Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi
Shaxslararo muloqotning shaxs rivojlanishida
Download 499.21 Kb. Pdf ko'rish
|
мулокот маданияти
5.7. Shaxslararo muloqotning shaxs rivojlanishida
tutgan o'rni Har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hatto nuqsonlari ham muloqot jarayonining mahsulidir. Har qanday muloqotning eng sodda vazifasi — suhbatdoshlarning o'zaro bir-birlarini tushunishlarini ta'minlashdir. Bu o'zbeklarda samimiy salom-alik, suhbatdoshni ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. Bu jihat milliy o'ziga xoslikka ega. Yana bir muhim vazifasi hodisasi ro'y beradi. Muloqotning o'rta darajasida suhbatdoshga nisbatan qiziqish paydo bo'la boshlaydi. Yuqori darajalarda esa bir tomondan suhbatdoshga nisbatan bo'lgan qiziqish o'sib boradi, ikkinchi tomondan ochiqlik darajasi ortadi. Suhbatdoshlarning bir-biriga bo'lgan qiziqishi, teng munosabatlar uchun ochiqlik darajasiga ko'ra muloqotning quyi, o'rta va yuqori darajalari farqlanadi. Muloqotning quyi darajalari quyidagilardan iborat: 1. Primitiv daraja — asosiy belgisi suhbatdoshga shunchaki bir buyum sifatida munosabatda bo'lish. Bu buyum primitiv darajada muloqotga kirishgan inson uchun kerak bo'lgan buyum yoki xalaqit berayotgan buyum bo'lishi mumkin. Agar kerak bo'lsa, uni egallashga harakat qiladi, xalaqit berayotgan bo'lsa, uni uloqtirib tashlashga intiladi. 2. Manipulativ daraja — unda muloqot ishtirokchisi suhbatdoshini raqib deb biladi va uni yengishga harakat qiladi. Manipulator ongli yoki ongsiz ravishda moddiy yo psixologik manfaatni ko'zlab, turli maxsus usullar bilan suhbatdoshi 102 ustidan g'alaba qozonishga urinadi. Manipulativ darajaning muhim belgisi shuki, unda suhbatdosh shaxsining zaif tomonlariga qiziqish kuchli bo'ladi. 3. Standartlashgan daraja — unda suhbatdoshga nisbatan qiziqish mavjud bo'ladi. Bu qiziqish suhbatdoshning muayyan ijtimoiy rolga egaligi bilan xarakterlanadi. Standartlashtirilgan darajada muloqot ishtirokchilari o'rtasida «niqoblar aloqasi» amalga oshadi. Niqob turlari: «nol niqob» — «men sizga tegmayapman, siz ham menga tegmang», degan befarqlik niqobi, «yo'lbars niqobi» — «menga tegib ko'ringchi» degan ma'noni anglatuvchi qo'rqitishga qaratilgan niqob, «quyon niqobi» — «menga tegmang, men juda kuchsizman» degan ma'noni anglatuvchi niqob, «masxaraboz niqobi» — «men hech narsani bilmayman, menga tegishning hojati yo'q» degan ma'noni anglatuvchi, o'zini anqov, go'l qilib ko'rsatishga harakat qiluvchilar niqobi. Muloqotning o'rta darajasi quyidagidan iborat: Konvensional daraja — bu daraja quyi va yuqori darajalar oralig'idadir. Unda ilk bor suhbatdosh shaxsiga nisbatan qiziqish qisman bo'lsa-da ochiqlik (suhbat ro'y berayotgan vaziyatdagina) paydo bo'ladi. Konvensional darajadagi muloqot to'laqonli, suhbatdosh haqida qayg'urish, uning o'rniga o'zini qo'yishga tayyorlik vujudga keladigan muloqotdir. Muloqotning yuqori darajalari quyidagilardan iborat: 1. Ishchan daraja — unda suhbatdoshning asosan ishchanlik xususiyatlariga nisbatan qiziqish bo'ladi. Ishchan darajada suhbatlashib insonlar o'z munosabatlarining moddiy natijalariga ega bo'ladilar, ular o'rtasida ancha barqaror ishonch va bog'lanish hislari shakllanadi. Yoki juda kuchli antipatiya ham shakllanishi mumkin. 2. O'yinli daraja — ushbu darajada suhbatdosh shaxsining xususiyatlariga jonli, simpatiyaga asoslangan, hech qanday g'araz maqsadlarni ko'zlamaydigan qiziqish mavjud bo'ladi. O'yinli darajada muloqot ishtirokchilarining bir-biriga bo'lgan qiziqishi ancha yuqori bo'ladi, tomonlar o'zini juda ochiq tutadi, suhbatdoshlar bir- birining «rolini» o'ynaydi. Bu daraja pedagogik muloqot uchun ancha samarali. Ma'naviy daraja — inson muloqotining eng yuqori darajasidir. Unda suhbatdosh shunchaki bir inson emas, balki yuksak hurmatga sazovor xislatlar egasi, betakror 102 ruxiyot sohibi sifatida talqin etiladi. Ana shu xislatlar suhbatdoshga nisbatan iliqlikni uyg'otadi, u bilan bo'lgan muloqot unutilmas darajaga yetadi. Download 499.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling