Publitsistik uslub. Ommaviy axborot vositalari tili. Rasmiy uslubning til xususiyatlari reja
Download 32.43 Kb.
|
Publitsistik uslub
Publitsistik uslubning janrlari
Ocherk (chizmoq, tasvirlamoq) – epik tur janrlaridan biri bo‘lib, voqea-hodisalarni, dalillarni va aniq kishilar faoliyatini aynan tasvirlaydi. U ma'lum bir tarixiy davrda yuz bergan tarixiy voqyealar, qahramonlar hayoti va faoliyatini aniq hujjatlar asosida yoritib beruvchi publitsistik janrdir. Esse (chamalayman) – erkin kompozitsiyaga ega bo‘lgan, shaxsiy mulohaza va qarashlarni ifodalovchi asar. Felyeton – kunning dolzarb mavzusini yoritishga qaratilgan gazeta maqolasi bo‘lib, mavzuni bayon qilishda adabiy-badiiy bayon, ayniqsa, satira usullaridan keng foydalaniladi. Pamflet – badiiy-publitsistik uslubning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, bunda odatda siyosiy tuzumga yoki uning alohida tomonlari, shuningdek, u yoki bu ijtimoiy guruh, partiya va hukumatga qarshi qaratiladi, guruh yoxud uning vakillari kamchiliklarini qattiq tanqid ostiga oladi. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlatar boblari o`rtasidagi diplomatic munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi singari ish yuritish qog`ozlarida qo`llaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko`pincha darak va buyruq gaplar qo`llanadi. Hujjatlar maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va tuzilishiga ko‘ra tasnif qilinganda ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra sodda hujjatlar– muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi. Murakkab hujjatlar– ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi xususiy xujjatlarning asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Download 32.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling