Pul, kredit va banklar
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari – bu passiv operatsiyalar
natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablag‘larni tegishli foydani shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bog‘liq faoliyati majmuidir. Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda moddiy va nommoddiy aktivlarga, riskli va risksiz aktivlarga, daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida guruhlash mumkin. Kredit uyushmalarining moddiy aktivlariga bevosita qiymat va buyum ko‘rinishida mavjud bo‘lgan aktivlar kiradi. Masalan, kassadagi naqd pullar, kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir. Nomoddiy aktivlarga kredit uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar, gudvill va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin. Ma’lumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning asosiy qismi bevosita risk bilan bog‘liq. Shuningdek, kredit uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ularning aktiv operatsiyalari ham riskli va risksiz aktivlardan iboratdir. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari bevosita ularning daromadlarini shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa ularning daromadlari hajmi ham shu darajada yuqori bo‘ladi va aksincha. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar, investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi omonatlarini keltirish mumkin. Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat banklaridagi mablag‘lari, asosiy vositalar va shunga o‘xshash aktivlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Kredit uyushmalarining barcha operatsiyalari ham daromad keltirmaydi, shunday bo‘lsada, uyushmaning faoliyatini tashkil etish maqsadida ular daromad keltirmaydigan operatsiyalarni amalga oshirishga ham majburdirlar. Masalan, kassadagi naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalari, asosiy vositalar, bankdagi hisobvaraqlaridagi mablag‘larni daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida ta’kidlash mumkin. Kredit uyushmalarining daromad keltiradigan aktivlari tarkibiga kreditlar, investitsiyalar, lizing va boshqa muassasalarga qo‘yilgan muddatli jamg‘armalarni kiritish mumkin. Kredit uyushmalarining daromad va xarajatlari. Kredit uyushmalarini foizli va foizsiz daromad va xarajatlarga guruhlash mumkin. Kredit uyushmalarining foizli daromadlari ularning riskli operatsiyalari hisobidan shakllantiriladi. Kredit uyushmalari daromadlarining asosiy ulushi ularning kredit operatsiyalari hisobidan shakllantiriladi. Foizli va foizsiz daromadlar uyushma balansining passiv hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi, barcha daromadlar har oyda, chorakda va hisobot yilining oxirida uyushmaning tegishli hisob varaqlariga (31206 – Sof foyda (zarar) (aktiv – passiv)) kreditlash orqali yopiladi. Kredit uyushmalarining xarajatlari ularning passiv operatsiyalari natijasida vujudga keladi. Xarajatlarning asosiy ulushi resurslarni jalb qilish (foizli xarajatlar) va uyushma xodimlariga ish haqi berish (foizsiz xarajatlar)ga to‘g‘ri keladi. Foizli va foizsiz xarajatlar uyushma balansining aktiv hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi, barcha xarajatlar har oyda, chorakda va hisobot yilining oxirida uyushmaning tegishli hisob varaqlariga (31206 – Sof foyda (zarar) (aktiv – passiv)) debetlash orqali yopiladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling