Pul, kredit va banklar


Download 69.67 Kb.
bet1/3
Sana27.03.2023
Hajmi69.67 Kb.
#1298881
  1   2   3
Bog'liq
2.Amaliy mashg\'ulot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI




PUL, KREDIT VA BANKLAR
fanidan
2016/2017 o‘quv yili
uchun mo‘ljallangan

AMALIY MASHG’ULOT
10-mavzu: Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi

Toshkent-2016

Keys «Bank reytingi»
Kredit reytingi — bu taqdim etilgan moliyaviy mablag‘larning qaytarilish ehtimolini baholashda o‘rnatilgan protsedurasiga muvofiq qarzdor yoki emitent moliya muassasining to‘lov va kredit qobiliyatiga berilgan bahodir. Reytinglar emitentlarning o‘z majburiyatlarini bajarish layoqatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etgan holda investorlarga o‘zgarmas daromadlarga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan mablag‘lar bilan bog‘liq bo‘lgan kredit tavakkalchiliklarini tahlil qilishga yordam beradi. O’zgarmas daromadlarga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar emitentlari uchun kredit reytingining mavjudligi emissiya qilinayotgan qimmatli qog‘ozlarning yuqoriroq darajadagi likvidligini hamda amaliyotlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamayishini ta’minlashi mumkin.
Reytinglar ustidan doimiy kuzatuv olib boriladi. Bu investorlarga o‘zlarining investitsion risklarini muntazam ravishda baholab borishlariga imkon beradi.
«Moody’s» halqaro reyting agentligi tomonidan «O'zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari» yangi hisoboti 2014 yil 15 aprel kuni nashr qilinib, unga muvofiq ketma-ket beshinchi yil O'zbekiston bank tizimi rivojlanish istiqbollari «barqaror» darajada tasdiqlandi. «Moody’s» agentligining fikriga ko'ra, «barqaror» prognozi O'zbekiston iqtisodiyotining, shu jumladan iqtisodiyotga katta hajmdagi investitsiyalar yo'naltirilishi hisobiga, yuqori sur'atlarda o'sayotganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining o'sishini ta'minlovchi manba hisoblangan O'zbekiston banklarining barqaror daromadlari bank tizimi rivojlanishi istiqbollariga ijobiy ta'sir qiluvchi muhim omillar qatoriga kiritilmoqda.
Umuman olganda, «Moody’s» agentligining ta'kidlashicha, 12-18 oyni tashkil etuvchi prognoz davrida mamlakat iqtisodiyotining yuqori o'sish sur'ati banklar uchun qulay amaliyot muhitini ta'minlaydi.
“Fitch Ratings” tahlilchilari bank tizimining kapitallashuvi asosan ichki manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Bank tizimi majburiyatlarining 10 foizini tashqi qarzlar tashkil etadi va ular asosan moliya bozorlaridagi tebranishlarga bardoshli bo'lgan OTB, XMK va Jahon banki kabi xalqaro moliya institutlarining investitsiyalaridan tashkil topgan.
Bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash borasida aniq maqsadli choralarning ko'rilishi so'nggi uch yilda banklarning jami kapitalini 2 baravar oshirish imkonini berdi. Birgina 2013 yilda mazkur ko'rsatkichning 25,1 foiz o'sishi ta'minlandi. Bank tizimining kapitali etarliligi darajasi 24,3 foizni tashkil etmoqda va bu raqam umumqabul qilingan standartlardan (8 foiz) uch baravar ko'pdir.
Mamlkatimiz bank tizimining barqaror mavqei bank tizimiga bo'lgan ishonch va jismoniy va yuridik shaxslarning bo'sh pul mablag'larini depozitlarga jalb etishning asosi bo'lib qolmoqda. O'tgan yili xo'jalik sub'ektlari va aholining depozitlari 30,2 foiz o'sdi. Shunga mos ravishda banklarning aktivlari 30 foiz oshdi, so'nggi uch yilda esa ayni ko'rsatkich 2,1 baravar ko'paydi.
Bugungi kunda mamlakatimizning barcha tijorat banklari yetakchi xalqaro reyting agentliklari - “Fitch Ratings”, “Moody’s” va “Standard&Poor’s”ning barqaror reyting bahosiga egalar.

Download 69.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling