Psixostimulyator dori vositalari Analeptik dori vositalari


Download 23.4 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi23.4 Kb.
#1221898
Bog'liq
Farmokologiya





Psixostimulyator dori vositalari

Analeptik dori vositalari

Umumiy tonusni oshiruvchi dori vositalari

Ta`rifi

Asosan markaziy nerv tizimining oliy nerv faoliyatini yaxshilaydigan, qo`zg`atadigan vositalarga aytiladi.

Ular uzunchoq miyada joylashgan nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faoliyati susayib qolganida ularning funktsional holatini, nafas va qon tomirlari tonusini tiklaydi yoki normal holatiga keltiradi.

Asosiy ta'sir mexanizmiga ko`ra, markaziy nerv tizimi faoliyatini qisman qo`zg`atib umumiy tonusni, quvvatni sezilarli darajada oshiradi, charchashni kamaytiradi, yurak ishini rag`batlaydi, qon bosimini sezilarli darajada ko`taradi, ishtahani, aqliy va jismoniy qobiliyatni birmuncha yaxshilaydi, organizmning salbiy ta'sirlarga chidamliligini oshiradi.

Preparatlari

  • fenil alkin-aminlar (fenamin);

  • pipiridin unumlari (meridil);

  • sidnonim hosilalari (sidnokarb);

  • metil ksantinlar (kofein).




  • bemegrid,

  • kamfora,

  • kordiamin,

  • etimizol

  • Jenshen nastoykasi

  • limonnik nastoykasi

  • suyuq levzey ekstrakti

  • Zamanixa nastoykasi

  • pantokrin

  • radiolaning suyuq ekstrakti

Ta`sir mexanizmi

Markaziy nerv tizimiga qo`zg`atuvchi ta'sir o`tkazib, presinaptik pardadan mediator-noradrenalin va dofamin ajralib chiqishini kuchaytiradi, ular adreno va dofamin retseptorlarni qo`zg`atadi. Bundan tashqari, markaziy nerv tizimiga qo`zg`atadigan samarasi retikulyar formatsiyaga (ko`tariluvchi-faollashtiruvchi tizim) qo`zg`atadigan ta'siriga ham bog`liq. Periferik samarasi ham qisman, simpatik nervning presinaptik pardasidan mediatorlar ajralishini ko`paytirishi va shu bilan bir qatorda uning bevosita ά va β -adrenoretseptorlarni qo`zg`atishiga bog`liq.

Analeptiklar ta'sir mexanizmi va ta'sir etish joyiga qarab ikki guruhga bo`linadi: bevosita va bilvosita ta'sir etuvchilar. Bevosita ta'si retuvchi analeptiklar to`g`ridan-to`g`ri nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni funktsional zaiflashgan holatidan chiqarib, nafas va qon tomirlari tonusini normallashtiradi, natijada nafas markazining CO2 ga nisbatan sezuvchanligi oshadi. Bundan tashqari, refleks yo`li bilan xolinoretseptorlardan va markaziy nerv tizimining yuqori bo`limlaridan kelayotgan impulslarga javoban qo`zg`alish zo`rayadi. Narkozlantiruvchi va uxlatuvchi preparatlar bilan zaharlanganda analeptiklarning bunday ta'sirini olish uchun ancha kattaroq dozada-umumiy qo`zg`atuvchi dozada yuboriladi. Qayta yuborish zaruriyati bo`lsa, unda ularning dozasi kamaytiriladi

Bu preparatlarning ta'sir mexanizmi yaxshi o`rganilmagan. Lekin shuni aytish kerakki, bu erda endokrin tizimining faoliyati oshishi katta ahamiyatga ega bo`lsa kerak. Dorilar aqliy va jismoniy charchashda, kam quvvatlikda, gipotoniyada, impotentsiyada (erkaklik qobiliyatining sustlashishi) tavsiya etiladi.

Download 23.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling