Pul, kredit va banklar
Valyuta va depozit siyosati
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- depozit siyosati
Valyuta va depozit siyosati. Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy
maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo’lgan nisbatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy bank o’zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari bo’yicha siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Bularning ichida eng asosiylari sifatida mamlakatning to’lov balansi, hukumatning valyuta munosabatlari bo’yicha ichki va tashqi pul – kredit siyosati va milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning tartibini ta’kidlash mumkin. Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 7. Tijorat banklariga xorijiy valyutalarda operatsiyalarni amalga oshirish uchun bir marotabalik va Bosh litsenziyalarni beradi hamda qaytarib oladi; 8. Vakolatli tijorat banklarining o’zlari va mijozlari nomidan chet el valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilaydi. Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu aktivlarning majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi. 9. O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va sotib olishni tartibga solib boradi; 10. Tijorat banklarida chet el valyutasi va to’lov hujjatlari hamda boshqa qimmatliklar bo’yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning tartibini belgilaydi; 11. Vakolatli banklarda norezedentlarning O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisob – varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi; 12. Vakolatli banklarda rezident va norezedent (yuridik va jismoniy shaxs)larga chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibini belgilaydi; 57 O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov taxriri ostida. –T.: «O’zbekiston» nashriyoti, 2001y. 62 – bet. 13. O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet el valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni tartibga soladi; 14. Investitsion loyihalarni erkin valyutalarda kreditlashning tartibini belgilaydi. Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta interventsiyasidan keng miqiyosda foydalandi. Valyuta interventsiyasi –bu Markaziy bankning milliy valyuta kursi va pulning yalpi taklif va talabiga ta’sir etishi uchun moliya bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bilan bog’liq operatsiyasidir. Markaziy bank depozit siyosati orqali mamlakat resurs bozori, tijorat banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta’sir ko’rsatadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari depozit operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalarining eng yuqori darajasini belgilaydi. Shuningdek, tijorat banklari depozit siyosatini ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha asosiy mezonlarni aniqlab beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling