|
Psixostimulyator dori vositalari
|
Analeptik dori vositalari
|
Umumiy tonusni oshiruvchi dori vositalari
|
Ta`rifi
|
Asosan markaziy nerv tizimining oliy nerv faoliyatini yaxshilaydigan, qo`zg`atadigan vositalarga aytiladi.
|
Ular uzunchoq miyada joylashgan nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faoliyati susayib qolganida ularning funktsional holatini, nafas va qon tomirlari tonusini tiklaydi yoki normal holatiga keltiradi.
|
Asosiy ta'sir mexanizmiga ko`ra, markaziy nerv tizimi faoliyatini qisman qo`zg`atib umumiy tonusni, quvvatni sezilarli darajada oshiradi, charchashni kamaytiradi, yurak ishini rag`batlaydi, qon bosimini sezilarli darajada ko`taradi, ishtahani, aqliy va jismoniy qobiliyatni birmuncha yaxshilaydi, organizmning salbiy ta'sirlarga chidamliligini oshiradi.
|
Preparatlari
|
fenil alkin-aminlar (fenamin);
pipiridin unumlari (meridil);
sidnonim hosilalari (sidnokarb);
metil ksantinlar (kofein).
|
bemegrid,
kamfora,
kordiamin,
etimizol
|
Jenshen nastoykasi
limonnik nastoykasi
suyuq levzey ekstrakti
Zamanixa nastoykasi
pantokrin
radiolaning suyuq ekstrakti
|
Ta`sir mexanizmi
|
Markaziy nerv tizimiga qo`zg`atuvchi ta'sir o`tkazib, presinaptik pardadan mediator-noradrenalin va dofamin ajralib chiqishini kuchaytiradi, ular adreno va dofamin retseptorlarni qo`zg`atadi. Bundan tashqari, markaziy nerv tizimiga qo`zg`atadigan samarasi retikulyar formatsiyaga (ko`tariluvchi-faollashtiruvchi tizim) qo`zg`atadigan ta'siriga ham bog`liq. Periferik samarasi ham qisman, simpatik nervning presinaptik pardasidan mediatorlar ajralishini ko`paytirishi va shu bilan bir qatorda uning bevosita ά va β -adrenoretseptorlarni qo`zg`atishiga bog`liq.
|
Analeptiklar ta'sir mexanizmi va ta'sir etish joyiga qarab ikki guruhga bo`linadi: bevosita va bilvosita ta'sir etuvchilar. Bevosita ta'si retuvchi analeptiklar to`g`ridan-to`g`ri nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni funktsional zaiflashgan holatidan chiqarib, nafas va qon tomirlari tonusini normallashtiradi, natijada nafas markazining CO2 ga nisbatan sezuvchanligi oshadi. Bundan tashqari, refleks yo`li bilan xolinoretseptorlardan va markaziy nerv tizimining yuqori bo`limlaridan kelayotgan impulslarga javoban qo`zg`alish zo`rayadi. Narkozlantiruvchi va uxlatuvchi preparatlar bilan zaharlanganda analeptiklarning bunday ta'sirini olish uchun ancha kattaroq dozada-umumiy qo`zg`atuvchi dozada yuboriladi. Qayta yuborish zaruriyati bo`lsa, unda ularning dozasi kamaytiriladi
|
Bu preparatlarning ta'sir mexanizmi yaxshi o`rganilmagan. Lekin shuni aytish kerakki, bu erda endokrin tizimining faoliyati oshishi katta ahamiyatga ega bo`lsa kerak. Dorilar aqliy va jismoniy charchashda, kam quvvatlikda, gipotoniyada, impotentsiyada (erkaklik qobiliyatining sustlashishi) tavsiya etiladi.
|