13-mavzu: Tijorat banklarining aktiv va passiv operatsiyalari
13.1. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
13.2. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
13.3. Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari
13.4. Tijorat banklari daromad va xarajatlari
13.1. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb
qilish va ushbu mablag‘larni tegishli maqsadlarga joylashtirish orqali tegishli
foydani shakllantiradi. Banklarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish
bilan bog‘liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklarning passiv
operatsiyalari tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi.
Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslarni
shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan mablag‘lar va o‘z
mablag‘laridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olib boriladi.
Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan
mablag‘lar) tashkil etib, ular jami bank resurslari tarkibida 85–90 foizdan iborat
bo‘ladi.
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarab: –barqaror va –
beqaror mablag‘larga, ular uchun to‘lanadigan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib:
–arzon va –qimmat mablag‘larga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |