Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Download 499.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/38
Sana12.11.2023
Hajmi499.21 Kb.
#1768376
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
мулокот маданияти

5.5. Tashkillashtirilgan ziddiyatlar 
Tashkilotlardagi ziddiyatlar turli hollarda vujudga kelishi mumkin. Masalan, 
xodimlar uyidan kayfiyatlari buzilib kelsa, boshqa hamkasbi bilan ham nizoga 
borib qolishi tabiiy hoi. Ishga mas'uliyatsizlik bilan yondashilsa ham ziddiyat kelib 
chiqishi shubhasiz. Shaxslararo ziddiyatlar vujudga kelishi bilanoq bartaraf 
qilinmasa u jamoaning barcha a'zolariga ta'sir qilishi mumkin. Nizoning bir turi 
faqat tashkilotgagina taalluqli bo'ladi. Ziddiyatlarning vazifasi tadqiqotchilarning 
diqqat markazida turadi. Hozirgi kunda kishilar o'rtasida umumiy ziddiyatlar kelib 
chiqishining oldini olishga harakat qilish lozim. Chunki dunyoning bir qancha 
mamlakatlarida turli buzg'unchi g'oyalar asosida aqidaparastlar, ekstremistlar 
kishilar o'rtasida adovat urug'ini sochishga harakat qilmoqdalar. Har bir 
tashkilotdagi rahbar xodimlarining turli buzg'unchi g'oyalarga ishonmasligiga 
harakat qilishi lozim. 
Tashkilotdagi faoliyatni chumolilar, asalarilar harakatiga o'xshatish mumkin. 
Lekin inson ongli mavjudot bo'lgani uchun har bir qiladigan harakatini avvaldan 
o'ylab, aniq bir maqsad asosida faollik ko'rsatadi. Ziddiyatlar butunlay yo'q bo'lib 
ketmaydi, balki u davom etishi, shaxslararo munosabatlarga aylanib ketishi 
mumkin. 
Tashkilotda ichki ziddiyatlarning kelib chiqishiga avvalo rahbar sababchi 
bo'ladi. U har bir xodimni hurmat qilishi, barcha xodimlarni teng ko'rishi, to'g'ri 
munosabatda bo'lishi zarur. Rahbar demokratik usulda jamoani boshqara olsa, 
bujamoada ziddiyatlar kam paydo bo'ladi. Xodimlar o'rtasidagi chaqimchilik, bir 
xabarni boshqacha talqinda yetkazish, vahima tarqatish orqali ham ziddiyatlar 
kelib chiqishi mumkin. 
Ziddiyat — bu faoliyat. Kishilar ziddiyat orqali faoliyatda bo'ladilar. (nutq 
orqali, verbal va noverbal muloqot orqali). 
Barcha tug'iladigan ziddiyatlarning oldini olish, bartaraf uchun rahbarda 
tashkilotchilik qobiliyati yaxshi shakllangan bo'lishi kerak. 

Download 499.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling