Psixologiyasi
O‘quvchilarning anatomik-fiziologik xususiyatlari
Download 1.27 Mb.
|
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Ta’lim va shaxs
4.2. O‘quvchilarning anatomik-fiziologik xususiyatlari
Makgabda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog‘ligi va qolaversa nuqsonlarini hisobga olish o‘qishning muvaffaqiyat garovidir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi biologik jihatdan nisbatan bir tekis taraqqiy etadi, uning bo‘yi va og‘irligi, o‘pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi. Biroq o‘quvchining suyak tizimi (ko‘krak qafasi, tos, qo‘l suyaklari), umurtqa pog‘onasida hali tog‘aysimon to‘qimalar uchraydi, bu esa mazkur tizimning yetarli darajada 140 takomillashib bo‘lmaganligidan darak beradi. Yurak muskullari ularda tez o‘sadi, qon tomirlarining diametri sal kattaroq bo‘ladi, miyaning og‘irligi boshlang‘ich sinflarda 1250-1400 fammni tashkil etadi. Miya ggo‘stining analitik-sintetik faoliyati takomillashadi, ko‘zg‘alish bilan tormozlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat (muvozanat) o‘zgaradi, lekin qo‘zg‘alish nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi, shuning uchun o‘quvchining to‘g‘ri o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilish, toliqishning oldini olish zarur, o‘qish va dam olish rejimiga qat’iy rioya qilish ma’qul. 4.3. Ta’lim va shaxs Maktab ta’limi bolaning turmush tarzi, tartibi, ijtimoiy holati, sinf jamoasi, oila muhitidagi ahvolini o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat bo‘lib qoladi. Yangi bilim, ko‘nikma, malakalar egallashdan tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi qonuniyatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Ta’lim o‘quvchidan muayyan darajadagi uyushqoqlikni, intizomlikni, irodaviy zo‘r berishlikni, faollikni, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakatlar o‘rnini anglashilgan rejali, maqsadga muvofiq aqliy mehnat egallay boradi. O‘quvchi tengdoshlari bilan birgaliqda muayyan bir sinf jamoasiga birlashtiriladi. Modomiki shunday ekan, sinf jamoasi va uning a’zolari bola oldiga ko‘pchilik manfaatini himoya qilish, shaxsiy istaklarini umumjamoa intilishlariga bo‘ysundirish, o‘zaro yordam, o‘zaro hurmat, o‘zaro talabchanlik, ijtimoiy javobgarlik va burch hislarini egallash vazifasini qo‘yadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablar tobora ortib, murakkablashib boraveradi. Maktab ta’limining dastlabki kunidan boshlaboq kichik maktab yoshidagi bolaning taraqqiyotini harakatga keltiruvchi, kuch ьazifasini o‘tuvchi turli xususiyatga ega bo‘lgan ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, ichki ixtilof kabilar vujudga keladi. Ushbu holat va vaziyat zamirida o‘quvchi shaxsiga, uning bilish jarayonlariga nisbatan o‘quv faoliyati, o‘qituvchilar va sinf jamoasi tomonidan Qo‘yilayotgan talablar bilan bolaning psixik kamolot darajasi va undagi mavjud insoniy fazilatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik yotadi. Talabning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiv o‘sishini taqozo etadi va bu narsa boshi berk zanjirnnng uzluksiz harakati natijasida inson taraqqiyotida amalga oshadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri — bu undagi o‘ziga xos ehtiyojning mavjudligidir. Mazkur ehtiyoj o‘z mohiyati bilan muayyan tartibdagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zlash-tirishga qaratilgan bo‘lmasdan, balki faqat o‘quvchi bo‘lish is-tagining aynan o‘zidan iboratdir. Bu ehtiyoj zamirida o‘qishning tashqi alomatlari (atributlari), chunonchi, forma kiyish xohishi, o‘z shaxsiy portfeliga, dars tayyorlash burchagiga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuyg‘usi kabilar yotadi, xolos. Bundan tashqari, bilimlar kunidagi (I sentyabrdagi) shodiyona ayyom, o‘quvchilar safiga qabul qilishlik lavhasi, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilarning ularga bildirgan samimiy tilaklari, yuqori sinf o‘quvchilarining tabriklari birinchi sinf sub’yektlari his-tuyg‘usiga ilkta’sir etadi. Sinf a’zolari bilan qatorlashib, saf tortib yurishlar, yoppasiga o‘yin faoliyatida qatnashish va oshxonaga birga borish, o‘qituvchining (qabul qilib olgan) o‘gitlari ham ularni o‘ziga rom qiladi. Lekin kichik maktab yoshidagilar o‘qishning tub mohiyagini va vazifasini tushunib yetmaydilar, shunint uchun umumiy tarzda hamma maktabga borishi kerak, debtasavvur etadilar. Vaholanki, o‘quvchi o‘qish ijtimoiy zaruriyat ekanligini anglab yetmasligi barchaga ayondir, biroq kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda tirishqoqlik bilan mashg‘ulotlarga kirishib ketishlik real voqelikdir. Darslar boshlanib ketgandan keyin oradan ma’lum muddat o‘tgach, shodiyona lahzalar taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi, ichki belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi va o‘qishning kundalik aqliy mehnat ekanligini (irodaviy zo‘r berish, yoqtirmagan narsasi bilan shug‘ullanish, diqqatni taqsimlash, o‘z xulqini idora qilish zaruriyatini) o‘quvchi anglab yetadi. Agar o‘quvchi shunga o‘xshash aqliy mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, u holda o‘qishdan ko‘ngli soviydi, umidsizlanish tuyg‘usi, hissi vujudga keladi. Shuning uchun o‘qituvchi bunday holning oldini olish maqsadida bola bilan ta’limning o‘yin faoliyatidan farqi, qiziqarliligi yuzasidan ma’lumot berishi va shu faoliyatga uni puxtaroq, jiddiyroq tayyorlashi maqsadga muvofiq. Bu bilan o‘qituvchi borliqni bilishga nisbatan jiddiy munosabatning ularda ehtiyoj sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. (42 PsixologL.S.Slavina tadqiqotiga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda bilish faoliyati yetarli darajada shakllanib bo‘lmagan, aqliy jihatdan nomustaqil o‘quvchilar mavjuddir. Olimaning fikricha, o‘qish va o‘yin faoliyatlarida ularni fikr va mulohaza yuritishga o‘rgata borish natijasida muvaqqat turg‘unlikning oldini olish mumkin. Birinchi sinf o‘quvchisida o‘qish faoliyatining dastlabki natijalari uning boshqa materillarni egallash sari yetaklaydi. Uning o‘qish faoliyatidagi birinchi mehnat faoliyati mahsuli shodlik, quvonch va amaliy (lazzatlanish) his-tuyg‘usini keltirib chiqaradi. Hatto ayrim o‘quvchilar u yoki bu ob’yektni, mavzuni bir necha marotaba o‘qishni ham yoqtiradilar. O‘qish faoliyatiga nisbatan qiziqish, moyillik keyinchalik predmetning mazmuniga qiziqishni vujudga keltirib qolmay, balki bilim olish ehtiyojini ham tug‘diradi, qolaversa unda o‘qish motivlarini tarkib toptiradi. Ta’lim mazmuniga, bilimni egallashga qiziqish o‘quvchining o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy aloqadordir. Ushbu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi orqali namoyon bo‘ladi, o‘quvchida yanada samaraliroq ishlash mayli, xohishi, istagi, ishtiyoqi shakllanadi. O‘quvchida paydo bo‘layotgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonch hislari bilimlarni o‘zlashtirish va malakalarni mustahkamlash ishiga xizmat qiladi. Shuning uchun rag‘batlantirish (jazolash) o‘z me’yorida bo‘lgan taqdirdagina uning tarbiyaviy qiymati hamda ta’sirchanligi ortadi. Kichik maktab yeshidagi o‘quvchilar faoliyatini baholash uning o‘qishga nisbatan ijobiy munosabatini tarkib toptiradi. Maktab amaliyotida qo‘pincha bolani og‘zaki baholash odat tusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o‘quvchisi ana shu baho taassurotida o‘z faoliyatini faollashtiradi. Ijodiy izlanishga harakat qiladi. Hatto, o‘quvchi dastlabki davrda «yaxshi» yoki «yomon» bahoning farqiga ham bormaydi, ko‘proq uni nechta baho olganligi qiziqtiradi, xolos. Bu yoshda bola bahoning mohiyatini tushunib yetmasa-da, lekin o‘qituvchining rag‘batlantirishi uning uchun muhim rol o‘ynaydi. Yirik pedagog va psixolog olimlar B.A.Suxomlinskiy, Sh.A.Amonashvili va ularning shogirdlari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib kelishi nuqtai nazarini yoqlaganlar. Ma’lumki, faqat baho uchun o‘qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishga olib keladi. Lekin bilimni tekshirishni boshqa usul va vositalarini qo‘llash (masalan: reyting, 141 shkala, ballar) hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki baholashning bola kamoloti uchun ahamiyatini qatiy ravishda inkor qilish ham oqilona vosita emas, modomiki shunday ekan, baholashdan maslahat, yo‘llanma, tavsiya, ko‘rsatma sifatida foydalanish ijobiy omil vazifasini bajara oladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan yana bittasi ~ bu o‘qituvchi shaxsiga nisbatan ishonch hissi va yuksak obro‘ tuyg‘usining mavjudligi. Shuning uchun o‘qituvchi bolaga tarbiyaviy, ta’limiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati shunday kattaki, uning siymosida aql idrokli, tiyrak, sezgir, mehribon, hatto, donishmand inson gavdalanadi. O‘qituvchi siymosida o‘quvchilar ezgu niyati, orzu istagi, istiqboli, ajoyib va g‘aroyib his-tuyg‘ularini ro‘yobga chiqaruvchi kamolot cho‘qqisidagi shaxsni tasavvur qiladilar. O‘qituvchiningobro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh-urug‘lari, tanish bilishlarining nufuzi keskin pasayadi. Go‘yoki, borliqning absolyutligi, haqiqat o‘lchamining namunasi, zakovatning yuksak cho‘qqisi, odob nazokatining avval boshi o‘qituvchida o‘z ifodasini topgandir. Ana shu sababdan ular o‘qituvchi xulqini muhokama qilishga yo‘l qo‘ymaydilar, uning har bir so‘zini qonun tariqasida qabul qiladilar va bu yo‘lda o‘zlarini haq deb hisoblaydilar. O‘quvchining psixik jihatdan taraqqiy qilishi oqibatida o‘qituvchining mutlaqligiga munosabati biroz o‘zgaradi, buning asosiy sababi unda ongli xatti-harakat ehtiyojining tug‘ilishi hisoblanadi. O‘quvchida turmush va borliqqa nisbatan bir talay muammolar, savollar vujudga keladi, hamma narsa hayotda u o‘ylaganday emasligiga ishonch hosil qiladi va undan qanoatlanadi, shubhalanish, ikkilanish hislari paydo bo‘ladi. Bu muammolarga o‘zi mustaqil javob topishga intiladi, natijada savol bilan boshqa odamlarga murojaat qilishga qaror qiladi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi obro‘sidan oqilona foydalanib, o‘quvchida uyushqoqlik, mehnatsevarlik, o‘qishga nisbatan ijobiy munosabat, diqqatni boshqarish, xulqni idora qilish, o‘z-o‘zini qo‘lga olish, o‘z-o‘ziga tasalli berish fazilatlarini shakllantirish va intilish, faollik tuyg‘ularini vujudga keltirish ta’lim jarayonvda yuqori samara beradi. Pedagogik odob (takt) nazorat nuqgai nazaridan o‘qituvchi obro‘sini o‘quvchilar davrasida to‘kish yoki shaxsiyatigategish, mazax qilish mutlaqo mumkin emas. Odatda o‘quvchilar o‘rtasida obro‘ orttirish uchun bir nechta tarkibiy qismlarini yaxlit bir timsol sifatida mujas- 144 samlashtirish maqsadga muvofiqdir: a) o‘qituvchida kasbiy qo-biliyatlarning mavjudliga; b) uning dilkashliga va boshqa xislat-larga ega bo‘lishligi; v) o‘quv predmetlarining chuqur egallaganligi; g) o‘qituvchi bilim saviyasining chuqurligi va ko‘lamining kengliga; d) o‘qituvchining vijdonliligi, adolatgo‘ylik fazilatlari, uning maqomi va rolining maqsadga muvofiqravishda turmush jabhalarida namoyon bo‘lishi, obro‘sini yanada yuksaltiradi. Chunki soxta obro‘ orttirish sun’iylikni keltirib chiqaradi. Bunga ta’lim jarayonida yo‘l qo‘yish qator nuqsonlarni yuzaga keltiradi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling