Pul-kredit siyosati pul muomalasi va kredit sohasida
Download 0.59 Mb.
|
2 5296357389421780917
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
I. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish 1.1. Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar. 1.2. Umumiy o‘rta taʼlim va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohalarini rivojlantirish. 1.3. Oliy taʼlim va oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim sohalarini yana-da takomillashtirish. II. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish 2.1. Yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari. 2.2. “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” shiori ostida bunyodkorlik va islohotlarni targ‘ib qilish tadbirlari. III. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish 3.1. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va axoli bandligini taʼminlash. 3.2. Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish. IV. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish 4.1. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yana-da rivojlantirish. 4.2. Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish V. Arzon uy-joylarni barpo etish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish 5.1. Arzon uy-joylar qurish dasturini izchil davom ettirish. 5.2. Ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv tizimlarini rivojlantirish. 5.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilash. VI. Madaniyat, sport va turizmni yanada rivojlantirish 6.1. Madaniyat sohasini tubdan takomillashtirish choralari. 6.2. Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabada O‘zbekistonning munosib hissasini targ‘ib qilish. 6.3. Turizm sohasi va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish. Ijtimoiy siyosatning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri pensiya va nafaqa tizimi hisoblanadi. Ayni paytda mamlakatimizda pensionerlarning soni 3 mln dan ortiq yoki ular aholining deyarli 9 foizini tashkil etadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling