17.3. Jahon banki
Jahon banki (JB) BMT tarkibidagi ixtisoslashgan moliyaviy muassasa
hisoblanadi. Jahon banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va uning
bo’limi hisoblangan Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro moliya
korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi
(IXKA) va Investitsion munozaralarni tartibga solish bo’yicha xalqaro markazi
(IMXM) kabi moliyaviy tashkilotlarni o’z tarkibiga oladi.
JB tarkibidagi birinchi uchta moliyaviy tashkilot dunyo rivojlanish bankining
vazifalarini bajaradi, keyingi ikkitasi esa rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o’tish
jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarga investitsiya oqimlarini
rag’batlantirish bilan shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |