Tashkilotchining odobi va o’bro’ e’tibori Reja


Download 89 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi89 Kb.
#1019916
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu Tashkilotchining odobi va o




Tashkilotchining odobi va o’bro’ e’tibori


Reja:
Bayramlarni tashkil etishda tashkilotchining o’ziga xos xususiyati
Bayramning turlari
Tashkilotchini bayramlarning tarbiyaviy axamiyati
Bayramlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni.

Bayramlar kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyat chog‘lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini o’zida qamrab olgan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir.


Bayramlar o’z-o’zidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak. Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urf-odat, an’analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g‘oya uyg‘unligida tashkil etilgan bayram va tomoshalar yuqori darajada o’tkazilgan tadbirlardan hisoblanadi. Chunki insonlar bayramlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bo’sh vaqtini to’g‘ri tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini ko’tarish va boshqa ijobiy hislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, o’z mehnatidan zavq olishiga, mehnat unumdorligiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga munosabatini yaxshilik tomonga o’zgartirishiga olib keladi.
Zamonaviy bayramlar rejissurasinng asosiy maqsadi ham shunga qaratilgan.
Nazariya bilan amaliy ish birlashganda uning uslubiyoti vujudga keladi. Masalan, K.S.Stanislavskiyning olamshumul sistemasi ham aktyorlik va rejissyorlik, teatr san’ati faoliyatidagi amaliy-ijodiy va nazariy jarayonlar sharoitida bunyodga kelgan o’ziga xos uslubiyotdir. Bayramlarni tashkil etish asoslari ham yuqorida qayd etganimizdek, nazariya hamda amaliy tajribalarning birlashishi natijasida vujudga kelib, ish shakllarini tashkil qilishda foydalaniladigan yo’l yo’riqlar va usullarni o’z ichiga oladi.
Shunday ekan, bayram va tomoshalarni tashkil etishni shu sohaning yetuk mutaxassislari ijodiy faoliyatlari misolida yoritishni maqsadga muvofiq deb topdik. Maydon tomoshalarida bayram rahbari va bosh rejissyor rahbarligida yuzdan ortiq turli toifa sahnalashtiruvchi ijodkorlar – ommaviy tomoshalar bosh rejissyorlari, bosh baletmeyster, badiiy lavhalar bosh baletmeysterlari, orkestrlar va ansambllar rahbarlari, muvofiqlashtiruvchi rejissyorlar, sahnalashtiruvchi rejissyorlar, shuningdek qator sahnalashtiruvchi baletmeysterlar, rassomlar, suxandonlar, ovoz rejissyorlari, ovoz operatorlari, ijodiy-tashkiliy guruh, liboschilar, pardozlovchilar, texnik ta’minotchilar bayramni tayyorlash va o’tkazishdek sermashaqqat ishni amalga oshiradilar1.
Bayramlarni tashkil etish uchun rejissyor va uning atrofidagi sahnalashtiruvchi, ishchi guruhlarning hamfikrligi, ularning dunyoqarashlarining bir-biriga mos kelishi va bir-birlarini to’ldirib borishlari va eng asosiysi bayramning mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazib berish masalasidagi ularning hamjihatligi ayniqsa muhimdir.
Aynan ana shu sohada tinmay samarali mehnat qilib kelayotgan rejissyorlardan biri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Baxtiyor Sayfullayevdir.
Baxtiyor Sayfullayevning ijodiy faoliyatiga nazar soladigan bo’lsak, uning hisobidagi 200 dan ortiq o’tkazilgan tadbirlari bunga misol bo’la oladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, har qanday bayramni to’g‘ri tashkil etish rejissyorning nuqtai nazari, dunyoqarashi, uning saviyasi va tashkilotchilik qobiliyatining darajasiga bog‘liq. Baxtiyor Sayfullayevning bayramlarga ilmiylik nuqtai nazardan yondashishi uning muvaffaqiyatlarining shartidir. Toshkentning 2000 yilligiga bag‘ishlangan bayram tomoshasida Leningrad Madaniyat instituti professori, taniqli rejissyor D.M.Genkin sahnalashtirish jarayonlaridan birida u: «Baxtiyor Sayfullayevdagi ilmiylik va milliylikka e’tibor bizni ishimizni osonlashtiradi», – deb tan olgan edi. Darhaqiqat, ushbu fazilat har bir rejissyorning asosiy quroli bo’lmog‘i lozim. Rejissyor Baxtiyor Sayfullayev O’zbekistonga birinchilardan bo’lib bayramlar nazariyasi va ularni tashkil etishning ilmiy asoslarini olib kirgan ilk mutaxassislardan hisoblanadi. Uning barcha sahnalashtirgan bayram va tomoshalaridan aniqlik, masshtablilik, milliylik, eng asosiysi ilmiylik ufurib turadi.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling