Pul, kredit va banklar
Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
13.3. Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa’nanaviy operatsiyalarni bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga faktoring, kredit – ijara (lizing), kontokorrent (overdraft), forfeyting, trast kabi operatsiyalarni kiritish mumkin. Faktoring operatsiyalari Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi. Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bo‘limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud. Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), faktor – vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi. Uchinchisi, tovar sotib oluvchi. Mijoz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor – vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo‘yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, ma’lum komission to‘lov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor – vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‘larni to‘lash bilan bog‘liq to‘lov hujjatlarni komission to‘lov asosida “sotib oladi”. Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo‘yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‘lagan summani to‘lay olmasa, ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi. Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: – sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi; – tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi; – banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining mavjudligi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling