XTTBning 1998 va 2002 yillarda kredit portfeli tarkibi, jamiga nisbatan
foizda.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) 1960 yilda tashkil etilgan bo’lib,
XTTB va XRA boshqaruv tartibi bir xil va ular bitta bank prezidenti tomonidan
boshqariladi. XTTBning moliyaviy resurslari muomalaga chiqarilgan qimmatli
qog’ozlar bo’lsa, XRAning resurs manbasi a’zo – mamlakatlarning badallari va
XTTBning foydasi hisoblanadi. XRA 20, 25 va 40 yil muddatga, 10 yillik imtiyoz
davri bilan kreditlar beradi. Berilgan kreditlar bo’yicha foizlar hisoblanmaydi,
biroq juda yuqori bo’lmagan 0,75 foiz miqdorida komission to’lovlar undiriladi.
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yillik daromad 875 AQSh dollaridan kam
bo’lgan mamlakatlar XRAning kreditiga da’vogarlik qilishi mumkin. Dunyo
bo’yicha bunday mamlakatlar soni taxminan 81 tani (2008 yil) tashkil etib, ushbu
mamlakatlarda 2,5 mlrddan ortiq aholi yashaydi.
XRAning kreditlari asosan ta’lim, sog’liqni saqlash va qishloq xo’jaligini
rivojlantirishga yo’naltirladi. Unga XTTBga a’zo – mamlakatlar kirishga haqli
bo’lib, lekin ko’pchilik mamlakatlar bu imkoniyatdan foydalanmaydi, shuning
uchun XTTBga a’zo bo’lgan 184 ta mamlakatdan faqat 164 tasi uning a’zosi
hisoblandi.
0
5
10
15
20
25
30
35
1998
2002
Танспорт
Энергетика
Қишлоқ, ўрмон ва балиқчилик хўжалиги
Қайта ишлаш саноати
Соғлиқни сақлаш ва бошқа ижтимоий хизматлар
Таълим
Молия соҳаси
Давлат бошқаруви
Бошқа тармоқ ва йўналишлар
Do'stlaringiz bilan baham: |