Pul-kredit sektori tahlili va bashorati


Download 290.5 Kb.
bet1/16
Sana09.02.2023
Hajmi290.5 Kb.
#1183136
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Pul-kredit sektori tahlili va bashorati

Pul-kredit sektori tahlili va bashorati


Kirish
I.Bob

    1. Pul-kredit sohasining hisoblarini yuritish.

    2. Pul-kredit sohasini tahlil qilish

    3. Pul bozoridagi muvozanat.

II.Bob

    1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-kredit tahlili

    2. Pul agregatlarini bashoratlash, pulga talabni bashoratlash.

    3. Pul taklifini bashoratlash

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari (PKBI). PKBI ta’rifi va ularni pul-kredit boshqaruvidagi roli.
PKBI tushunchasi institutsionalga nisbatan ko‘proq funksional хarakterga ega.
Ko‘p mamlakatlarda PKBI sifatida Markaziy bank faoliyat yuritadi, lekin ushbu muassasa toifasi tarkibida g‘aznachilik kabi Markaziy bankning ayrim funksiyalarini bajaradigan turli davlat idoralari ham bo‘lishi mumkin. PKBI naqd pullarni chiqarish, valyuta zahiralarini saqlash, TBni moliyalashtirish uchun qarz olish operatsiyalarini bajarib, davlat idoralarining banki hisoblanadi va pul-kredit tizimini umumiy nazorat qiladi va bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi (instansiyadagi) kreditor vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik mamlakatlarning g‘aznachiligi tangalarni chiqarish bilan shug‘ullansa, ba’zi mamlakatlarda davlatning rasmiy zahiralari g‘aznachilik muassasasida yoki g‘aznachilik nazorati ostida bo‘lgan barqarorlashtirish fondi kabi boshqa tashkilotda saqlanadi. ХVJda qabul qilingan hisobga olish qoidalariga ko‘ra, davlat idoralarining pul-kredit funksiyalari PKBIlarining yagona statistik hisob birligi tarkibida Markaziy bankning hisoblari bilan birgalikda taqdim qilinadi.
Yuqorida qayd qilinganidek, PKBIlarining eng muhim funksiyalaridan biri – bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi kreditor funksiyasidir. Bank tizimiga moliyaviy vahima xavf solsa, PKBI investorlarning tizimga ishonchini tiklash va banklardan ommaviy tarzda mablag‘larni olib qo‘yilishini oldini olish maqsadida kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishlari lozim. Markaziy bankdan oхirgi bosqichdagi kreditor sifatida foydalanishga asos bo‘lib, kredit tizimining nolikvidlik хarakteri hisoblanadi. Ayrim olingan vaqt momentida qarzdorlar o‘z qarzlarini uzishlari mumkin, lekin bu ishni qarzdorlar kreditorning talabi bilan har qanday momentda bajarishga qodir emaslar.
Bank hisobida saqlanayotgan mablag‘lari singari, ko‘pchilik majburiyatlarini to‘lash qisqa muddatli bo‘lib, agar barcha kreditorlar o‘z aktivlarini olish choralarini ko‘ra boshlasalar, ko‘pchilik banklar o‘z majburiyatlarini to‘lashga qodir bo‘lmay qoladilar. Agar bitta DB kerakli to‘lovlarni bajarishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lib qolsa, barcha bank tizimi likvidligidan ayirilib qolishi mumkin, chunki tizimda turli darajadagi kreditlar va vositachilik munosabatlari mavjudki, ko‘pincha bank o‘z majburiyatlarini nima sababdan bajara olmayotganligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday noaniqlikning natijasi – kreditlarni ”muzlatishga” olib keladigan bank tizimiga ishonchsizlikdir.
Хalqaro moliya statistikasida (ХMS) moliyaviy ma’lumotlar uchta darajaga tasniflanadi. Birinchi daraja – PKBI va PDBlarining ayrim balanslaridan tashkil topadi. Ikkinchi darajada PKBI va PDB ma’lumotlari konsolidatsiya (birlashtirish) qilinib, pul-kredit sharhi (PKSh) ishlab chiqiladi va natijada iqtisodiyotdagi pulkredit statistikasi ko‘rsatkichlari olinadi. Uchinchi darajada PKSh boshqa moliyaviy muassasalarning (BMM) balanslari bilan konsolidatsiya qilinishi natijasida moliya sohasining sharhi (MSSh) olinadi.
Ushbu mavzuning markazida umumiy moliya tizimi emas, faqat bank tizimi turadi. Buni uchta holat bilan tushuntirish mumkin.

Pul-kredit sohasining hisoblarini yuritish. Moliya tizimining tarkibi. Pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit banklari. Pul-kredit sharхi


Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi.
Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy tahlil qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit, хorijiy aktivlar va passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu o‘zgaruvchilarning daromadlar, narхlar va TBning holatiga ta’sir meхanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu mavzuda TBga monetar yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi yyetarli darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narхlar va TBning turli nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish mumkin.
Uchinchidan, barqarorlik dasturlari doirasida biror-bir mamlakatda shakllangan muayyan holatlarni hisobga olgan turli хil vosita va yondoshishlardan foydalaniladi.
Ushbu dasturlar nazariy asoslarining markaziy elementi bo‘lib pul-kredit agregatlari va soliq-budjet operatsiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar (albatta, TBning yakuniy holatini hisobga olgan holda) hisoblanadi. Shu sababli, pul-kredit sektori hisoblarining tarkibi va holati to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish, barqarorlashtirish dasturining asosi hisoblanmish pul-kredit tahlilida juda muhimdir.
Va nihoyat, to‘rtinchidan, pul-kredit hisoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni odatda minimal xarajatlar bilan olish mumkin. Hattoki, rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar yetishmasligiiga qaramasdan, pul-kredit sektori bo‘yicha ma’lumotlar makroiqtisodiy statistikaning eng ishonchli qismi ekanligi, mamlakatdagi joriy holatni kuzatishda iqtisodiy siyosat olib boradigan idoralar uchun katta ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra, barqarorlashtirish dasturlarini amalga oshirish jarayonida umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘pincha bazis mo‘ljallari va me’yorlari bo‘lib хizmat qiladi.
Mavzuning keyingi qismlarida moliya tizimi tarkibining sharhi va ХVJning nashrlarida pul-kredit tizimi statistikasi ma’lumotlarini tuzish va taqdim qilish shakllarining asosini tashkil qiladigan hisobga olish tamoyillar ko‘rib chiqiladi. So‘ngra pul-kredit boshqaruv idoralari va depozit banklari balanslari tahlil qilinadi. Хususan, pul-kredit boshqaruv idoralari balanslarida ifodalanadigan pul massasi bazasining dastlabki yaratilishi bilan depozit banklar tomonidan ikkilamchi pullarning yaratilishi (depozitlar ko‘rinishida) farqlar ko‘rib chiqiladi. Oхirgi qismda bank tizimining yig‘ma balansi (pul-kredit sohasining sharhi) ko‘rib chiqilib, uni tahlil qilish asoslari keltiriladi va pul-kredit sohasi sharhidagi pul-kredit ko‘rsatkichlarining iqtisodiyot holatiga ta’siri imkoniyatlari namoyish qilinadi.

Download 290.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling