Tashkilotchining odobi va o’bro’ e’tibori Reja


Download 89 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi89 Kb.
#1019916
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu Tashkilotchining odobi va o

- Navro‘z bayrami;
- Qovun sayli;
- Gul sayli;
- Suv sayli;
- Olma sayli;
- Qum sayli;
- Lola sayli;
- Qushlar bayrami;
- Ona yer sahovati bayrami;
- Mehrjon;
- Birinchi qadam bolalar bayrami.
III. Mehnat bayramlari:
- Birinchi chigit qadash bayrami;
- Hosil bayrami;
- Paxta bayrami;
- Birinchi gul bayrami;
- Birinchi karvon bayrami.
IV. Diniy bayramlar:
- Qurbon hayit;
- Ramazon hayit.
V. Kalendar-professional kasb bayramlari:
- O‘qituvchilar va murabbiylar kuni;
- Radio kuni;
- Teatr kuni;
- Shifokorlar kuni;
- Militsiya xodimlari kuni;
- Matbuotchilar kuni;
- Savdo xodimlari kuni;
- Metallurglar kuni;
- Aviatorlar kuni;
- Temir yo‘lchilar kuni;
- Shaxtyorlar kuni;
- Neftchilar kui;
- Geologlar kuni;
- Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi kuni;
- Quruvchilar kuni.
VI. Kalendar bayramlari:
- 1 yanvar - Yangi yil bayrami;
- 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami;
- 1 iyun - Xalqaro bolalar kuni;
- 1 aprel - Kulgi va hazil kuni va h.k.

Bayramshunos olim Boltaboy Shodiyev o’z risolalarida mustaqil O’zbekiston bayramlarini «Xalqaro qutlug‘ kunlar», «Asosiy (tub) umumxalq bayramlari», «Soha, kasb va boshqa qutlug‘ kunlar» kabi turlarga ajratadi.


«Xalqaro qutlug‘ kunlar»ga quyidagi bayramlarni kiritadi:
• 22 mart – Suv va meteorologiya kuni;
• 7 aprel – Salomatlik kuni;
• 12 aprel – Kosmonavtika kuni;
• 23 aprel – Kitob va mualliflik xuquqini himoya qilish kuni;
• 3 may – Matbuot erkinligi kuni;
• 15 may – Oila kuni;
• 17 may – Telekommunikatsiya kuni;
• 18 may – Mo’zeylar kuni;
• 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuni;
• 5 iyun – Atrof-muhitni himoya qilish kuni;
• 26 iyun – Giyohvandlikka qarshi ko’rash kuni;
• 12 avgust – Yoshlar kuni;
• 8 sentabr – Savodxonlik kuni;
• Sentabr oyining uchinchi seshanbasi – Tinchlik kuni;
• 24 oktabr – BMT kuni;
• 3 noyabr – Nogironlar kuni;
• 16 noyabr – Bag‘rikenglik kuni;
• 1 dekabr – OITSga qarshi ko’rash kuni;
• 10 dekabr – Inson huquqlari kuni

Asosiy (tub) umumxalq bayramlari:


• 1 yanvar – Yangi yil;
• 8 mart – Xotin-qizlar kuni;
• 21 mart – Navro’z bayrami;
• 9 may – Xotira va qadrlash kuni;
• 1 sentabr – Mustaqillik kuni;
• 1 oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni;
• 8 dekabr – Konstitutsiya kuni;
• Diniy bayram – Ro’za hayitining birinchi kuni;
• Diniy bayram – Qurbon hayitining birinchi kuni;
• 24 sentabr – Mehrjon bayrami (qonunlashmagan).

Soha, kasb va boshqa qutlug‘ kunlar:


• 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni;
• 9 fevral – Alisher Navoiy tug‘ilgan kun;
• 2 mart – O’zbekiston BMTga a’zo bo’lgan kun;
• 27 mart – Teatr kuni;
• 9 aprel – Amir Temur tug‘ilgan kun;
• May oyining uchinchi yakshanbasi – Konchilar va metallurglar kuni;
• 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni;
• Iyun oyining to’rtinchi yakshanbasi – Savdo, matbuot va aholiga xizmat ko’rsatish xodimlari kuni;
• Avgust oyining uchinchi yakshanbasi – Harbiy havo floti kuni;
• 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kuni;
• 18 oktabr – Samarqand kuni;
• 21 oktabr – O’zbek tili kuni;
• 25 oktabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni;
• Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni3.
Yuqorida qayd etilgan muborak sanalar buyuk O’zbekiston davlatining bayramlar mamlakati ekanligidan dalolat berib turibdi. Birgina mustaqillik davrida nishonlangan yubiley tantanalarining o’zi so’zimizning yorqin isbotidir. Ular quyidagilardir:
Xalqaro yubileylar:
• 1994 – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
• 1996 – Amir Temur tavalludining 600 yilligi;
• 1997 – Buxoro shahrining 2500 yilligi;
• 1997 – Xiva shahrining 2500 yilligi;
• 1998 – Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy sana 1225 yilligi;
• 1998 – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining
1200 yilligi;
• «Alpomish» dostonining 1000 yilligi;
• 2000 – Kamoliddin Behzod tavalludining
545 yilligi;
• 2001 – «Avesto» kitobining 2700 yilligi;
• 2002 – Termiz shahrining 2500 yilligi;
• 2002 – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi;
• 2003 – Abduholiq G`ijduvoniy tavalludining
900 yilligi;
• 2006 – Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi;
• 2006 – Qarshi shahrining 2700 yilligi.

Respublika doirasidagi yubileylar:


• 1991 – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
• 1993 – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining
• 510 yilligi;
• 1993 – Bahovuddin Naqshband tavalludining
675 yilligi;
• 1995 – Mahammad Rahimxon – Feruz tavalludining
• 150 yilligi;
• 1995 – Az-Zamahshariy tavalludining 920 yilligi;
• 1995 – Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi;
• 1995 – Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining
120 yilligi;
• 1999 – Jaloliddin Manguberdi tavalludining
800 yilligi;
• 1999 – Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining
190 yilligi;
• 2000 – Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi;
• Burxoniddin al-Marg‘iloniy tavalludining hijriy 910 yilligi;
• 2001 – Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligi;
• 2002 – G`afur G`ulom tavalludining 100 yilligi;
• 2004 – Xo’ja Ahror valiy tavalludining 600 yilligi;
• 2005 – Oybek tavalludining 100 yilligi;
• 2005 – Abu Ali ibn Sino tavalludining
1025 yilligi;
• 2007 – Samarqand shahrining 2750 yilligi;
• 2007 – Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi va boshqalar.
Ushbu tantanalarning xalqaro va Respublika miqiyosida keng nishonlanishi hukumatimizning bayramlar va ularni tashkil etishga bo’lgan katta e’tibori mahsulidir. Bu e’tibor esa o’z o’rnida har qanday rejissyor zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Rejissyor B.Sayfullayevning ijodidagi yutuqlarining yana biri shundaki, u atrofiga o’z sohalariga jiddiy e’tibor bilan qaraydigan, faol, zamon bilan hamnafas bo’lgan ijodkorlar guruhini to’plab olgan.
Ushbu qo’llanmada bayramlar va tomoshalarni tashkil etishda ijodiy guruhlarning ahamiyati va roli, vakillari, bir so’z bilan aytganda bayramlarni tashkil qilish ijodiyoti rejissyor B.Sayfullayev misolida yoritilgan.
Tomoshabin biror bayramga borish uchun chiroyli kiyimlarini kiyadi, oilasini bayramga tayyorlaydi va bayramning eng zo’r daqiqalarini oilasi, do’stlari bilan baham ko’rishni istaydi va bunga o’zini, o’zi bilan boradiganlarni tayyorlab boradi. Shunday ekan, biz bayram va tomoshadan ularning faqat «falon ovqat yedik» kabi taassurotlar bilan qaytishini emas, balki bayramni tashkiliy, ijodiy saviyasiga e’tibor qaratishiga, ma’naviy ozuqa olishiga erishmog‘imiz lozim.
Bayram muayyan kunda nishonlanib, jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida oldindan belgilanadi. Ba’zi bayram kunlari dam olish kuni deb e’lon qilinadi. Mamlakatimizda yirik bayramlarni nishonlash uchun 9 kun dam olish kunlari deb belgilangan. Ular qo‘yidagilar:

  • 1 yanvar – Yangi yil;

  • 8 mart – Xotin-qizlar kuni;

  • 21 mart – Navro‘z bayrami;

  • 9 may – Xotira va qadrlash kuni;

  • 1 sentabr – Mustaqillik kuni;

  • 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;

  • 8 dekabr – Konstitutsiya kuni;

  • Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr)ning birinchi kuni;

  • Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)ning birinchi kuni.

Demak, biz bayram yoki tomoshani to’g‘ri tashkil qilish uchun qaysi sohalarga e’tibor berishimiz kerak?



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling