Publitsistik uslub. Ommaviy axborot vositalari tili. Rasmiy uslubning til xususiyatlari reja
Download 32.43 Kb.
|
Publitsistik uslub
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmat hujjatlari
Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida bosma va qo‘lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha―yozmoq emas,balki―to‘ldirmoq so‘zi ishlatiladi.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatidan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.). Ma’muriy-boshqaruv faoliyatidagi xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasnif qilingan: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari. Rasmiy uslub tez-tez takrorlanib turuvchi bir xildagi o‘zgarmas jumlalarga boy. Bu uslub turida sinonimlar, ko‘chma va ko‘p ma'noli so‘zlar, obrazli vositalar ko‘llanilmaydi. Rasmiy uslub ma'lum ma'noda chegaralangan uslubdir, Shuning uchun bu uslubda bir xil qolipdagi, standart vositalar ko‘plab qo‘llaniladi va shu uslub uchun muhim belgi sifatida xarakterlanadi. Rasmiy uslub matnlaridagi jumlalar aniq va ravon, unda ortiqcha so‘zlar qo‘llanilmasligi talab kilinadi. Sintaktik jihatdan rasmiy uslubning jumlalari ikki tarkibli: sodda yoyiq gaplardan va ixcham shaklidagi qo‘shma gaplardan tashkil topgan bo‘ladi. Rasmiy uslub yozma nutk meyorlariga to‘la asoslangan holda shakllanadi. Shuning uchun rasmiy uslubda ifoda shakllari ma'lum tartibga asoslangan holda aniq tuziladi. Masalan, Men, Xamidov Ravshan Shuxrat o‘g‘li, 1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ildim (tarjimai xol); Berildi ushbu malumotnoma O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2-ingliz tili fakulteti talabasi Mahkamova Sevara Maxmud qiziga (ma'lumotnoma) kabi aniq ma'lumotlarga tayanish – bu uslubning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham, bu uslubda chet tillarga oid so‘zlar, dialektik va sheva so‘zlari, so‘zlashuv nutqiga xos ibora va lug‘aviy vositalardan deyarli foydalanilmaydi. Rasmiy uslubda so‘z ma'nolarining ko‘chishi va subyektiv baho ifodalanishi holatlari uchramaydi. Shuning uchun bu uslub tamomila obrazlilikdan xoli uslub sanaladi. Rasmiy uslub lug‘aviy jihatdan ancha chegaralangan bo‘lib, boshka uslub turlari uchun xos bo‘lgan lug‘aviy erkinlik mavjud emas. Rasmiy uslub acocan kitobiy va shu uslub uchun xos atamalardan tashkil topadi. Rasmiy uslubning tayanch lug‘aviy vositalari: xalqaro munosobatlarga oid bayonot, nota, bitim, shartnoma, munozara, rasmiy tashrif, do‘stona munosabat, rasmiy xabar, idora ishlariga oid so‘z; karor, chakirik, topshirik, vazifa, buyruqlar, щuningdek, huquq sohasidagi so‘z va birikmalar: qonun, ijro, qonunchilik, bank, kredit, mulk, fond kabilardir. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi hozirgi o‘zbek adabiy tilining ma'muriy va yuridik ishlarda amal qiladigan bir ko‘rinishidir. Download 32.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling