Pul islohotlari reja


Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari


Download 47.67 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi47.67 Kb.
#1623324
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Mavzu. Pul islohotlari reja

2. Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari.
Pulning qadrsizlanish darajasi turli mamlakatlarda har xil bo‘lishi mumkin. Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq va tez o‘tishi kuzatilsa, iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va «davolash» ham ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971 1984 yillarda baholarning o‘sish sur’atlarini oladigan bo‘lsak, u rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan (Germaniya), 71% (Jazoir) gacha bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 8,5% dan (Hindiston), 153% ga (Argentina) etgan. Inflyatsiyaning namoyon bo‘lishi har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, milliy xo‘jalik faoliyatiga va xususiyatiga, milliy an’analariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq.
Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amerika mamlakatlari Argentina, Braziliya, Peru kabilar kiradi. Bu davlatlarda surunkali davlat byudjeti taqchilligi, iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi asosiy va aylanma mablag‘lar qiymatining doimo indeksatsiya qilinishi, milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushib borishi pul qadrsizlanishining omillari hisoblanadi.
Bu mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligini emissiya yo‘li bilan moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir necha ming foizga etishi kuzatilgan.
Argentina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul qadrini emirib tashlashi natijasida biror tovarni sotib olish uchun bir necha million pul birligi zarur bo‘lgan.
1983 yilning iyunigacha, ya’ni muomalada eski peso bo‘lganda, Argentinada bir juft tufli etti million peso, engil mashina sotib olish uchun bir necha milliard peso kerak bo‘lgan.
Bu hol hisobkitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta qiyinchilik tug‘dirgan. Bir necha marta o‘tkazilgan denominatsiyalar pul qadrsizlanishini to‘xtatishga asos bo‘la olmagan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida bo‘lgan inflyatsiya darajasini baholar indeksidan ham ko‘rish mumkin. Bu mamlakatlarda baholar indekslari bir necha sonlardan iborat bo‘lgan. Masalan, Chilida 1971-1984 yillarda baholar indeksi 842162 yoki bu ko‘rsatkich shu yillarda baholar 8,4 ming marta oshganini, Argentina uchun shu indeks 436432250, bu baholar 436 ming marta oshganini bildiradi. Yuqoridagi jadval ma’lumotlari ko‘rsatib turibdiki, 1990 yilda Nikaraguada tovarlar bahosi 8500%, Peruda 8291,5%, Braziliyada 2359,9% ga oshgan.
Ikkinchi guruh mamlakatlar – Kolumbiya, Ekvador, Venesuela, Eron, Suriya kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, moliyaviy siyosatdagi kamchiliklar taqchillikni moliyalashtirish, xalq xo‘jaligiga ko‘p kreditlar ajratish inflyatsiyaning mavjud bo‘lishini ta’minlamoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya shiddatli xarakterga ega bo‘lib, baholarning yillik o‘sishi 3040% atrofida, ba’zida undan yuqori bo‘ladi. Inflyatsiya sur’atiga qarab jamg‘armalar, to‘lovlar bo‘yicha indeksatsiya o‘tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda.
Uchinchi guruhga Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Filippin kabi mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda cheklangan iqtisodiy muvozanat mavjud bo‘lib, eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur’ati 520% atrofida va qisman indeksatsiya o‘tkazilib turiladi.
To‘rtinchi guruh davlatlar – Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Bahrayn, Arabistonda – iqtisodiy muvozanatning mavjudligi inflyatsiya sur’atlarining sustligini ko‘rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 26%ni tashkil qiladi va buni sudraluvchi inflyatsiya deb atash mumkin.
Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat olib boriladi. Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam, iqtisodiyoti rivojlangan bozor sharoitida boshqariladi. Eksport hajmi va chet el valyutasi tushumining yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini olishda muhum ahamiyatga ega omil hisoblanadi.
O‘zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqillik tufayli vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodiyotga nisbatan siyosatga ko‘p e’tibor berilganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo‘lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko‘p xarajat qilinsada (xom ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli), tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplangan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o‘tish natijasida (oziqovqat va yoqilg‘i resurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Shu tufayli O‘zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldig‘idir va uni davolash uzoq vaqt talab qiladi.
Sobiq SSSRda, jumladan, O‘zbekistonda 90 yillardagi inflyatsiyaning asosiy sabablari: – iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sur’atlarining tushib ketishi;
– mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi;
– ishlab chiqarishda xarajatlar salmog‘ining oshib ketishi, behuda sarflar, iqtisodiy tamoyillarga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.
Bundan tashqari, rivojlangan bozor sharoitiga o‘tmasdan turib, baholarning erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo‘limlarning yakka hukmronlik o‘rnatishi, baholarni xohlagacha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarini noto‘g‘ri olib borish, iqtisodiyotning «dollarlashuvi», «milliy valyuta hududi»ning emirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan.



Download 47.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling