Tashkilotchining odobi va o’bro’ e’tibori Reja
Download 89 Kb.
|
5-mavzu Tashkilotchining odobi va o
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Ijtimoiy-siyosiy bayramlar
- II. Milliy bayramlar
«Eortologiya» – (grekcha «eorto» bayram va «logos» o’rganish) bayramlar to’g‘risidagi fandir2. Ushbu sohani o’rganish boyicha Rossiyada I.Snegiryov, I.Saxarov, F.Buslayev, A.Afanasev, YE.Anichkov kabi olimlar tarix, filologiya va falsafa, K.A.Mardjanov, D.M.Genkin, I.M.Tumanov va boshqalar mutaxassislik nuqtai nazardan izlanganlar.
Sharq mutafakkirlari Firdavsiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Behbudiy, Fitrat kabi olimu-ulamolar ham bayramlar va uning tashkil etilishi to’g‘risida, bayramlarning ijtimoiy hayotdagi o’rni va roli haqida turli nuqtai nazar bilan qaraganlar va o’z fikr va mulohazalarini meros qilib qoldirganlar. Hozirgi kunda O’zbekistonda bayramlar tarixiga zamonaviy, ilmiy nuqtai nazardan yondashayotgan olimlarimizdan M.Qodirov, S.Yo’ldosheva, U.Qoraboyev, B.Shodiyev va boshqalarni bilamiz. Baxtiyor Sayfullayev ham ushbu sohani rivojlantirishga katta hissa qo’shayotgan olimlarimiz qatoriga kiradi. B.Sayfullayev o’zining bir necha yillik pedagogik faoliyatini talabalarga rejissura, aktyorlik mahorati sirlari va bayramlar tarixini o’rgatishga bag‘ishlagan. Uning shogirdlarini barcha viloyatlarda uchratish mumkin. Rushana Sultonova, Tuyg‘un Sa’dullayev, Farruh Zokirov, Ra’no Zokirova, Larisa Moskalyova, Anvar Salimov, Farhod Ahmedov kabi mashhur va mashhur bo’lmagan shogirdlari turli ijod sarhadlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Bayram yoki tomoshani tashkil etishda bitta rejissyorning o’zi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Tashkilotchi – rejissyorning asosiy vazifasi shundan iboratki, u o’z atrofiga fikri teran, dunyoqarashi keng, o’z sohasini yaxshi biladigan, o’z ishiga ma’suliyat bilan qaraydigan, rejissyorning fikri, g‘oyasi, oliy maqsadi, nuqtai nazarini bir qarashda ilg‘ab oladigan, tushunadigan ijodkorlar ansamblini yig‘ib olishi kerak. Xonandani zo’r ovozi bo’lgani bilan uning yonida musiqachilari ko’ngildagidek yaxshi chalib bermasalar, u muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Rejissyorlik faoliyatda ham xuddi shunday ahvol roy berishi mumkin. «Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari» o’quv qo’llanmasi ham rejissyor B.Sayfullayevning ijodini chuqur o’rganish, bayram va tomoshalarni tashkil etishdagi nazariy, amaliy va uslubiy yo’llanmalari, uning tajribalarini ijodiy umumlashtirish asosida vujudga keldi. Shunday ekan biz «bayram», «tomosha», «tadbir» tushunchalarini bir-biridan ajratib olishimiz zarur. Bayram deganda, hayotdagi muhim voqea, sanani ko’tarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi, ya’ni «bayram» turkcha so’zdan olingan bo’lib toy, marosim, xursandchilik degan ma’noni anglatadi. Tomosha – tomoshabin ko’z oldida namoyish etilgan, yuqori saviyada badiiy jihatdan bezatilgan, effektli ijro uslublaridan mohirona foydalanilgan, tomoshabin ko’rib estetik zavq oladigan va bevosita shu tadbirda ishtirokchiga aylanadigan madaniy tadbirdir. Tadbir esa ana shu bayram va tomoshalarning u yoki bu darajada tashkil etilishidir. U ma’lum sanaga, ma’lum bir mavzuga va boshqa jihatlarga bag‘ishlangan bo’lishi ham mumkin. Lekin bu uchta tushunchani bir-biridan alohida-alohida ajratmaslik ham mumkin, chunki bo’lar hamisha bir-birlarini to’ldirib turadilar. Bayramlar spetsifikasi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadi. I. Ijtimoiy-siyosiy bayramlar: - 1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni; - 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi qabul qilingan kun; - 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni; - 9 may - Xotira va qadrlash kuni; - 21 oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun. II. Milliy bayramlar: Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling