Pul, kredit va banklar
Download 69.67 Kb.
|
2.Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg’ulot testlari
Muhokama uchun savollar:
Nima sababdan mamlakat banklari xalqaro reytingdan o’tib turishi kerak? “Fitch Ratings” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklarining baholash tizimining kamchiliklari va avzalliklari. “Ahbor-reyting” reyting agentligining xalqaro reyting agentliklaridan qanday farqli jihatlari mavjud? Amaliy mashg’ulot testlari: 1. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi: A. – miloddan ilgarigi III asrga to’g’ri kelishi ta’kidlanadi; B. – aniq ma’lumotlar mavjud emas; V. – Angliya sanoat to’ntarishidan keyingi davrga to’g’ri keladi; G. – buyuk inqirozdan keyingi davrga to’g’ri keladi. 2. Banklarning vujudga kelishi haqida fikr yuritgan iqtisodchi olimlarni necha guruhga ajratish mumkin? A.Beshta guruhga. B. To’rtta guruhga. V. Uchta guruhga. G. Ikkita guruhga. 3. Tarixiy manbalarga ko’ra, dastlabki banklar qaerda tashkil topgan? A.Angliyada. B. Rimda. V. Gretsiyada. G. Stokgolmda. 4.Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklar: A. – karvon saroyda tashkil etilganligi qayd etiladi; B. – ibodatxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi; V. – korxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi; G. – uylarda tashkil etilganligi qayd etiladi. 5.Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan banklarning dastlabki ko’rinishlari qaerda va qachon vujudga kelgan? A. Angliyada, XVI asrda. B. Rimda, XV asrda. V. Gretsiyada, XIX asrda. G. Italiyada, XVIII asrda. 6. “Bank” so’zi qanday ma’noni anglatadi? A. Qadimgi nemicha “banque” va italiyancha “bansa” so’zlaridan paydo bo’lgan bo’lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi. B. Qadimgi frantsuzcha “banque” va italiyancha “bansa” so’zlaridan paydo bo’lgan bo’lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi. V. Qadimgi lotincha “banque” va nemischa “bansa” so’zlaridan paydo bo’lgan bo’lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi. G. Qadimgi italyancha “banque” va frantsuzcha “bansa” so’zlaridan paydo bo’lgan bo’lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi. 7. Banklar nechta funktsiyani bajaradi? A. 3 ta. B. 4 ta. V. 5 ta. G. 6 ta. 8. Banklarning iqtisodiyotdagi roli nimalarda namoyon bo’ladi? A.Aholining ishonchi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishonchsizlik bildirishida. B. Bajaradigan funktsiyalari va aholining ularga bo’lgan ehtiyojida V. Muomalaga pul chiqarishi va to’lov aylanmasini tashkil etishda. G. Ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining ularga bo’lgan ehtiyojida. 9. Banklarning o’ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo’ladi? A.Tijorat faoliyati va moliyaviy massasaligida. B. Ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi va davlat tashkilotlari o’rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. V. Korxona va tashkilotlarga moliyaviy yordam berishida, shuningdek, turli komission operatsiyalarni amalga oshirishida G. Vakillik hisobvaraqlari mavjudligi, aholiga va korxonalarga naqd pullarni etkazib berishi va muomaladagi naqd pullarni qaytarib olishida. 10. Mulkiy jihatdan banklar tasniflanishi qanday javobda to’liq va to’g’ri keltirilgan? A.Davlat banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo’shma bank. B. Davlat banki, aktsiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo’shma bank. V. Davlat banki, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo’shma bank. G. Davlat banki, investitsion bank, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo’shma bank. Download 69.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling