Publitsistik uslub. Ommaviy axborot vositalari tili. Rasmiy uslubning til xususiyatlari reja
Download 32.43 Kb.
|
Publitsistik uslub
Publitsistik uslub. Ommaviy axborot vositalari tili. Rasmiy uslubning til xususiyatlari REJA: 1. Publitsistik uslub turlari. 2. Publitsistik uslub janrlari. 3. Publitsistik uslubning leksik xususiyatlari. 4. Publitsistik uslubning grammatik xususiyatlari. 5. Rasmiy uslub haqida ma'lumot. 6. Rasmiy uslubning turlari. Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy Majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl; 2) og`zaki shakl; Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir. Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar. Publitsistik uslub lug‘aviy jihatdan o‘ziga xos. Bu uslubning gazeta publitsistikasi, ijtimoiy-siyosiy publitsistika va badiiy publitsistika tarmoqlari mavjud bo‘lib: xabar, dolzarb maqola, bosh maqola, rubrika, felyeton, muxbir, fotomuxbir, paxtakor, sholikor, mirishkor, zarshunos, dala malikasi, zangori kema, po‘lat ot suvoriylari, buyurtmachi kabi ko‘plab so‘z va so‘z birikmalari publitsistik uslubning o‘ziga xos so‘zlari bo‘lib, publitsistik uslubga badiiy-publitsistik ruh beradi. Bunday lug‘aviy vositalarning ko‘pincha ko‘chma ma'noda ishlatilishi bu uslubning obrazli vositalarga: metafora, sifatlash, o‘xshatishga ega ekanligini ko‘rsatadi. Publitsistik uslubda fan va texnikaga oid: dizel, kultivatsiya, texnika, molekula, analiz, sintez, kashfiyot, bioximiya, koinot kabi, shuningdek, xalqaro ijtimoiy siyosatga oid - tinchlik, ozodlik, demokratiya, hamdo‘stlik, ultimatum, murojaatnoma, miting, xavfsizlik, tinchlik anjumani kabi so‘zlarning qo‘llanilishi bu uslubga ijtimoiy-siyosiy ruh bag‘ishlaydi. Publitsistik uslub sintaktik qurilishi jihatidan sodda, hammabopdir. Unda jumlalar ixcham, lo‘nda, fikr izchil tarzda bayon etiladi. Bu uslubda turli takrorlar, ideomalar, jonli so‘zlashuvga xos holatlar ishlatiladi. Gazeta publitsistikasi publitsistik uslubning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Gazeta publitsistikasi ikki yo‘nalishdagi axborotlari bilan xarakterlanadi. Birinchidan, gazeta publitsistikasi ijtimoiy-siyosiy masalalarni aks ettirib boradi, ularga munosabat bildiradi. Biroq gazeta publitsistikasining mohiyatini ikkinchi yo‘nalish-kundalik, dolzarb axborotlarni berib borish tashkil etadi. Ana shu ikki xususiyatga ko‘ra gazeta publitsistikasi ham xabar, axborot berish, ham ta'sir etish vazifasini bajaradi. Gazeta publitsistikasi lug‘aviy jihatdan turli sohalarni aks ettiradi. Unda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar bilan bir qatorda fan va texnikaning barcha ko‘rinishlariga oid atamalar, rasmiy uslubga xos so‘zlar, turli kasb-hunar atamalari, shuningdek, badiiy uslubga xos so‘zlar ham qo‘llaniladi. Demak, davrning ijtimoiy-siyosiy dolzarb masalalarini jo‘shqinlik bilan aks ettirish publitsistik uslubga xosdir. Tarixiy yoki boshqa har xil dalillarni nutqqa kiritib, mantiqiy umumlashmalar chiqarish yoki bu ishni tinglovchiga havola etish, fosh etilgan shaxs yoki hodisalar ustidan kinoya, kesatiq, piching hamda qochiriqlar qilish, ritorik so‘roq gaplardan foydalanish publitsistik nutqni jonli, ta'sirchan, hayajonli qiladi. Shuni aytish kerakki, har bir publitsistik nutq albatta shulardangina iborat bo‘ladi degan gap emas. Publitsistik nutqda muallif voqelikka nisbatan faol munosabatda bo‘ladi. Publitsistik asarlarning (masalan, xabar, reportaj, korrespondensiya, maqola, ocherk, felyeton, pamflet, bosh maqola va boshqalarning) uslubiy chegaralanishi ularning alohida lisoniy belgilariga ega ekanligida ko‘rinadi. Adabiy tilning boyishida publitsistik uslubning roli katta. Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy bilimlarni targ‘ib qilish va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi orqali kishilar ongiga ko‘proq ta'sir etadi. Bu uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik markaziy o‘rinlardan birini egallaydi, ya'ni qisqa, lo‘nda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubning o‘ziga xos belgilaridan yana biri shundaki, unda ba'zi grammatik vositalar, ravishdosh, sifatdosh oborotlar fe'lning shart mayli shakllarining almashib ishlatilishi, ritorik, murojaat, undov, bir tarkibli gaplarning qo‘llanilish darajasi boshqa vazifaviy uslublarga nisbatan ustunroq. Publitsistik uslubning xarakterli belgilaridan biri nutqning ko‘pincha I shaxs nomidan ifodalanishidir. Publitsistik uslub leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan ajralib turadi. O‘ziga xos ko‘chma ma'noli so‘zlar, ya'ni metaforalar, epitetlar, o‘xshatishlar, salbiy va ijobiy ma'noli so‘zlar, tantanavor so‘zlar publitsistik uslubning leksik xususiyatidir. Morfologik xususiyatlari so‘z yasalishida ko‘zga tashlanadi. Bunda boshqa tildan qabul qilingan so‘zlar tarkibi o‘zbek tilidagi qo‘shimchalar bilan almashtiriladi: sportchi, dildosh, tilshunos; - lik qo‘shimchasi bilan so‘z yasash ham anchagina: ilg‘orlik, omilkorlik, hamkorlik, faollik, bunyodkorlik, ishchanlik, unumdorlik. Publitsistik uslubning sintaktik jihatlariga e'tibor beradigan bo‘lsak, so‘roq gaplar, uyushiq bo‘lakli gaplar, undov gaplar, kirish bo‘lakli, kirish qurilmali gaplar, shaxsi umumlashgan gaplar keng qo‘llaniladi. Download 32.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling