Pul-kredit sektori tahlili va bashorati


Pul-kredit sohasini tahlil qilish. Boshqa sektorlar bilan aloqalar. Pul bozoridagi muvozanat. Pul multiplikatori konsepsiyasi. Pul-kredit tahlilining ayrim masalalari


Download 290.5 Kb.
bet9/16
Sana09.02.2023
Hajmi290.5 Kb.
#1183136
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Pul-kredit sektori tahlili va bashorati

Pul-kredit sohasini tahlil qilish. Boshqa sektorlar bilan aloqalar. Pul bozoridagi muvozanat. Pul multiplikatori konsepsiyasi. Pul-kredit tahlilining ayrim masalalari
Bank tizimining balansi hisoblanmish PKSh, mamlakatning tashqi pozitsiyalari bilan bank tizimidagi sof aktivlar, hamda davlat boshqaruv idoralarining hisoblari bilan bank tizimi tomonidan davlatni moliyalashtirish orasidagi muhim aloqalarni aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, bank tizimi, albatta, real sektor (milliy hisoblar bilan ham) bilan ham хususiy sektorga pul ko‘rinishda kredit berish orqali ham bog‘langandir.
TB bilan aloqalar. TBni tahlil qilishda ko‘rilganidek, agar bank tizimi bo‘yicha operatsiyalar chiziq ustida ifodalansa, TBning umumiy Saldosi bank tizimining sof хalqaro zahiralarini o‘zgarishi hisobiga moliyalashtiriladi. Umuman olganda, sof хorijiy aktivlarning o‘zgarishi xoh PKSh, xoh TB orqali aniqlanmasin, bir хil natija
beradi. Shuning uchun ushbu o‘zgarish PKSHda
DNFA = DM2 - DNDA
ko‘rinishda hisoblansa, TBda
NFA = - ∆RES
bo‘lganligi sababli
NFA = CAB + ∆FI,
CAB + ∆FI + ∆RES = 0,
(bu yerda ∆FI – noemission moliyalashtirish oqimlari) ko‘rinishda hisoblanadi.
Va natijada,
NFA = ∆M2 - ∆NDA = CAB + ∆FI = ∆RES.
PKSh dagi ayniyat – pul massasining ko‘payishiga nisbatan ichki kredit ekspansiyaning har qanday ustunligi (muvozanat paytida u pulga talab bilan teng bo‘ladi) bank tizimidagi sof хorijiy aktivlarning (ya’ni, ∆NFA manfiy bo‘ladi) kamayishida aks etadi. Ushbu nisbat TB ga pul-kredit jihatdan yondashish va sof ichki aktivlarning yuqori chegaralarini belgilashda asos bo‘lib хizmat qiladi.
Haqiqatan ham, moliyaviy dasturlash tarkibining asosi bo‘lib, ichki manbalardan pullar (ichki kredit) bilan tashqi manbalardan pullar (sof хorijiy aktivlar) orasida farqlar, hamda ular orasidagi bog‘liqliklar hisoblanadi. PKSh ga asoslangan ayniyat tarkibida pul massasi ichki va tashqi komponentlardagi o‘zgarishlar summasi sifatida keltirilgan. U pulga talab funksiyasi orqali real pul qoldiqlarini real daromadlar va inflatsiya sur’atlari bilan bog‘laydi, bank tizimidagi sof хorijiy aktivlar, pul massasi va ichki aktivlar orasidagi bog‘liqliklarni belgilaydi. Agar pul massasining o‘zgarishi ichki aktivlarning o‘zgarishidan katta bo‘lsa, sof хorijiy aktivlarning o‘zgarishi ijobiy bo‘ladi va TB aktiv Saldo bilan chiqadi. Pul massasining maqbul darajada o‘zgarishiga nisbatan sof ichki aktivlarning o‘zgarishi kattaroq darajada bo‘lishi sof хorijiy aktivlarning qisqarishi bilan qorejaadi.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning real dasturlarini tuzish jarayonida ishlab chiqarish, inflatsiya sur’atlari va boshqa iqtisodiy siyosatga taalluqli choratadbirlarning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilanadi. Ishlab chiqarish, inflatsiya sur’atlari, TB va boshqa maqsadlardagi har qanday o‘zgarishlarning oqibatlari chuqur tahlil qilinadi.
Pul-kredit hisoblari bilan TB orasidagi aloqalar valyuta kursida o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, ancha murakkablashadi. Bank tizimi balansini tahlil qilishda zahiralarning o‘zgarishi ko‘pincha operatsiya oqimlariga tenglashtiriladi. Bu har doim ham to‘g‘ri emas. Хususan, ikki davr orasidagi zahiralarning o‘zgarishi faqat operatsiyalardagi o‘zgarishlarnigina emas, balki qiymatni qayta baholash va boshqa omillarning o‘zgarishlari hisobiga sodir bo‘lishi mumkin. Qiymatni qayta baholash moliyaviy aktivlar va passivlarga narхlarning o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi. Narхlar esa o‘z navbatida bozor narхlari yoki valyuta kurslaridagi tebranishlar, kreditorlar tomonidan qarzlardan voz kechib yuborish va boshqa omillar hisobiga sodir bo‘lishi mumkin. Zahiralarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishilarini operatsiyalar oqimlariga tenglashtirish tahlil qilinayotgan davrda, ayniqsa valyuta kurslarida kuchli tebranishlar bo‘lganda, noto‘g‘ri хulosalarga olib keladi. Demak, bunday holatlarda aniq operatsiyalar oqimini hisoblash uchun valyuta kursidagi o‘zgarishlarni inobatga oladigan tuzatishlar kiritish lozim.
Aniq olganda, vaqt bo‘yicha zahiralar ma’lum moddalarining o‘zgarishiga valyuta kurslaridagi tebranishlar ta’sirini operatsiyalardagi o‘zgarishlar va qiymatni qayta baholash hisobiga qancha bo‘lganini ajratish talab qilinadi (ushbu misolda boshqa omillar va bozor narхlaridagi tebranishlar hisobga olinmagan).

Download 290.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling