Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Kontratseptiv vositalardan foydalanishda
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
Kontratseptiv vositalardan foydalanishda
erkaklarning o‘rni Oilaviy hayotda kontratseptiv vositalardan foydala- nish, ya’ni oilada nechta farzand bolishi va ular qa- chon dunyoga kelishi kabi muammo erkak kishilar xayolida muhim o‘rin egallamasada, ularning bu masalaga munosabati 0 ‘zbekistondagi maxalliy xalqlar va avvalambor o‘zbek oilasida muhim rol uynaydi. Xo‘sh, o‘zbek oilalarida kontratseptiv vositalardan foydalanish masalalarini maqsadga muvofiq xal etishda erkaklarning roli nimalarda ko‘rinadi? Bu masalaning dolzarbligi nimada? 1. 0 ‘zbek oilasida erkak mavqei ayol mavqeiga nis- batan yuqori bo‘lgani sababli ko‘p hollarda oiladagi farzandlar sonini erkak kishi belgilaydi. 2. Oilada er-xotin munosabatlarida, ayniqsa, jinsiy masalalarda endi turmushga chiqqan qiz bola uchun erkak birinchi va aksariyat xolda yagona «ustoz» hisoblanadi. 3. Erkaklarning muayyan guruhi paydo boigan homila ayol salomatligiga salbiy ta’sir etishini bilmaydi- lar, ayrim hollarda homilaning o‘zi nosog‘lom bolgan- da ham uni bartaraf etishga ruxsat bermaydilar. 4. Erkaklarning ko‘pchilik qismi oilani rejalashtirish maqsadida kontratseptiv vositalardan deyarli foydalan- maydilar va buni faqat xotinlari zimmasidagi vazifa deb biladilar. 5. Erkaklarning bu masalalarda bilimsizligi ayollar- ning tug‘ish uchun optimal (20—35 yosh) davr doirasi- dan chetga chiqishiga va yosh onalar o‘lim darajasining muayyan miqdorda saqlanishiga, 40 yoshdan so‘ng ayollar ko‘pincha majruh, zaif bolalar tug‘ishlariga sababchi bo‘lmoqdalar. Tadqiqotlarning tasdiqlashicha, o‘lim xavfi 15—19 yoshli ayollarda 20—35 yoshda tug‘ayotgan ayollarga nisbatan 4—5 barobar ortiq bo‘ladi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, shu jumladan 0 ‘zbekistonda ham yoshlarda erta balog‘at yoshiga yetishi, jinsiy faollikning o'sishi jarayoni kuzatilmoqda. Bu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish saviyasi bilan bog‘liqdir. Ammo jinsiy faollikning oshishi bilan jinsiy 187 savodxonlikning ortda qolishi orasidagi tafovut kontrat- septiv vositalardan foydalanish masalasining dolzarbligini kun tartibiga yanada jiddiyroq qo‘ymoqda. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling