Psixologiyasi
Birinchi sinf o‘quvchilarining tafakquri
Download 1.27 Mb.
|
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev
4.5. Birinchi sinf o‘quvchilarining tafakquri
Birinchi sinf o‘quvchilarining tafakkuri quyidaglcha rivoj-lantirilsa, so‘zsiz samarali natijalar berishi mumkin. Uquvchining «Bu nima?», «Nega bunday?» degan savollariga o‘zi javob berishiga o‘rgatish kerak. Bu o‘rinda asosiy vazifa unga to‘g‘ri ko‘rsatma berish, uni mantiqiy xatolardan qugqarish, .o‘g‘ri mulohaza 157 yuritishga qo‘maklashishdan iboratdir. Masalan: «5» raqami qanday bo‘laklardan tuzilgan? Bir juft so‘zdan tuzish mumkinmi? 3 va 2 sonini yaxlitlab ko‘r-chi? To‘rt tayoqchadan to‘rtburchak yasa-chi? Mevaning xususiyatini so‘zlab ber-chi? Yirtqich hayvonlar qanaqa bo‘ladi? Eshitgan cho‘pchagingdagi qahramonlarni sanab ber-chi? Taqqoslash yordami bilan narsalardagi o‘xshash va farqli tomonlar aniqlanadi. Taqqoslash kishi bilish faoliyatining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bu jarayon orqali beshning uchdan kattaligi, sopolning chinnidan mo‘rtligi fikran solishtiriladi. Natijada o‘quvchi o‘xshash va tafovutli belgilarni anglab boradi va ular yuzasidan ma’lum xulosaga keladi, unga nimani nima bilan taqqoslash kerakligini o‘rgatish lozim, xolos. Aks xolda, u qanday yo‘l tutishni bilmasdan dovdirab qolishi mumkin. Mavhumlashtirish yaqqol narsalardan muhim tomonini fikran ajratib olish demaqdir. Jumladan, o‘quvchi oq ko‘ylak to‘g‘risida so‘z yuritgan bo‘lsa, taklifimizga binoan, u qor, oq ro‘mol, ohak, oqlangan imorat haqida mulohaza yuritadi. Keyinchalik esa, butunlay «oq» degan tushunchani o‘ylashi mumkin. Avval o‘qish kitobi, matematika, mehnat, o‘zbek tili, tabiatshunoslik tushunchalarini talaffuz qilib o‘rgangan bo‘lsa, asta-sekin ularni bir tushuncha bilan «kitob» deb mavhumlashtiradi. Dunyodagi narsa va hodisalarni, jism va predmetlarni konkretlashtirish, yaqqollashtirish jarayoni mavhumlashtirish bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. Yaqqol narsalar o‘quvchi uchun juda yengil fikr yuritishda ustun turadi. O‘quvchi hamma vaqt yaqqol narsa bilan mashg‘ul bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Masalan, katta, uchburchak, hajm, go‘zal, harakat, elektr, parallel (yondosh) kabi mavhum tushunchalarni ular darrov tushunib ololmaydilar. Ularni yaqqollashtirgan taqdirdagina anglay boradilar. Katta ko‘cha, uchburchak taxtacha, besh litr sut, go‘zal o‘yinchoq, parallel temir yo‘l izlari va hokazolar to‘g‘risida ma’lumot berilgandan keyingina o‘quvchilar yuqoridagi tushunchalar haqida taassurotga ega bo‘ladilar. Ammo har qanday narsalarni ham yaqqollashtirish mumkin emas, chunki bu narsa odat tusiga kirib borishi, ularda mavhum tushunchalar shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ta’lim jarayonida bunday noxush odatdan iloji boricha saqlanish shart. Umumlashtirish usuli o‘quvchi fikr yuritishining shunday jarayonidirki, uning yordamida narsalar ma’lum aniq alomat asosida 158 fikran birlashtiriladi. «Meva» orqali olma, shaftoli olcha kabilar to‘g‘risida fikr yuritilsa, koshiq, cho‘mich, tovoq so‘zlarini jamlab «idish-tovoq» deb nomlanadi. Narsa va hodisalarni noto‘g‘ri umumlashtirish ham mumkin. Jumladan, «uy hayvonlari» to‘g‘risida gap ketsa, birinchi sinf o‘quvchilari qo‘y, echki, sigir kabilar qatoriga sichqon, kalamush, mushuklarni ham qo‘shib aytadilar. Shunday paytlarda o‘quvchiga aniq va to‘la tushuncha berib o‘tmoq maqsadga molik. Deylik, stol ustida traktor, raketa, samolyot o‘yinchoqlari turibdi. U bu o‘yinchoklarni taqqoslash orqali yakka narsalarni umumlashtirib, «o‘yinchoklar» deyilishini anglaydi. Kitob, daftar, qalam — o‘quv qurollari; qo‘g‘irchoq, avtomobil, belkurakcha — o‘yinchoklar; shkaf, javon; stol, stul — uy jihozlari; uchburchak, to‘rtburchak aylana — geometrik shakllar; ayiq, bo‘ri, tulki, yo‘lbars, arslon — yovvoyi hayvonlar; qarg‘a, chumchuq, musicha — qushlar; buvi, opa, oyi, uka, aka, singil — oila a’zolari kabi so‘zlar, tushunchalar orqali guruhlarga ajratish bola aqliy fao-liyatini rivojlantirishda salmoqli turtki bo‘la oladi. Shuning uchun ularni tasniflashga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinf ta’limi jarayonida ayrim paytlarda hissiy-yaqqol yoki amaliy umumlashtirish usulini qo‘llash hollari uchrab turadi. Bu hol, albatta, togaxshriqtalabiga binoan amalga oshiriladi. Narsa va hodisalarni klassifikasiya qilish (tasniflash) lozim bo‘lib qolsa, ko‘pincha shu usuldan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki bunday choglarda chuqur tahlil qilish, ulardan muhim belgilarni (alomatlarni) ajratish kabi murakkab jarayonlar talab qilinmaydi. Politexnik ta’lim darslarida mana shu xildagi qator vazifalarni berish mumkin. Jumladan, turli hajmda yasalgan va turli rangda bo‘yalgan jismlardan bayram bezaklarini tayyorlash yoki boshqa narsalardan yashil o‘simliklar, yumshoq metallar, bezakli-akvarium baliqlar, odamsimon maymunlar, qushlar, «yig‘loqi» bolalar va hokazolarni tayyorlash mumkin. Misollardan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar predmet va tushuncha-larni muhim bo‘lmagan belgisiga asoslangan holda umumlashtirishni nazardatutadilar. Ular hissiy-yaqqol umumlashtirish usuli yordamida vazifani bajarishga muvaffaq bo‘lganlar. Bolalar ularni «qizil», «yaltiroq», «yumshoq», «bezakli», «odamsimon» kabi belgilarga ajratib klassifikasiya qiladilar. 159 Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling