Psixologiyasi
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar tafakkuri
Download 1.27 Mb.
|
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev
4.7. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar tafakkuri
Psixologiya fanida o‘quvchi tafakkurining faollashuvi bilan bog‘liqbo‘lgan «uquvchanlik» darajasi hamma o‘quvchilarda bir xilda rivojlanmagan bo‘lishi ko‘rsatilgan. Uquvchanlik kishining intel-lektual xususiyatlari yigandisidan iborat bo‘lib, unga barcha teng sharoitlarda materialning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishida muayyan rol o‘ynaydigan fikrlash faoliyati xususiyatlarining faollashuvi demakdir. Mana shunga binoan uquvchanlik darajasi yuqori hisob-langan o‘quvchilar zaruriy bilimlarni mustaqil ravishda tez va chuqur egallab olish imkoniyatiga egadirlar. Albatta, bunday o‘quvchi-larningo‘qishga munosabatlari har xil bo‘lishi mumkin. Agar o‘qishga ijobiy munosabatda bo‘lsalar, bu holat ularning diqqatida, qiziqish xususiyatlarida, xis-tuyg‘usida va o‘zlashtirish jarayonidaga irodaviy zo‘r berishlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ukuvchanlik darajasi past bo‘lgan o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirishga xohishlari kuchli, o‘qishga munosabatlari esa aksariyat hollarda samarali uslublarni egallamaganliklaridandir. Ular ko‘p jihatdan hali xotira shaklidagi o‘quv faoliyati usullari yordamida bilimlarni egallashga intiladilar. Mustaqil fikrlashlarga nisbatan qo‘yiladigan talablarning tobora ortib borishiga qaramasdan, ular ta’lim jarayonida juda sust bo‘ladilar. Ular, o‘qituvchi hamisha o‘quv materialini to‘la tushuntirib beradi, degan qabilida faoliyatda hotirjam qatnashadilar. Uquvchanlik darajasi past bo‘lgan o‘quvchilar o‘zlarining asosiy vazifalari o‘quv qo‘llanmalarida berilgan va o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladigan axborotlar yoki ma’lumotlarni esda olib qolish, o‘tilgan mavzular bo‘yicha mashq qilish, takrorlashdan iborat deb tushunadilar. Lekin ba’zi o‘quvchilarga xos bo‘lgan bunday xususiyatlar ular uchun doimiy o‘zgarmas sifat emas, balki u ta’lim jarayonida tegishli mashqlar 165 bilan shug‘ullanish yordamida o‘zgaradi. Uquvchanlik darajasi yuqori, yuksak bo‘lgan o‘quvchilar o‘quv materiallarini to‘g‘ri umumlashtirish, taxdil qilish va yaxlitlash (sintez) faoliyatini tez va to‘g‘ri bajarilishi bilan boshqa toifaga kirgan tengdoshlaridan farq qiladilar. Uquvchanlik darajasi va ko‘rsatkichi past bo‘lgan o‘quvchilarda umumlashtirish, analiz va sintez faoliyati juda zaif rivojlangan bo‘ladi. Bu toifaga mansub o‘quvchilar asosan bo‘sh o‘zlashtiruvchilar hisoblanadilar. Ular bilan individual ishlashni tashkil qilishda murakkab ilmiy va mavhum (abstrakt) tushunchalarni keng miqyosda ko‘rsatmalilik yoki tasviriylik asosida tushuntirib borish, majbur qilmasdan (ta’sir o‘tkazmasdan, tazyiqsiz), qiziqarli mashqlar uyushtirish, bilish motivi va ehtiyojlarini muayyan darajada qondirish uchun intilish tuyg‘usini vujudga keltirish maqsadga muvofiqdir. Xullas, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga ko‘rsatiladigan yordamlar darajasini tobora kamaytirib borish, keyinroq o‘quv materiallarini sekin-asta oshira borish rejalashtirilgan bo‘lishi shart. N.A.Menchinskaya, Yu.K.Babanskiy va boshqa olimlar ilmiy tekshirish ishlarining ko‘rsatishicha, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarni keltirib chiqaruvchi sabablar quyidagilardan iboratdir. Pedagogik kamchiliklar: o‘quv faoliyatining past darajada olib borilishi, o‘z faoliyatidagi mahsuldorlikning yo‘qligi, darslarning ko‘p qoldirilganligi — davomatning pastligi; ta’limda individual munosabatning joriy etilmaganligi, ota-onalar va oila a’zolari tomonidan o‘quvchilarning nazoratdan chetda qoldiril-ganligi va g‘amxo‘rlik qilishning zaifligi kabilar. Psixologik kamchiliklar: o‘quv faoliyati motivlariningtarkib topmaganligi va xulqbeqarorligi, intizomning yo‘qligi, ta’limda emosional va irodaviy zo‘r berishlikning rivojlanmaganligi, o‘quvchining bilim tizimida ko‘plab uzilishlarning mavjudligi, bilim olish uchun zarur o‘quv ko‘nikmalari va malakalarining shakllanmaganliga; o‘quvchining bilish qobiliyati, aqliy imkoniyati darajasining pastligi va boshqalar. Neyrofiziologik kamchiliklar: o‘quvchi organizmida umumiy susayishning kuchayganligi, ko‘rish, eshitish, artikulyasiya, nutq apparatining buzilganligi, bosh miya yarim sharlari po‘stloganing biron qismida yuz beradigan barqaror yoki muvaqqat tormozlanish hodisasining yuzaga kelganligi va hokazo. 166 Taniqli psixolog N.A.Menchinskaya bo‘sh o‘zlashtiruvchi va barqaror o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar toifasi (tipi) to‘g‘risida fikr yuritadi. Uning fikricha, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar tipining vujudga kelishi ularning bo‘sh o‘zlashtirishlariga hamda kompleks shaxs xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘quv faoliyati motivlari, intellektual qobiliyatlarining rivojlanmaganligi, o‘quv faoliyati uchun zarur hisoblangan ko‘nikma va malakalarining yetarli darajada hosil bo‘lmaganligi shunday xususiyatlar qatoriga kiradi. Bular bir-birlari bilan yaqindan aloqada bo‘lishiga qaramasdan, haqiqatdan ham ularning biri bo‘sh o‘zlashtirishning sababchisi rolini o‘ynashi mumkin. Psixolog N.I.Murachkovskiyninganiqlashicha, shaxsningikki xil toifali xususiyatlari o‘zlashtirmovchilikning kelib chiqishiga ta’sir etadi: birinchidan, o‘quvchining fikr yuritish faoliyati xususiyatlari, ikkinchidan, o‘quvchi shaxsining yo‘nalishida namoyon bo‘ladigan o‘qishga munosabatlar «o‘quvchining ichki mavqei» hisoblanadi. O‘quvchi shaxsining bu ikki tomonini ko‘rsatuvchi xususiyatlar bilan bog‘liq ravishda bo‘sh o‘zlashtiradigan bolalarning muayyan tiplari paydo bo‘ladi, hozircha ularning quyidagi tiplari mavjud: birinchi toifa — o‘qishga munosabatlari ijobiy, lekin uquvchanligi past bo‘lgan o‘quvchilar; ikkinchi toifa — o‘qishga munosabatlari salbiy, ammo uquvchanlik imkoniyatlari yuqori bo‘lgan o‘quvchilar; uchinchi toifa — o‘qishga munosabatlari salbiy hamda uquvchanlik imkoniyatlari past bo‘lgan kontingentlar. Har uchala toifaga aloqador bo‘lgan bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash ancha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Tabiiyki, agar bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi shaxsi faqat bir tomonlama' (uquvchanlik yoki o‘qishga ijobiy munosabat) ijobiy ko‘rinishida bo‘lganida edi, unda bo‘sh o‘zlashtirishning oldini olish nisbatan oson bo‘lar edi. Bordi-yu, uquvchanlik imkoniyati past, lekin o‘quv motivlari ijobiy bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashga to‘g‘ri kelganda, asosiy diqqat-e’tiborni ularning aqliy faoliyatini shakllan-tirishga qaratish maqsadga muvofiq. O‘zlashtirishlari past bo‘lgan ikkinchi toifadagi o‘quvchilarga nisbatan boshqacha yondashish talab etiladi. Eng muhimi ularga interfaol ta’sir ko‘rsatish, o‘quv faoliyati motivlarini o‘zgartirish ijobiy natijalar beradi. Bu toifadagi o‘quvchilarning maktabdan tashqari amaliy va mustaqil faoliyatlaridan, ayniqsa, ijodiy ishlarga bo‘lgan qiziqishlaridan (rasm solish, musiqa asboblarini 167 chalish, modellashtirish) va shaxsning boshqa ijobiy sifatlariga asoslangan o‘qituvchilik faoliyati vazifalaridan foydalangan holda ish yuritish odatda ijobiy natija berishi kuzatiladi. Uchinchi toifadagi o‘quvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlar juda sekin va qiyinchiliklar bilan ta’sir etadi. Bu o‘quvchilar uquvchanlik imkoniyatlarining pasayib ketishi ularga salbiy munosabatda bo‘lishlari, pedagogik ta’sirdan chetda qolganlikari sababli kelib chiqadi. Uzoq vaqt asosiy fanlardan bo‘sh o‘zlashtirib kelgan va aqliy faoliyatdan bosh tortishga harakat qilishgan o‘quvchilarda aqliy rivojlanishning moʻtadil borishi buzilgan, shu sababli ularda salbiy axloqiy sifatlar yoki illatlar yuzaga kela boshlagani ayon bo‘ladi. Shunga qaramasdan, bu toifaga aloqador o‘quvchilarning har birida ma’lum darajada ijobiy sifatlar uchraydi. O‘qituvchi ana shu yashirin ijobiy sifatlarga tayanib, shu asosda ish ko‘rganidagina ijobiy natijalarga erisha oladi. PsixologL.S.Slavinaningko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinflarda o‘z tengkurlariga nisbatan bilish faolligi yetarli darajada bo‘lgan, intellektual jihatdan normal rivojlanmagan bolalar mavjuddir. Lekin ular hali fikr qilishga, mulohaza yuritishga odatlanmagan bo‘ladilar. Faol fikr yuritish faoliyatidan qochishga intiladilar. O‘qituvchi bunday o‘quvchilarga alohida diqqat bilan qarashi, ularni fikrlashga odatlantirishi, o‘quv faoliyatida erishilgan yutuqlarini har tomonlama ma’qullashi, o‘quv topshiriqlarini bajarishni, o‘yin va amaliy faoliyat bilan bog‘lab olib borishga harakat qilishi kerak. Xullas, bo‘sh o‘zlashtirish yoki barqaror o‘zlashtirmaslikning kelib chiqishiga bir qator sabablar ta’sir etadi. Odatda, maktabga endigina qadam qo‘ygan bolalar orasida aqliy jihatdan o‘z imkoniyatlariga nisbatan past rivojlangan, borliq to‘g‘risida tasavvurlari cheklangan, nutqfaoliyati kam rivojlangan, hatto sodda bo‘lsa ham, o‘quv malakalari shakllanib ulgurmagan bolalar uchrab turadi. Bunday holat ota-onalar umumiy pedagogik hamda psixologik madaniyati darajasining pastligi, bolani kattalar bilan muomala qilish ehtiyojlarining o‘z vaqtida qondiril-maganligi bilan tavsiflanadi. Bo‘sh o‘zlashtirishning ikkinchi davri boshqacha tavsiflanadi. Chunonchi, ko‘pgina bolalar o‘qishga nisbatan qiziqishi o‘zgargan- 168 ligini o‘zlari sezmaydilar, murakkab aqliy faoliyat ularni toliqtiradi, natijada o‘qishga, predmetlarga munosabati o‘zgaradi, undan mutlaqo ko‘ngli soviydi. Maktabda o‘quvchilardan zo‘r uyushqoqlik, intizomlilik va irodaviylik talab etiladi. Mana shu talablarga javob bera olmagan ayrim o‘quvchilar bo‘sh o‘zlashtiradigan bo‘lib qoladilar. Shunday qilib, yuqorida aytib o‘tilganidek, yuqori darajada uquvchanlik muvaffaqiyatli o‘qitishning zaruriy shartlaridan hisoblansa ham, bola shaxsi xususiyatlarining boshqa tomonlari, avvalo javobgarlik va burch hislarining shakllanmaganliklarida, mehnatga muhabbat va mehnat qilishga odatlanishi rivojlanmay qolishi muvaffaqiyatli o‘qishni to‘la ta’minlay olmaydi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar tafakkuridagi ayrim zaif jihatlar rivojlantirishni taqozo qiladi, unga qaratilgan tadbirlardan biri -ta’limga nisbatan differensial yondashishni amalga oshirishdan iboratdir. Yu.K.Babanskiyning ko‘rsatishicha, ayrim o‘qituvchilar bo‘shroq o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga nisbatan o‘quv topshiriqlarining hajminigina differensiallashtiradilar (bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi kuchli o‘quvchiga nisbatan kamroq miqdorda topshiriq oladi), yana boshqa o‘qituvchi esa murakkab topshiriqlarni bajarishga to‘g‘ri kelganda ularni differensiyalashtiradi (bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi ancha sodda topshiriq oladi), yana boshqa bir o‘qituvchi topshiriqlarni bajarishda yordam berish xususiyati va darajasiga binoan differen-siyalashtiradi (bunday holatda kuchli o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar topshiriqlarni mustaqil bajaradilar) va nihoyat yana bir toifadagi o‘qituvchilar turli qulayliklardagi topshiriqlar variantini bajarishda differensial yondashishni amalga oshiradilar. Yu.K.Babanskiy bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga nisbatan bunday differensial yondashish turlarini ko‘rib chiqib, shunday xulosaga keladi: bularning har biri o‘quvchining imkoniyatlarini optimal ravishda, ayni vaqtda va kelgusi taraqqiyot uchun qo‘lla-niladigan bo‘lsa, to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. O‘quv topshiriqlarini shunday usullar yordamida rejalashtirib borish mutlaqo to‘g‘ridir. Faqat psixologlarning natijalariga asoslanib ish ko‘rishga harakat qilish kerak. Psixologik tekshirishlarda bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga nisbatan o‘quv topshiriqlarni kamaytirib borish faqat ularning aqliy jihatdan charchaganliklarini aniklaganlikda to‘g‘ri bo‘ladi, lekin Sh tabiiy ravishda buni doimiy qoidalar tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar o‘quv topshiriqlarini mustaqil va muvaffaqiyatli bajara olishlariga ishonch hosil qilganlaridagina ularga shunday topshiriqlarni berish maqsadga muvofiqdir. O‘quv topshiriqlarini differensiyalashgan bo‘lishi ularning mazmunida emas, balki metodik jihatdan to‘g‘ri bajara olishni ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Masalan, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga ham barcha o‘quvchilarga (matematika yoki ona tilidan) beriladigan toggshirikdar, lekin bo‘sh o‘zlashtiruvchilarga berilgan toggshirikdar izohi, sxemali yoki o‘xshash savollarning bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bunday munosabat natijasida o‘quvchilar topshiriqlarni mustaqil bajara olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ayniqsa, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga muttasil yordam berilayotganda ularning mustaqil fikr yuritishiga harakat qilishlarini rag‘batlantirib borish lozim. Uquvchanlik darajasi past bo‘lgan o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar ularning bilimini o‘zlashtirish imkoni-yatlariga mos tushmog‘i kerak. Aks holda, ularda o‘quv faoliyatining murakkabligidan cho‘chish, hadiksirash, mustaqil o‘zlashtira olishga ishonmaslik tuyg‘usi singari salbiy illatlar yuzaga kela boshlaydi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning fikr yuritishlarini rivojlantirishda ularga individual yondashish katta rol o‘ynaydi. Shubhasizki, o‘quvchi jiddiyroq shug‘ullanishga kirishsa, o‘z kelajagini oldindan ko‘ra olishga intilsa, o‘qituvchi ularni sinchkovlik bilan o‘rganishga intilishi lozim. O‘qituvchida: «Agar o‘quvchilarda yomon xulq-atvor, sustlik, loqaydlik singari yomon jihatlari uchragan bo‘lsa, albatta ertaga xislatlarning yaxshi tomonlari yuzagachiqadi», degan umid, ishonch, istiqbol tuyg‘ulari mavjud bo‘lgandagina o‘qitishda takomillashish jarayoni yuzaga keladi. O‘quvchining kuchiga ishonganda zaifgina bo‘lsa-da, yaxshi xislat borligini bilish asosida uning shaxsini shakllantira borish individual munosabatning eng muhim tomonidir. O‘qituvchi bo‘sh o‘zlashtiruvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nisbatan individual yondashganda quyidagi talablarga amal qilishi shart: 1) bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari va akliy imkoniyat darajasini bilish; ularga interfaol ta’sir ko‘rsatish usullari va metodlarini to‘g‘ri tanlash vaularni tatbiqetishda individual xususiyatlarini hisobga olish; o‘quvchi bilan o‘qituvchi muomalasi oqibatini oldindan sezish. 170 Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling