Pul-kredit sektori tahlili va bashorati
Quyida PDBlarining namunaviy balansi kelitirilgan
Download 290.5 Kb.
|
Pul-kredit sektori tahlili va bashorati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktivlar: Passivlar
Quyida PDBlarining namunaviy balansi kelitirilgan
PDBlarining tahliliy balansi
PDB qo‘yilmalar bo‘yicha o‘zlariga naqd pul berish majburiyatlarini olganliklari uchun, ma’lum miqdorda zahiralarni saqlab turishlari shart. Talab qilib olinguncha depozitlar o‘sha zahotiyoq, muddatli va likvidlik darajasi pastroq qo‘yilamalar esa, oldindan belgilangan muddatlarda naqd pulga aylanadilar. Albatta, barcha mijozlar bir vaqtning o‘zida banklardagi qo‘yilmalarini baravar talab qilishlari ehtimoli juda past. Agar PDBlarining zahiralari yyetarli bo‘lmasa, ular PKBIdan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasida ssuda olishlari mumkin. Shunday qilib, PDBlarining zahiralarga talabi iqtisodiyotdagi zahira pullarining miqdori va pul massasini belgilovchi muhim omil hisoblanar ekan. Zahiralarning o‘zgarishi PDBlarini depozitlar bo‘yicha majburiyatlarining zahiralar miqdoriga nisbatan martalab oshishi yoki kamayishini ta’minlashi mumkin. PDB ssudalarni Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha jalb qilishilari sababli, ularning avuarlari miqdori ushbu foiz stakalaridan qisman bog‘liq bo‘ladi. Zahiralarga PDBlarining talabini belgilashda yana bir muhim omil sifatida to‘lov tizimining samaradorligini ko‘rsatish mumkin. Ushbu omil, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, katta ahamiyatga ega. Pul-kredit sharхi (PKSh). PKSh barcha bank tizimining yig‘ma balansi hisoblanib, unda PDB va PKBI balanslari konsolidatsiyalashgan bo‘ladi. PKShning aktiv va passivlari barcha bank tizimining aktiv va majburiyatlarini ifodalaydi. Pul-kredit sohasining PKShni tuzishdagi eng muhim vazifalardan biri bo‘lib, bank tizimi bo‘yicha umuman pul va kredit ko‘rsatkichlarining dinamikasini o‘z vaqtida taqdim qilishdir. Bu esa o‘z navbatida, ushbu ko‘rsatkichlar dinamikasini kuzatish orqali zarur bo‘lgan hollarda pul-kredit siyosatiga ma’lum o‘zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Download 290.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling