Psixologiyasi


Talaba e’tiqodi, dunyoqarashi, o‘zini o‘zi


Download 1.27 Mb.
bet63/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

7.7. Talaba e’tiqodi, dunyoqarashi, o‘zini o‘zi nazorat qilishi
Turli yoshdagi odamlarda o‘zini o‘zi boshqarish,shaxsiy qizi-qishini idora qilish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘zini o‘zi takomillashtirish singari shaxsiy xususiyatlarni shakllantirish ijtimoiy-tarixiy hamda ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi.
Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlarining qo‘rsatishicha, e’tiqod — xulq-atvorning muhim motivlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ba’zi manbalarda unga mana bunday ta’rif berilgan: e’tiqod-shaxsni o‘z qarashlariga, tamoyillariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Boshqacha qilib aytganda, e’tiqod shaklida namoyon bo‘ladigan ehtiyojlarning mazmuni — bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzda tushunilishi demaqsir. Bu bilimlar falsafiy, estetik,tabiiy-ilmiy nuqtai nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa,u taqdirda shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq.
Psixologiya fani dunyoqarashning shakllanishi jarayonini tadqiqot qiladi, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot hodisalarining to‘g‘ri baholanishini, evolyusion yo‘sinda tarkib topishini, axloqiy tamoyillar, didlar yuz berishini, tabiat hodisalariga va jamiyat qonuniyatlariga nisbatan qarashlarning shakllanishi qay tariqa yuz berishini va boshqalarni aniqlaydi.
E’tiqodlarning asta-sekin tarkib topishi, dastavval ularning mazmuniy tomonlariga taalluqli bo‘lib, ularda shaxsning dunyo-qarashini aks ettiradigan xislatlar aksariyat hollarda gavdalana boshlaydi. Shaxsning mustaqil fikrlari, ijodiy g‘oyalari, ilmiy tamoyillari, uning yaxlit hayoti mazmuni bilan,odamning shaxsan o‘zlashtirgan bilimlari bilan belgilanadi. Insonning qarashlari tizimiga zarur tarkibiy qism tariqasida singdiriladi, bu narsa uning uchun alohida shaxsiy mohiyat kasb etadi. Shuning uchun mazkur fikrlar va tamoyillarni qaror toptirishga, ularni himoya qilishga,
280
shuningdek,boshqa shaxslarning ham ma’qul ko‘rishlariga erishish uchun qat’iy ehtiyej sezishi mumkin.
O‘z mohiyati va tuzilishiga binoan umumbashariy dunyo-qarashning tarkibiy qismlari hisoblanishi adabiyot, san’at, madaniyat, din, ijtimoiy turmush, ishlab chiqarish tizimi sohalaridagi keng qamrovli muammolarni o‘z ichiga mujassam-lashtiruvchi e’tiqodlarning mavjudligi inson shaxsining faolligi, intiluvchanligi darajalarining yuksakligidan darak beradi. Individual (yakkahol) shaxs faolligining yuksaklik darajasi, uning ob’yektlarga yo‘nalganligi xususiyati yoshga, jinsga, kasbga bog‘liq bo‘lganligi tufayli turlicha tarzda yuzaga kelishi kuzatiladi. Ko‘pincha shaxs muayyan shart-sharoitlarda, ma’lum vaziyatlarda o‘zini o‘zi qanday idora qilishini biladi, bahs yoki munozaralarda, mojarolarda qaysi nuqtai nazardan yondashishni tushunadi, qaysi g‘oyani ma’qullashni anglab yetadi, biroqbunday ijtimoiy, ilmiy, hayotiy bilimlarni mukammallashtirib, eh-tiyojga aylantirish to‘g‘risida o‘ylamaydi.
Shaxsning o‘zlashtirilgan bilimlari odatga aylangan ehtiyojlari anglashinilgan motivlari orasida mabodo nomutanosiblik vujudga kelsa, u holda uning e’tiqodida nuqsonlar sodir bo‘ladi. Favqulodda noto‘g‘ri xatti-harakat amalga oshiriladi yoki o‘rinsiz, o‘ylanmasdan qarorga kelinadi. Bunday ruhiy holatning negizida shaxsning so‘zi bilan ishi o‘rtasida birlik yo‘qligi, ikkiyoqlama pozisiyaga ega ekanligi,barkamol inson sifatida mustaqil, faol, ilmiy, hayotiy, ijtimoiy yaxlit qarash shakllanmaganligi yotadi.
Go‘yoki e’tiqodning ham tashqi, ham ichki tuzilishi mavjudki, favqulodda shaxsning mustahkam e’tiqodi hodisalarga, munosa-batlarga bevosita tatbiq qilinishida o‘zaro tafovutlanadi.
Ushbu psixologik muammoning oldini olish uchun mustahkam, barqaror e’tiqodli, hayotiy pozisiyaga ega bo‘lgan, vatanparvar, g‘ayrat-shijoatli shaxslarni shakllantirish, ularni o‘zini o‘zi takomillashtirishga o‘rgatish lozim.
Yuqorida mulohaza yuritilgan muammolarning barchasi xoh qiziqish, xoh e’tiqod, xoh dunyoqarash, xoh ehtiyoj bo‘lishidan qat’inazar anglanilgan motivlar tizimiga kiradi. Bunda shaxs faoliyatga (mehnat,o‘qishga) turtki bo‘layotgan ichki qo‘zg‘atuvchi motivlarga ichki turtki, sabab va ehtiyojlar ma’nosini anglagan holda u yoki bu yo‘lni tutadi. Biroq shunday motiv yoki mayllar ham borki, ular inson tomonidan anglanilmagan bo‘ladi, xuddi shu bois,
281
u o‘z xatti-harakatlari sababiyatini tushunmagan holda biron-bir ishni amalga oshiradi.
Psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning
individual faoliyati natijalari uchun mas’uliyatning tashqi
kuchlarda va sharoitlarda qayd qilinishini, shuningdek, ularni o‘z
kuch-g‘ayratiga, qobiliyatiga moyilligini belgilaydigan sifatlar
majmuasi tushuniladi. Nazoratni lokallashtirish tashqi (eksternal)
hamda ichki (internal) turlarga ajratiladi. Nazoratni tashqi
lokallashtirishga ba’zi misollarni keltiramiz: xodim ishga, talaba
darsga kech qolsa,bu hodisani turlicha bahonalar bilan izohlashga
harakat qiladi: .

  1. Avtobus o‘z vaqtida kelmadi;

  2. Yo‘lovchilar ko‘p bo‘lganligi uchun avtobusga chiqa olmadim;

  3. Avtobus juda sekin harakat qildi;

  4. Transport buzilib qoldi;

  5. Ko‘chada yo‘l halokati yuz bergani tufayli turib qoldik va hokazo.

Psixologiktadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, nazorat-ning eksternal lokallik turining namoyon bo‘lishi shaxsning muayyan nuqsonlari va illatlariga bevosita bog‘liqsir, chunonchi, insoning mas’uliyatsizligi, o‘z imkoniyatiga ishonmasligi, hadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy niyatini ro‘yobga chiqarishni paysalga solishi va boshqalar.
Mabodo shaxs o‘z xulq-atvori oqibati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olsa, o‘z qilmish-qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa, bunday psixologik voqelik unda nazoratning internal (ichki) lokallashuvi mavjud ekanligini bildiradi. Nazoratning ichki lokallashtirilishiga mos insonlar maqsadga erishish yo‘lida mas’uliyat yoki javobgarlik his etadilar, o‘zini o‘zi tahlillash imkoniyatiga egadirlar, muloqotmand, mustaqillikka moyildirlar.
Ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsga lokallashtirishning har ikkala (eksternal,internal) turini shakllantirish tufayli uning mustahkam shaxsiy fazilatiga aylantirish mumkin.
Irodaning o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidaga xatti-harakatida ro‘yobga chiqadi. O‘ziga mahliyo qiluvchi maqsadga erishish yo‘lidaxavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffa-qiyatsizlik unsuri bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkal-chilik deyiladi. Tavakkalchilik jarayonidagi noxushlik kutilmasi muvaffakiyatsizlik ehtimoli bilan noqulay oqibatlar darajasi
uyg‘unlashuvi mezoni orqali o‘lchanadi. Tavakkalchiliqda muvaf-faqiyat bilan muvaffaqiyatsizlik o‘rtasida qarama-qarshilik kutilmasi ehtimoli yotadi, yutuqqa erishish shaxsda xush kayfiyatni vujudga keltiradi, mag‘lublik esa noxushlik holatining bosh omili hisoblanadi. O‘zidan o‘zi ma’lumki, yutuq (g‘oliblik) quvonch nashida-sini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy va ma’naviy yo‘qotishni ro‘yobga chiqaradi. Lekin, shunga qaramasdan, insonlar taBakkal qilish harakatidan hech mahal voz kechmagan, xohu kundalikhayot muammosiga aloqador voqelik, xoh murakkab mehnat, xoh harbiy yurishlar bo‘li-shiga qaramay. Shuning uchun tavakkalchilik insoniyat dunyosining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrining qaror qabul qilish namunasi, mahsuli sifatida shaxsning hayoti va faoliyatida to hozirgacha ishtirok etib kelmoqda.
Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha,tavakkalchilik hara-katini amalga oshirishning o‘zaro uyg‘unlashgan ikkita sababi mavjudligi qayd qilib o‘tiladi. Qarorga kelishning birinchi sababi — bu yutuqqa muvaffaqiyat, umidvorlikka erishilganda kutilishi, ehtimol qiymatining mag‘lublik okibati — ishonchdir. Ushbu voqelik vaziyatli tavakkalchilik deb atalib, muvaffaqiyat motivasiyasining muvaffaqiyatsizlikdan kutulish motivasiyasidan yaqqolroq namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Shu boisdan tavakkalchilik inson uchun qaror qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan ruhiy hodisa hisoblanib, u yoki bu tarzdagi harakatni amalga oshirib.o‘z xulq-atvorini namoyish qiladi. Dehqon kechikib yerga urug‘ qadashga tavakkal qilgan bo‘lsa, hosil pishib yetilishi xavfi tug‘iladi, lekin agrotexnika vositalaridan jadal sur’atda foydalansa, asosiy mablag‘ni sarf qilib qo‘yish tashvishi uygonadi. Irodaviy qaror qabul qilib tavakkalchilikdagi uning mardligi, tashabbuskorligi, qat’iyatligi mehnatda yutuqqa erishishni ta’min-laydi. Aslida bunday qarorga kelish goho‘zini oqlaydi, goho mutlaqo oklamasligi ham mumkin. Bu borada harakatning xavfli yoki xavfsiz yo‘lini tatbiq etish,tavakkalchilikning g‘oyaviy, ma’naviy yuksakligi, qarorning oqilonaligi, baxtli tasodif sari yetaklashi mumkin. Ba’zan tavakkalchining qobiliyati, qat’iyligi, malakali-ligi, hisob-kitobni to‘g‘ri qilganligi unga omad keltiradi.
Tavakkalchilikning ikkinchi sababi xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilgan xulq-atvorda ko‘zga tashlanadi. Bu voqelik shaxsning vaziyatusti faolligi deb nomlanib, insonning vaziyat talablaridan ustuvorlikka erishishida, undan (vaziyatdan) yuksakroq
maqsad qo‘ya olishida namoyon bo‘ladi. Tavakkalchilik — bu tur "vaziyatusti" yoki "xolisonalik" deb atalib, tavakkalchilik uchun tavakkalchilikka yo‘l qo‘yishni anglatadi hamda tavakkalchilikning tavakkalchiligi atamasini keltirib chiqaradi. Shaxsdagi tavakkal-chilikni riskometr deb ataluvchi maxsus axbobda o‘lchab ko‘rish mumkin. Bu asbob yordamida psixologik tajribada insonlarda muvaffaq bo‘lish zhtimoli mavjud xolisonalik, tavakkalchilikka moyillik, ularning haqiqiy xavf ostida irodaviy harakatlarini oldindan aytib berish imkoniyati vujudga keladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling