Pul kredit siyosati muxtorov Muhammadsodiq


Download 1.29 Mb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1606598
1   2   3   4
Bog'liq
PUL KREDIT SIYOSATI

Bunda, bozorning foiz stavkalari va bank tizimida (tijorat banklari)gi likvidlilik darajasiga ta'sir ko'rsatish, shuningdek, iqtisodiyotdagi pul massasi hajmi o'zgarishini muvozanatlashtirish maqsadida Markaziy bank ochiq bozorda davlat qimmatli qog'ozlarini, shuningdek, o'zi chiqargan obligatsiyalarni1 hamda boshqaruv qaroriga ko'ra boshqa qimmatli qog'ozlarni 2 sotib olishi va sotishi mumkin. Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirishda davom etdi va 24 fevraldan qisqa muddatli likvidlikni boshqarish instrumentlarini amaliyotga joriy etdi. Xususan, banklar bilan davlat qimmatli qog'ozlari garovi ostida 2 haftalik REPO3 auksionlari va 1 kunlik overnayt REPO operatsiyalari o'tkazilmoqda.

Markaziy bank tijorat banklaridan qimmatli qog'ozlarni xarid qilish, ya'ni sotib olish orqali bank tizimi likvidligi miqdorini oshiradi. Aksincha, qimmatli qog'ozlarni sotish esa teskari ta'sirga ega bo'lib, bu tijorat banklari likvidligini qisqarishiga olib keladi.Ushbu operatsiyalar Markaziy bank hamda tijorat banklari o'rtasida kechadi. Ushbu operatsiyalar Markaziy bank hamda tijorat banklari o'rtasida kechadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Markaziy bank tomonidan qimmatli qog'ozlarning sotilishi bank tizimi likvidligini qisqartirishi, qimmatli qog'ozlarning sotib olinishi esa bank tizimi likvidligini oshirishi mumkin. Markaziy bank, o'z navbatida, bank tizimi likvidligi joriy holati tahlili va prognozidan kelib chiqib, undagi (ortiqchalik) profitsitni jalb etish yoki (taqchillik) defitsit yuzaga kelganda likvidlik bilan ta'minlash maqsadida tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi.

Imtiyozlardan voz kechish, import to‘siqlarini olib tashlash: samarali pul-kredit siyosati uchun Markaziy bank shartlari O‘zbekiston MB pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish uchun hukumatni import yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik subyektlarini temir yo‘l va havo transportiga jalb qilish, ulgurji savdoni naqd pulsiz shaklga o‘tkazish, imtiyozli va yo‘naltirilgan kreditlardan voz kechishga chaqirmoqda.


O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish ssenariylari haqidagi hisobotida samarali pul-kredit siyosati shartlarini e’lon qildi.
Pul-kredit (monetar) siyosati — davlatning pul massasi (mamlakatdagi barcha naqd va naqd pulsiz mablag‘lar) va foiz stavkalarini boshqarish siyosati. Bu davlatning moliya va valyuta bozoridagi inflyatsiya sur’atlari, milliy valyuta kursi, bandlik darajasi hamda iqtisodiy o‘sish barqarorligini nazorat qilishga qaratilgan harakatlaridir.
Kelgusi yillarda pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish masalasi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan quyidagi chora-tadbirlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling