Publitsistik nutq. Maqola va uning janrlari


Download 22.42 Kb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi22.42 Kb.
#1378145
1   2   3   4
Bog'liq
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari. Matn tahlili va tahri

Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda
«muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Kafolat va‘da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so‘ysin»). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko`zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo`ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Publitsistika bir qancha janrlarga ega.
Publitsistik uslub − tashviqot-targ’ibot ishlari olib boriladigan, asosan, ijtimoiy-siyosiy hayot yoritiladigan nutq ko’rinishidir. Publitsistik uslub o’zining obrazliligi, hissiy-ta’siriy xususiyati bilan badiiy uslubga; yorqinligi, aniqligi va terminologik leksikasi bilan ilmiy uslubga yaqin turadi. Ijtimoiy-siyosiy
masalalarning yoritilishi, tahlil uslubi, ijtimoiy- siyosiy masalalarni hal etishga undashning faolligi, o’ziga xos terminlar, asosan siyosiy terminlarning ko’p qo’llanilishi singari xususiyatlar publitsistik va ilmiy uslubning o’xshash tomonlaridir.Publitsistik va badiiy uslubning ham o’xshash tomonlari mavjud. Ikkala uslubda ham obrazli ifodalar, tasviriy vositalardan ko’proq foydalaniladi. So’z va terminlar siyosiy ma’nosining badiiy uslub elementlari bilan qorishgan, uyg’unlashgan holda ifodalanishi publitsistik nutqning salohiyatini yanada ko’taradi va uning ta’sirchanligini oshiradi. Publitsistik uslubda ijtimoiy-siyosiy terminlar, gazeta va jurnallarga xos maxsus ifodalar, birikmalar, qat’iy qoliplashgan qurilmalarning tez-tez qo’llanilishi bu uslubning o’ziga xos xususiyatlaridandir: mustaqillik, ichki tahdid, tashqi tahdid, sovuq urush, ochiq ovoz, yopiq ovoz, buyuk xizmatlari uchun, rasmiy vizit bilan, milliy istiqlol mafkurasi, xalq e’tiqodi, buyuk kelajakka ishonch, shaxs bilan davlat munosabatlari, jamiyatimizning faol ishtirokchisi, mafkuraviy bo’shliq, xavfsizlikka tahdid va h.k.
Publitsistik uslubda hisssiy-ta’siriy so’zlar va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan unumli foydalaniladi. Maqol va hikmatli so’zlar bu uslubda sarlavha nomi bo’lib ham keladi hamda mazkur uslubning yanada yorqinroq bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, Yaxshidan bog’ qoladi. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Mard maydonda sinaladi. Vatan, el manfaati muqaddasdir.
Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, feleton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik,o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi.
Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi.
Matn va uning ko‘rinishlari
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.
Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) -
1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antik davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan .O‘zbek adabiyotida dialog- ning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng. Jumladan,
Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ) . Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud ( q. badiiy nutq, ichki monolog).

Download 22.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling