agar bir qiz ona va otasining kam- bag'alligi uchun erga berilishi kerak bo‘lsaydi, sen hech zamon uzatilmagan bo‘lar eding. Chunki otang juda ba- davlat, katta shuhrat, maqom va e’tibor sohibidir. Sen shunday bir odam qizisan!..» Lekin hayot boshqachadir. Alloh bizlami yaratgan va biz uchun hayot qonunlarini bergan. Har bir yoshdagi inson Alloh bergan qonunga ko‘ra hayotga qadam qo'yadigan vaqti kelganda har bir qiz bir xojaga, har bir xoja bir ayolga muhtoj bo‘ladi. Erkaklar xotinlar uchun, xotinlar esa erkaklar uchun yaratilgandir. Ya’ni bir xotin bir erkak bilan, bir erkak esa bir xotin bilan do‘st, mah- bub va mahbuba bo£lib oila qurmoqlikka muhtoj shakl- da yaratilgandir. Shu sababli sen, qizim, tug£ilib o £sgan va voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab yurgan yeringdan chiqib, o£zing bilmaydigan bir uyga borasan. Shunga qadar o£zing yaxshi bilmagan inson uyiga, o£z uying bo£ladigan uyga borasan. Ey, mening jigarporam, suyukli qizim, ko£zimning nuri, bolajonim! Senga shularni aytaman. Sen ul zotga (eringga) shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo£lsin! Sen unga yer bo£lki, u senga osmon bo£lsin! Sen xojang — eringga bir uy bo£l, ul senga ustun bo£lsin! Sevikli qizim! Endi sen meni diqqat bilan tingla! Senga b a’zi bir m e’zonlarni aytib o £taman. Ularga 115 yaxshi e ’tibor bergin. Ular hech qachon yodingdan ko'tarilmasin. Ulardan vaqti kelganda foydalanasan. Bu aytganlarimga amal qilsang, ering bilan go‘zal hayot kechirasizlar, m a’sud, baxtiyor va saodatli tur mush qurasizlar. Bizlar ham (har ikki oila — bizning ham, eringning oilasi ham) huzur-halovatda, baxtiyor bo‘lamiz. Aks holda (ya’ni aytganlarimga amal qil- masang), ikkala oilada ham huzur-halovat bo'lmaydi. Sen o‘zing bir jahannamda yashaydigan bo‘lasan. Qizim! Endi senga aytadigan 10 o'gitimga quloq sol! Bulami doimo yodingda tut: 1. Qanoat sohibasi bo‘l. 0 ‘z holingga shukr qil. Ya’ni ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadi- gan narsa bo'lsin xushfe’llik bilan, go‘zal odob bilan qab- ul qilib ol! Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko‘rsat. Zero baxtli hayot kechirmoqning yo‘li o‘z holiga shukr et- moqlikdir. Holiga shukr etmagan, o ‘z nafsini tiymagan kishida ko‘ngil huzuri, qalb rohati bo'lmaydi! 2. Eringga itoat qil, qil degan ishini qil, qilma degani- ni qilma! Ya’ni ering bilan suhbatlashganda, muloqotda bo‘lganda, itoatli bo'lishingni, uning so‘zlarini odob bilan tinglab, ado etishingni sening so'zlashib, quloq solishing- dan tushunib oladigan bo'lsin. Shunda Alloh Taolo sen- dan xushnud va uyingiz saodat nuridan porloq bo'ladi. 3. Eringning ko'zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber! Ya’ni uying ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut. Shunday qilki, xojangning ko'ziga bir chirkin yer ko'rinmasin. 4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xush bo'yni sezsin, dimog'iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko‘z o'ngida sening obro'yingni tushuradi. Sendan irganishiga sabab bo'ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zaiflik eng yaxshi narsalardir, inson ko'ziga xush ko'rinish shular bilandir. 5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqti ni hech qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanish- ga o'rgangan bo'lsa, o'sha paytga ovqatni tayyorlagin. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilgilki, ochlik insonning tez jahlini keltiradi. 6. Uyqu vaqtini, uyg'onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni uning qachon uyquga yotish payti bo'lsa, o'rnini tayyorlab qo'y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. И6 Asablari buzuq, xafaqon odamlaming ehtirosi, muhab- batini sekin-sekin so‘ndiradi. 7. Xojangning moli va ashyosiga juda e’tiborli bo‘l! Ya’ni xojangning mol-dunyosi senikidir. Eming mol- dunyosini isrof etmaslik, ish bilish va qadriga yetish de- makdir. 8. Eringning qarindoshi va yaqinlariga hurm at ko‘rsat! Ya’ni xojangning qarindoshlari va yaqinlariga hurmat — xojangning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni hurmat qilish, xojani hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e ’tibor qozonmoqdir. 9. Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya’ni eringning ba’zi sirlarini bilgan vaqtingda, ehtiyot b o lib , uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo‘ysang, ishonchini yo‘qotasan. Bunda tuzayotgan oilangiz buziladi. 10. Eringning dinga to ‘g‘ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Ya’ni xojangning dinga uyg‘un bo’lgan buyruqlarini bajarishda tanbal bolm a. Hech qa- chon unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo‘lmasin. Agar shunday bir harakat bo‘lsa, senga kin saqlab, oxiri dushman bo‘ladi. U senga dushmanlik yo‘lini tutsa, Sen zarar ko‘rasan va qo‘lingdan hech narsa kelmaydi. Shuni yaxshi bilib olginki, xojang xafa bo'lganda, sen nash’ali, xursand bo’lishdan, u xursand bo ‘lganda, sen xafa ko‘rinishdan juda ehtiyot bo'lgin. Chunki uning xafa bo‘lganida sening xursand ko‘rinishing, uning quvonchli bo‘lgan vaqtlarida, sening g’amgin bo‘lishing, unga ham- dard boMmaslik kabi bir qusurni o‘rtaga tushiradi. Bu esa fahmsiz va tarbiyasi yomon odamlarga munosib ishdir. Bu sen kabi yuksak bir tarbiya ko‘rgan, aqlli va oqila xotinlarga munosib emas. Bolajonim! Eringga qanchalik ko‘p sevgi va hurmat ko‘rsatsang, o ‘zing shunchalik muhabbat va hurmatga erishasan. Aytganlarini qanday bajarsang, so’zlarini tinglasang shu darajada muhabbat va hurmatga sazovor bo’lasan. Farzandim! Shuni yaxshi bilgilki, bu o ‘gitlarimni o ‘miga qo‘yib bajarib, keragichalik amal qilib, o ‘zing- ning shaxsiy istak va orzularingga erishishing uchun, ering ham o ‘z istaklariga erishish kerakdir. Ering-xo- jangning istaklarini o ‘zingning orzu-istaklaring, deb bil- sang, u holda, bu o'gitlarimga amal qilgan bo'lasan!» 117 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling